30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:58
👁 4,314

TABIATNI ASRASh – ONA VATANNI ASRAShDIR

TABIATNI ASRASh – ONA VATANNI ASRAShDIR

EKOLOGIYa VA YoShLAR

Atrof-muhit muhofazasi bu–ona Vatan muhofazasi, qolaversa, sogʻligimiz, kelajagimiz muhofazasidir. Mamlakatimizda insonlarning tabiat boyliklariga munosabati, burch va masʼuliyatlari Bosh Qomusimizda oʻz aksini topgan. Konstitutsiyamizning 50- moddasida: "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar”, 55-moddasida: "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, 2013-yil 28-dekabrda "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham qabul qilingan boʻlib, unda belgilab qoʻyilganidek, mamlakatimiz fuqarolari bizni oʻrab turgan yashil olamga, tabiiy zahiralar–er, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, nabotot olami, yer osti boyliklariga umummilliy boylik sifatida munosabatda boʻlishga ham majbur, ham masʼuldirlar. Biz tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyi va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini tahririyatimizga taklif qilib, ularning ekologiya va atrof-muhit tozaligiga munosabatlari qanday ekanligi bilan qiziqdik.

Xoʻsh, tumanimiz yoshlarining atrofimizdagi tabiiy olamga munosabatlari qanday? Quyida yoshlar tomonidan berilgan javoblarning ayrimlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Gavharoy QURBONBOYeVA,Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi:

– Har yili bahorda mamlakatimizning barcha hududlarida koʻchat ekish oyligi oʻtkaziladi. Ayniqsa, guzar yoʻllar boʻyiga koʻplab daraxt koʻchatlari ekiladi. Bu koʻchat ekish oyligida biz yoshlar koʻproq ishtirok etamiz. Ekkan niholimiz oʻsib chiqsa, quvonib ketamiz. Lekin baʼzan shunday holatlar boʻladiki, oʻsha ekilgan koʻchatlar yashillanib qolgan paytda bir loqayd odam kelib ustiga mol boylab ketadi, qoʻy-echkisini oʻtlatib, payhon qiladi.

"Guruch kurmaksiz boʻlmaydi”, deganlari shu boʻlsa kerak-da. Agar kattalar orasida loqayd kishilar boʻlmasa, yoshlar ham bu illatdan xoli boʻlishardi. Men bu bilan katta kishilarning koʻpchiligi loqayd, demoqchi emasman, oramizda shundaylar ham borligini aytayapman, xolos. Nazarimda biz birovning mehnatini hurmat qilishni ham bilishimiz kerak. Oddiygina misol: koʻchani supuruvchi farroshning fidoyiligiga hurmatsizlik tufayli koʻchalar va yoʻllar boʻyida axlatlar uyilib ketadi.

Umarbek RAHIMBOYeV, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi:

– Ona tabiat-goʻzal olam, betakror manzaralar makoni. Yilning toʻrt faslida ham biz ana shu goʻzal olamga intilib yashaymiz, tabiat bagʻrida oʻzimizni qushday yengil his qilamiz. Undan bahra olamiz. Sharqirab oqayotgan zilol suvda choʻmilsak, charchogʻimiz yoziladi, tanamiz yayraydi, vujudimizga kuch yigʻiladi.

Ammo baʼzan bitmas-tuganmas toza havo manbai boʻlgan ona tabiatga zarar yetkazib, uning bagʻrini yaralayotgan odamlarni koʻrib, shunchalik ham nonkoʻrlik boʻladimi, bu insonni kiyintirguvchi, yedirib-ichirib, hatto yasantirguvchi ona tabiatga shafqatsizlik emasmi, deya dilim oʻrtanib ketadi. Shunday holatlarga duch kelamizki, qaysidir loqayd odamning kuzgi xazonlarni yoqishi oqibatida bir necha daraxt zararlanadi, hatto yonib ketadi. Yana bir loqayd odam uyidan chiqqan axlatlarni koʻcha yuziga yoki dala chetiga tashlab ketadi. Oqibatda har ikkala holatdayam atrof-muhit zararlanadi, tuproq ekologiyasi buziladi. Dehqonchilik qilinadigan yer boʻlsa-ku, yanayam yomon, hosildorlik kamayib ketadi. Shu bois, men barcha tengdoshlarimga atrofimizdagi goʻzal olamni asraylik, ona tabiatimiz inson mehr-muhabbati bilan yanada koʻrkamlashadi, buni yodda tutaylik, deyman. Zero,

Atrofdagi goʻzallik -

Eng ulugʻ boyligimiz.

Toʻkinlik va tozalik -

Mustahkam sogʻligimiz.

Barcha shirin neʼmatlar

Berguvchi onamiz u.

Bagʻri toʻla hikmatlar,

Maʼnolar dunyosi u.

Kuydirmangiz bagʻrini,

Tirnab, qilmang yarador.

Dala-yu qir, togʻini,

Asra, aziz birodar.

Sevara IBROHIMOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi:

– Har kuni uyimiz ostonasidan hatlab oʻqishga otlanarkanman, dilni xira qiluvchi holatlarga duch kelaman. Kimdir tsellofan xaltani, yana kimdir oʻzi ichgan bironta yaxna ichimlik "baklashka”sini shundoq koʻcha yuziga, ariqlar ichiga tashlab ketgan boʻladi. Bualbatta, juda xunuk holat. Birinchidan, bu ishni qilgan odam uchun odobsizlik boʻlsa ikkinchidan, atrofdagilarga nisbatan hurmatsizlik, qolaversa, madaniyatsizlik belgisi. Eng yomoni, bir kishining aybi bilan shu atrofda axlatlar yigʻila boshlaydi. Oʻsha tsellofan xalta bilan "baklashka” tashlangan joyda bir-ikki kun ichida axlatlar uyumi paydo boʻladi. Bir loqayd kishining aybi bilan toʻplangan axlat uyumiga boshqa bir loqayd odam oʻt qoʻyib yuboradi. Natijada atrofni zararli is gazi, qop-qora tutun qoplaydi. Shu yerdan oʻtayotgan odamlarning nafas olishi ogʻirlashadi. Sogʻlik uchun juda katta zarar hisoblangan is gazi shamol taʼsirida ancha uzoqlarga ham tarqalib ketadi.

Qarang, loqaydlik qanchalar yomon illat. Odamlar yashaydigan hududlarda, hovli va koʻchalar yuzasida axlatlarni, xazonlarni yoqish oqibatida tanamiz yoqimsiz is gazidan qanchalik zararlansa, atrofimizni oʻrab turgan yashil tabiat ham shunchalik zararlanadi.

Baʼzan hafa boʻlib ketaman. Ne mashaqqatlar bilan bogʻ yaratiladi. Bitta koʻchat sersoya daraxt shakliga kirib, meva berguncha oʻn yillarcha vaqt kerak boʻladi. Lekin ana shu bogʻda xazon yoqilsa, bir bogʻbonning oʻn yillik mehnati bilan birga yuzlab insonlarning shu bogʻ orqali oladigan nasibasi, rizqi ham yonadi, zararlanadi. Boz ustiga, tuproq ekologiyasi buziladi. Xafa boʻlganim shuki, koʻpincha shunday nomaʼqul ishlarni kattalarning oʻzlari qilishadi.

Rohatoy MADIYoROVA, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻquvchisi:

– Oʻtgan yilning bahorida bir kunda tumanimizda uchta xonadonga tegishli boʻlgan mol xonalar yonib ketdi. Bu haqida yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari tuman gazetasida maqola yoritishdi. Bilishimcha, oʻsha yongʻinlar xonadonlardan chiqqan axlatlarni yoqish oqibatida yuzaga keldi. Tagʻin bu yongʻinlarning sababchilari ham katta yoshdagi kishilar boʻlishgan. Eng yomoni, yongʻinlar oqibatida nafaqat oʻzlarining, balki qoʻni-qoʻshnilarining ham mol–holi, parrandasi, bogʻ-rogʻiga zarar yetdi. Mulkiy zararni aytmay qoʻyaqolaylik. Oʻsha hududlardagi baland oʻsgan teraklar, olma-yu olcha daraxtlari kuyib ketdi-ku. Ona tabiatimizning joni azoblandi, nafasi boʻgʻildi, insonlar esa maʼlum maʼnoda toza havodan bebahra qolishdi.

Men tahsil oladigan kollej Mangʻit – Qilichboy katta guzar yoʻl boʻyida, Qilichboy ovuli markazida joylashgan. Baʼzan atrofni tomosha qilib ovul markazigacha yayov borishni xush koʻraman. Biri-biridan koʻrkam imoratlar, oʻquv maskanlari, madaniy-maishiy binolarni koʻrib, ovulimizdagi oʻzgarishlardan qalbim faxr-iftixorga toʻladi. Ammo baʼzan shunday binolar yaqinlarida, yoʻl boʻyidagi ariqlar ichidagi shu atrofdagi mahallalarda yashovchi aholi tomonidan tashlangan axlat toʻla qoplarga koʻzim tushib, koʻnglim xira tortadi. Axir yoshi kattalar biz yoshlarga: "toza yur, sarishta va orasta boʻl”, deb maslahat berishsa-yu, oʻzlari koʻcha yuzidagi ariqlarni axlatga toʻldirib qoʻyishsa. Sarishtalik – xonadonnigina toza tutib, xonadondan chiqqan ortiqcha narsalarni koʻchaga tashlash degani emas-ku!

Aziza MADRAHIMOVA, Mangʻit Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi:

– Atoqli oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobida shunday yozadi: "Oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq, deydilar. Chindan ham shunday. Oldimizdan oqqan suvni uvol qilsak – chidaydi. Qoʻlimizni yuvsak – chidaydi. Boringki, oyogʻimizni yuvsak ham – chidaydi... Ammo oldimizdan oqqan suvga tupursak, choʻp tiqib, loyqalatsak, boshidan magʻzava agʻdarsak...

Azizlar, oldimizdan oqqan suvning gunohi nima oʻzi?!”

Haqiqatan, tabiat bizga koʻp narsalarni inʼom qilib qoʻyibdi: toza va musaffo havoni, bebaho iqlimni, oltinga teng toʻrtta faslni... Eshigimiz oldida zilol suvlar sharqirab oqib yotibdi. Shunday paytlarda dilda shukronalik hissi uygʻonib, ona tabiatimizga muhabbatimiz ortadi. Qolaversa, ona tabiatni asrash, uni turli xil chiqindilardan toza saqlash, har birimizning insoniy burchimizdir!

"Yaxshidan bogʻ qolur, yomondan esa dogʻ,” deydi dono xalqimiz. Haqiqatan ham, bogʻ yaratgan bogʻbonlarni koʻrsak, quvonamiz, ular yaxshilikka chogʻlangansehrli qoʻllari ila goʻzal bogʻlar bunyod etadilar. Ammo ayrim gumrohlar ham borki, yashnab turgan daraxt shoxlarini sindirishadi, kesishadi.

Bizning koʻchamiz boshidan "Toshyop” kanali oqib oʻtadi. Ushbu kanal suvidan nafaqat dalalar toʻyinadi, balki Mangʻit shahri aholisining bir qismi ichimlik suvi sifatida isteʼmol qilishadi. Ammo, yozfaslida kanal yoqalab yursangiz, koʻngilni xira qiluvchi holatlarga duch kelasiz. Kimdir kanal suvida gilam yuvib, sovunli suvini oqizib yuboradi. Baʼzan kanal suvidan badboʻy hid dimogʻimizga uriladi, bu hid turli xil axlatlarning kanal tubiga choʻkishidan hosil boʻladi. Chunki kanalga yaqin hududda yashovchi koʻpchilik aholi har xil axlat va chiqindilarni kanal boʻyiga tashlashadi. Suv toshgan paytda axlatlar bemalol suvga qoʻshilib oqib ketadi.

Bunday koʻngilsiz holatlarning barchasi loqaydlikning mevasi emasmi?

Albatta, loqaydlikning, azizlar! Men barcha tengdoshlarimni ona tabiatga munosabat bobida xar lahza ogoh boʻlishga, oʻzimiz yashayotgan ona diyorning har zarra tuprogʻidan har bitta giyohi, bir tomchi suvigacha asrab-avaylashga chaqiraman. Chunki biz atrofimizdagi yashil olamsiz hech kim emasmiz.

Yoshlar fikrlari amunews.uz veb-sayti muxbirlari Robiya YOʻLDOShEVA va Allambergan JUMANIYoZOVlar tomonidan yozib olindi.

(Foto http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026