30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:12
Jamiyat 👁 220

HARBIY PROKURATURA TOMONIDAN AMUDARYoLIK YoShLAR UChUN HARBIY VATANPARVARLIK MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY VA MUSIQIY TADBIR TAShKIL ETILDI

HARBIY PROKURATURA TOMONIDAN AMUDARYoLIK YoShLAR UChUN HARBIY VATANPARVARLIK MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY VA MUSIQIY TADBIR TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni mustaqillik gʻoyalariga, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash, turli mafkuraviy hurujlardan himoya qilish doimiy dolzarb masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bugungi yuksak texnologik taraqqiyot jarayoni, har bir xonadonga kirib borgan internet tarmogʻi, yoshlarimizni oʻziga ohanraboday tortayotgan turli gadjetlar har birimizni yoshlar taʼlim-tarbiyasi sohasida ogoh boʻlishga daʼvat etadi. Zero, yoshlarning maʼnaviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan ishlarga hissa qoʻshish har bir ziyoli, ongli insonning zimmasidagi yuksak burch va masʼuliyatli vazifadir.  

Kelajak egalarini ona Vatanga sadoqat, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari mutaxassislari hamda joylardagi madaniyat muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu chora-tadbirlar roʻy berishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning, yoshlar oʻrtasida diniy-ekstremizm, giyohvandlik, odam savdosi bilan bogʻliq yoqimsiz illatlarga berilish holatlarining oldini olishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Joriy yilning 16-fevral sanasida Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosining tantanalar zalida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – yagona uyimiz!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbir ham kelajak egalari boʻlgan yoshlar tarbiyasi, kamoloti masalasiga bagʻishlangani bilan ishtirokchilarda katta taassurot uygʻotdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi, Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼulligida tashkillashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori oʻrinbosari, Adliya podpolkovnigi Maqsud Niyazov, Nukus harbiy prokurori, Adliya polkovnigi Ulugʻbek Abdurahimov, Nukus harbiy prokurori yordamchisi, kapitan Shoriyor Ramazanov hamda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Zafar Ahmedovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida ona Vatanni himoya qilishdek sharafli burch masʼuliyatini shakllantirish, “Men Oʻzbekistonning farzandiman!” degan yuksak faxr hissini uygʻotish har bir mutasaddining sharafli burchi ekanini taʼkidladilar. Maʼruzachilar oʻsib kelayotgan avlodni har qanday mafkuraviy xurujlarning tajovuzkor taʼsiridan asrab-avaylash, ularning jirkanch illatlar domiga ilinib qolishlarining oldini olishga qaratilgan fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Yoshlarni bu kabi illatlardan himoya qilishda ayniqsa ota-onaning, taʼlim-tarbiya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining zimmasidagi masʼuliyat yuksak ekanligini taʼkidladilar.

Shundan soʻng, amudaryolik yoshlar uchun Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrugi orkestri tomonidan harbiy vatanparvarlik tuygʻularini madh etuvchi kontsert dasturi namoyish etildi.

Ona – Vatan, tinchlik va millatlararo doʻstlikni tarannum etuvchi harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yoshlar qalbida haqiqatan ham harbiy hayotga qiziqish, Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbga cheksiz mehr va ixlos tuygʻularini uygʻotdi.

Tadbir davomida Amudaryo tumani madaniyat markazi sanʼatkorlari ijrosida ham maroqli kontsert dasturi ham namoyish etildi.

Tadbir oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlab, harbiy hayotga katta qiziqish hissini uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026