30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:10
Jamiyat 👁 208

GITLER VA STALINDAN TORTIB ILON MASK VA TsUKERBERGGAChA: “YIL ODAMI” DEB EʼTIROF ETILGAN MAShHURLARNI BILASIZMI?

GITLER VA STALINDAN TORTIB ILON MASK VA TsUKERBERGGAChA: “YIL ODAMI” DEB EʼTIROF ETILGAN MAShHURLARNI BILASIZMI?

TIME jurnali AQShning Nyu york shahrida joylashgan, Yevropada TIME EUROPE nomi ostida, Osiyoda esa TIME ASIA nomi bilan ingliz tilida chop etiladigan, jami 25 mln.lik auditoriyaga ega boʻlgan dunyodagi eng yirik haftalik xabar jurnali hisoblanadi. Ushbu jurnalning 1-soni 1923-yilda yorugʻlikka chiqqan boʻlib, 100-yildan buyon chop etilib kelmoqda.

Jurnal tomonidan tashkil etilgan “Yil odami” tanlovi ham koʻp yillardan beri davom etib kelayotgan anʼanalardan biridir. Dunyoga katta taʼsir koʻrsatgan va yil mobaynidagi yangiliklar kun tartibini koʻp jihatdan belgilab bergan shaxs yoki odamlar guruhi “Yil odami” tanlovi gʻolibi sifatida tan olinadi, deya qayd etadi nashr. Anʼanaga koʻra, 1927-yildan buyon har yili dekabr oyida nominatsiya gʻolibini nashr bosh muharriri tanlaydi va gʻolib nomi yilning soʻnggi sonida eʼlon qilinadi. Quyida “Yil odami” deya eʼtirof etilgan baʼzi mashhur shaxslar haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

Uchuvchi va avtomobilsozlardan mashhur siyosatchilargacha

Tarixda ilk marotaba — 1927-yilda Atlantika ustidan toʻxtovsiz parvoz qilib oʻtgan amerikalik uchuvchi Charlz Lindberg eng birinchi “Yil odami” nominatsiyasiga munosib deb topilgan edi.

Keyingi yilda avtomobil sanoatining ilk ixtirochisi, Amerika avtomobilsozlik sanoati rahbari va “Chrysler Corporation” asoschisi Uolter Kraysler “Yil odami” boʻldi.

1930-yilda gʻoliblik Hindiston milliy qahramoni Maxatma Gandiga nasib qildi. U Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir hisoblanadi. Gandi XX asrning Albert Eynshteyndan keyingi 2-raqamli insoni deya rasman tan olingan.

1938-yilda esa Olmoniya fashistik davlati boshligʻi, fashistlar natsional-sotsialistik partiyasining fyureri, Ikkinchi jahon urushi, SSSRga hujum qilish tashabbuskori boʻlgan Adolf Gitler “Yil odami” deb eʼtirof etildi. Shu kabi mashhurlardan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Bosh kotibi I.V.Stalin ham ikki marotaba — 1939 va 1942-yillarda “Yil odami” boʻldi.

Nafaqat yakka shaxslar, balki guruhlar va mavhum shaxslar ham “Yil odami” boʻlgan

1950-yilgacha ushbu nominatsiyaga muayyan shaxslar tanlangan boʻlsa, keyinchalik mavhum shaxslar yoki guruhlar ham loyiq deb topila boshlandi. Masalan, 1950 va 2003-yillarda AQSh Qurolli Kuchlari askari, 1956-yilda Vengriyadagi “Ozodlik harakati” ishtirokchilari, 1960-yilda AQSh olimlari, 1968-yilda “Apallon-8” kosmik kemasida fazoga chiqqan AQShlik fazogirlar, 1975-yilda AQShlik bir guruh ayollar, 1993-yilda Yosir Arofat, Nelson Mandela, Frederik de Klerk, Isaak Rabin kabi tinchlikparvarlar ham nominatsiya gʻoliblari boʻlishgan.

Shuningdek, 2002-yilda AQShlik izquvarlar, yaʼni “fosh qiluvchilar”, 2005-yilda irlandiyalik rok-musiqachi Bono, Microsoft kompaniyasiga asos solgan amerikalik biznes-magnat, dasturchi Bill Geyts va uning oʻsha paytdagi rafiqasi, kompaniya bosh menejeri Melinda Geytslar “Mehribon insonlar” nomi bilan, 2006-yilda internet foydalanuvchilari, 2011-yilda “Arab bahori” namoyishchilari, 2014-yilda Ebola virusiga chalingan kishilarga gʻamxoʻrlik qilganlar, 2017-yilda jinsiy zoʻravonlik va taʼqibga qarshi chiqqan odamlar, 2018-yilda oʻz qarashlari va faoliyati uchun taʼqibga uchragan jurnalistlar “Yil odami” deb topilgan edi.

“Yil odami” deya eʼtirof etilgan siyosatchilar va milliarderlar

Jurnal talqini boʻyicha dunyoga mashhur boʻlgan siyosatchilardan SSSR yetakchisi Nikita Xrushchev 1957-yilda, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi 1961-yilda, AQShning 40-prezidenti, siyosatchi Ronald Reygan 1980 va 1983-yillarda, KPSS MK bosh kotibi Yuriy Andropov 1983-yilda, SSSR davlat arbobi, Sovet Ittifoqi tarixida birinchi va yagona prezident boʻlgan hamda dunyo tarixida eng katta sotsialistik mamlakatning parchalanishi orqali tanilgan M.Gorbachyov 1987 va 1989-yillarda tanlov gʻoliblari boʻlishgan.

Shuningdek, 2008 va 2012-yillarda Barak Obama, 2010-yilda Facebook asoschisi Mark Tsukerberg, 2013-yilda Rim Papasi Frantsisk, 2015-yilda Germaniya Federal kantsleri Angela Merkel, 2016-yilda AQSh Prezidenti Donald Tramp, 2020-yilda AQSh Prezidenti Jo Bayden va AQSh tarixidagi birinchi ayol vitse-prezident Kamala Xarris ushbu eʼtirofga sazovor boʻlgan.

“Yil odami — 2021” tanlovida SpaceX va Tesla kompaniyasining rahbari, dunyodagi eng boy odam Ilon Mask gʻolib boʻldi. Time’da taʼkidlanishicha, Mask boshqaradigan mashinani uning oʻzi yaratgan, bu mashinaga haydovchining deyarli keragi yoʻq. Shuningdek, “birgina barmoq silkish bilan” u fond bozoriga va Mars haqidagi orzularga taʼsir oʻtkazishi mumkin. “Bu odam Yer sayyorasidagi, kelajakda, ehtimol, undan tashqaridagi hayotga favqulodda taʼsir koʻrsatadi. Iqlim oʻzgarishining ekzistentsial inqirozidan, tengsizlik muammolaridan tortib yangi imkoniyatlar chegaralarigacha — hech kim bu mavzularni 2021-yil odami Ilon Maskdan yaxshiroq oʻzida mujassam etmagan”, — deya eʼlon qildi jurnalning bosh muharriri Edvard Felzental. 2021-yilda Mask tarixda boyligi 300 mlrd. dollardan oshgan ilk milliarderga aylandi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin soʻnggi 24-yil ichida TIME talqiniga koʻra, “Yil odami” unvoni uchun daʼvogarlar qatorida boʻlgan, biroq u faqat bir marta — 2007-yilda gʻolib boʻlgan. 2022-yilda ushbu eʼtirofga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy loyiq koʻrildi. Qayd etilishicha, Zelenskiy TIME jurnali oʻquvchilari soʻrovida birinchi oʻrinni egallagan.

“Yil odami – 2023”

Oʻtgan 2023-yilda Amerikalik qoʻshiqchi ayol Teylor Svift TIME jurnali talqini boʻyicha “2023-yil odami” deb topildi. U jurnal tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan va “Yil odami” muqovasida ikki marta chiqqan birinchi ayol sifatida tarixga kirdi. Popxonanda boshqa daʼvogarlarni, jumladan, Vladimir Putin, Si Jinping, OpenAI asoschisi Sem Altman, qirol Charlz III, “Barbi” hamda Gollivud aktyorlari va stsenariy mualliflarini ortda qoldirdi. Teylor Svift 2017-yilda ham jinsiy zoʻravonlikka qarshi chiqqan guruh bilan birga “Yil odami” boʻlgan edi.

Svift 17 yillik faoliyati davomida Amerikada (Billboard 200) birinchi oʻrinni egallagan 12ta albom chiqardi, koʻplab “Gremmi” va boshqa mukofotlarni qoʻlga kiritdi. U oʻz faoliyatini kantrixonanda sifatida boshlab, pop-yulduz darajasiga koʻtarildi, orada ikkita indi-albomini ham taqdim qildi.

Svift pandemiyadan keyin 2022-yilda birinchi marta kontsert berishni boshladi — jahon boʻylab keng koʻlamli Eras Tour gastroli uni milliarderlar qatoriga kiritdi. Odatda TIME hokimiyatning anʼanaviy sohalari vakillarini “Yil odami” deb eʼtirof qiladi. Biroq, gʻayrioddiy taʼsiri 2023-yil davomida namoyon boʻlgan Svift bunday lavozimga ega emasdi. “Har bir yilda ezgulik va zulmat bor. 2023-yilning koʻp qismini zulmat egalladi. Juda koʻp qadriyatlar barbod boʻlayotgan dunyoda Teylor Svift chegaralardan oshib oʻtdi va ezgulik manbaiga aylanish yoʻlini topdi”, deyiladi jurnal bergan taʼrifda.

Oʻtgan yili TIME jurnali soʻnggi 100 yillikdagi eng yaxshi 100ta film roʻyxatini ham eʼlon qildi. Reyting muallifi amerikalik kinoshunos, 2018-yilgi Berlin kinofestivali hakamlar hayʼati aʼzosi — Stefani Zaxarek boʻldi. Reytingdagi eng qadimgi kartina sifatida nemis rejissyori Robert Vinening 1920-yilda suratga olgan “Shifokor Kaligari kabineti” ovozsiz filmi, eng yangisi sifatida esa Kventin Tarantinoning 2019-yildagi “Bir paytlar Gollivudda” kartinasi tanlandi. Shuningdek, eng mashhur filmlar qatorida “Shamollarda qolgan hislarim”, “Velosiped oʻgʻrilari”, “Jazzda faqat qizlar”, “Taksichi” va shu kabi bizga yaxshi tanish boʻlgan boshqa kinokartinalar ham bor.

TIME jurnali mana shunday qiziqarli tanlov va maʼlumotlari bilan dunyo miqyosida koʻp sonli obunachilar eʼtiborini qozonib kelmoqda.

Internet materiallari asosida

Ozoda Xudoyberganova tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026