15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:48
Jamiyat 👁 198

TAʼLIM-TARBIYa SOHASI FIDOYISI

TAʼLIM-TARBIYa SOHASI FIDOYISI

Qangli qishlogʻida tugʻilib-oʻsgan Tozaboy Matchonov umumtaʼlim maktabini tugatgan yiliyoq Toshkent shahriga yoʻl oldi. 1981-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirgan. Tozaboy oʻqish jarayonida hamqishloqlari hayotiga oʻzgarishlar olib kirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga Qangli qishlogʻi, Amudaryo tumani, qoʻyingki, Qoraqalpogʻiston bilan tutashib ketgan ona Yurt kengliklari, ana shu bepoyon Vatan shaʼnini yuksaltirish uchun oʻqib, bilim olish juda muhimligini anglatib yashash zarurligini chuqur idrok etdi.
U 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, ona qishlogʻidagi S.Toʻramurodov nomidagi sakkiz yillik maktabda ilk mehnat faoliyatini boshladi.
Oʻz fani asoslarini puxta egallagan yetuk pedagog kadrlar taʼlim-tarbiya sohasida hamisha qadrlanadi. Bu borada Tozaboy Matchonovning ham bilim va salohiyatidan samarali foydalanishga intilgan maktab rahbarlari koʻp boʻldi. 1989-1994-yillarda u Amudaryo tumanidagi yetakchi ilm maskanlaridan biri hisoblangan 11-sonli umumtaʼlim maktabida, keyinchalik 29-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirdi. Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportga qiziquvchi yoshlarni atrofiga jamladi, kurash, shaxmat sporti toʻgaraklarini tashkil etdi. “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida qatnashgan oʻquvchilari Amudaryo tumani birinchiligida, mazkur musobaqalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. 1994-yildan hozirgi kunga qadar 29-sonli maktabda faoliyat yuritayotgan oliy toifali oʻqituvchi Tozaboy Matchonovning oʻquvchilari deyarli har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazilib kelinayotgan “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport  musobaqalarining doimiy gʻolib va sovrindorlari safidan joy olib kelishayotganining oʻzi oddiy qishloq maktabi oʻqituvchisining oʻz sohasining yetuk mutaxassisi ekanligidan yaqqol dalolat.
Xususan, Tozaboy Matchonov rahbarligidagi oʻquvchi-yoshlar qatorasiga 3-yilki, “Umid nihollari” sport musobaqalarida sportning yengil atletika, kurash turlari boʻyicha tumanda 1-oʻrinni, Respublika miqyosida faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida esa “Besh tashabbus olimpiadasi”ning parashaxmat musobaqasida ham Tozaboy Matchonovning oʻquvchilari tuman gʻolibligini qoʻlga kiritib, musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallashdi.
Dono xalqimiz tilidan-tillarga koʻchib, oʻz qadri-qimmati bilan hamon yuqori tutilguvchi bir hikmat borki, ana shu hikmat Tozaboy Matchonov kabi fidoyi oʻqituvchilar shaxsiga qarata aytilganday. Yaʼni, “Ustozidan ilm olgan shogirdlari qator tursalar, ul ustoz chin ustozdir”. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, Tozaboy Matchonovdan “ilm olib, qator turgan” shogirdlari behisob. Xususan, ustoziga havas qilib, jismoniy  tarbiya va sport sohasi fidoyilari boʻlib yetishgan shogirdlaridan Gulandom Xudoyberganova, Shohista Xudoyberganova, Goʻzal Yoʻldosheva, Javlonbek Xudoyberganov, Nigora Sultonmurodova, Nuriddin Qurbonboyev, ... yana qancha yoshlar jismoniy madaniyat mutaxassislari sifatida faoliyat yuritishmoqda. Oʻnlab shogirdlari Oʻzbekistonning turli hududlaridagi OTMlarda jismoniy madaniyat yoʻnalishi boʻyicha  tahsil olishmoqda.
Tozaboy Matchonovni koʻpchilik qattiqqoʻl, qatʼiyatli oʻqituvchi sifatida hurmat qilishadi. Balki shundaydir. Katta leytenant harbiy maxsus unvoniga ega oʻqituvchi boʻlganidanmi, oʻquvchilariga oʻz fanidan qatʼiy talablar qoʻyishga odatlangan Tozaboy Matchonovning shogirdlari jismoniy madaniyat fanini oʻzlashtirishda xuddi oʻqituvchisi kabi qatʼiyatli, intiluvchan. Ishda qatʼiyat va ishonch uygʻun boʻlsa, muvaffaqiyat sari yoʻl ochilaveradi.
Tozaboy Matchonov nafaqat hamkasblari va shogirdlari, balki oʻzi istiqomat qiladigan mahallada ham hurmat-eʼtiborga munosib, oilaparvar, mehribon va madaniyatli ota sifatida umr yoʻldoshi Zamiraxon Yernazarova  bilan biri-biridan oʻqimishli ikki qiz, bir oʻgʻilni kasb-korli qilib voyaga yetkazishdi. Shirin-shakar nevaralarga bobo boʻldi. Bugun uning oilasi haqiqiy ziyolilar bilan obod. Qilayotgan ezgu ishlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilayotgani, yuqori tashkilotlarning faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari bilan taqdirlanayotgani esa qalbiga quvonch bagʻishlaydi, ertangi kuniga ishonch uygʻotadi. “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami munosabati bilan oddiy qishloq maktabi oʻqituvchisi Tozaboy Matchonovning fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Eʼtirof, hurmat, eʼtibor va ragʻbat – bu xalq ehtiromi, ishonchining yorqin ifodasi.
Zahiradagi katta leytenant, yuzlab yoshlarning sevimli ustozi Tozaboy Matchonov hamon postda – yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi eng masʼuliyatli, eng sharafli vazifani ado etishda hamisha sobit, hamisha qatʼiyatli. Ana shu tuygʻularga hamroh yashash esa uning ezgu aʼmoli.
Ayni paytda umrining 60 bahorini qarshilagan Tozaboy Matchanovga:
- Aslo charchamang, yana uzoq yillar yoshlar safida, masʼuliyatli va sharafli kasbingiz bilan eʼtiborda,eʼzozda yashang, 60 yoshingiz muborak boʻlsin, - deymiz.


Robiya YOʻLDOShEVA.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019