30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:13
Jamiyat 👁 259

FAROVON MAHALLASI YoShLAR YeTAKChISI DOIM YoShLAR ORASIDA

FAROVON MAHALLASI YoShLAR YeTAKChISI DOIM YoShLAR ORASIDA

Tumanning Farovon mahallasida turli yoʻnalishlardagi tadbirkorlik sohalarida muvaffaqiyatlarga erishayotgan, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida yakka tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanib, doimiy  daromad manbaiga ega boʻlganlar talaygina. 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 823 nafar yoshlardan 364 nafarining doimiy ish bilan bandligi taʼminlangan boʻlib, ularning oʻz faoliyatlarini hech qanday toʻsiqlarsiz amalga oshirishlari uchun mahalla yetakchisi Shohruh Roʻzmetov doimo masʼul, yaqin koʻmakdosh.

Shohruh Roʻzmetovning ish kunlari deyarli har kuni mahalla yoshlari hayotidagi muammolarni hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlar bilan oʻtadi.

Xususan, “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 63 nafar yoshlarning muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish, ularni oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha kasbga oʻqitish, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari boʻlgan yoshlarning oʻqishi, kasb-korli boʻlishiga koʻmaklashish  maqsadida mahalladagi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova hamda MFY raisi Madamin Kazakov bilan doimiy hamkorlikda, bamaslahat ish olib boradi. Ana shunday hamkorlikning natijasi oʻlaroq, 2023-yil davomida 1 nafar yoshning haydovchilik oʻquv markazida oʻqib, haydovchilik guvohnomasi olishi uchun sharoit yaratildi va unga BHMning 4 baravari miqdorida subsidiya ajratildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj oilaning farzandi boʻlgan yana 1 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi badali toʻliq qoplab berildi.

Mahalla yetakchisi nafaqat “Yoshlar daftari”, balki “Ayollar daftari” roʻyxatidagi fuqarolar turmush tarziga ham alohida eʼtibor qaratadi. Chunki ayol-qizlar bekorga bu daftarga kiritilmasligini yetakchi yaxshi biladi. Balki ularning nogironligi boʻlgan farzandlari bordir, balki oʻgʻil-qizlarini OTMlarda oʻqitishda qiynalayotgandir. Nima boʻlganda ham “Ayollar daftari” roʻyxatidagi mahalla ayollari hayotiga doir muammolarga yoshlar yetakchisi eʼtibor qaratishi shart.

Shohruh Roʻzmetov bu borada mahalla xotin-qizlar faoli bilan bamaslahat ish yuritadi. Hamkorlik natijasida  “Ayollar daftari” roʻyxatida turgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan 11 nafar yoshlarning OTMlardagi oʻqishi uchun shartnoma mablagʻining 30 foizi toʻlab berildi. 1 nafar yoshning salomatligini tiklashi uchun davolanish xarajatlariga subsidiya ajratildi. Bundan tashqari, dehqonchilik qilish istagida boʻlgan 1 nafar ishsiz yoshga 10 yillik muddat bilan 0,5 gektar yer ajratilishiga koʻmaklashdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yoshlar doimiy ishga joylashtirilib, “Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqarildi.

Mahalla yoshlar yetakchisining faoliyat koʻlami, kundalik ish rejalari bu bilan cheklanmaydi. Mahalla yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda turli sport musobaqalarini tashkil etish, oʻquvchi-yoshlarning uzrli sabablarsiz dars qoldirishlari, mahalla hududida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarini oʻtkazish kabi ishlar uning doimiy diqqat markazida. Hududiy profilaktika inspektori va inspektor-psixologlari, taʼlim-tarbiya muassasalarining amaliyotchi-psixologlari hamda ota-onalar  bilan oʻzaro hamkorlikda muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan “Xavfsiz tun”, “Tigʻ”, “Davomat” hamda “Biz ommaviy madaniyat unsurlariga qarshimiz!” mavzularidagi profilaktik-nazorat tadbirlari  oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda. Shu bois, mahalla yoshlari, oʻquvchi-yoshlar orasida huquqbuzarlikka moyillik holatlari yoʻq hisobi.

Shunday boʻlsa-da, 27 nafar tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan alohida profilaktik suhbatlar olib borish, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda ish yuritishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ularni sogʻlom hayotga qaytarish maqsadida ushbu yoshlar uchun masʼul qilib biriktirilgan tashkilotlar masʼullari bilan hamkorlikda barchasining muammolari tizimli ravishda oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Xususan, ularni nazoratsiz qoldirmaslik maqsadida turli sport toʻgaraklariga  jalb etish, kitobxonlikka qiziqtirish borasida amaliy choralar koʻrilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Ayni paytda Shohruh Roʻzmetovning mahalla yoshlari hayotiga oid rejaviy ishlari ancha tigʻiz pallaga kirgan. Sababi, hademay bahor keladi. Yana bir-ikki haftadan soʻng, koʻklamga tayyorgarlik, obodonlashtirish tadbirlari boshlanib ketadi. Farovon mahallasi yoshlari esa bu kabi tadbirlarga ertadan kirishishadi. Mahalla hududini koʻkalamzor goʻshaga aylantirish maqsadida barcha koʻchalar boʻylaridagi ariqlarni tozalash, uy-hovlilarning fasad qismlarini obodonlashtirish ishlarini hamjihatlik bilan amalga oshirishga allaqachon kirishib ketishgan.

– Koʻchat ekish mavsumini hech qiyinchiliksiz oʻtkazish uchun bu juda muhim, – deydi Shohruh Roʻzmetov. – Qolaversa, ahillikda qilingan ish koʻngillarga zavq bagʻishlaydi.

 

Robiya YOʻLDOShEVA .

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026