Qurilishni amalga oshirish va nazorat qilish
Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati subʼektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik koʻrish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-taʼmirlash, ishga tushirish, sozlash ishlarini bajarish, obʼektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik meʼyorlari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Shaharsozlik faoliyati obʼektlarini qurish chogʻida quyidagilar taʼminlanishi kerak:
- qurilish ustidan davlat nazorati;
- buyurtmachining texnik nazorati;
- ishlab chiquvchining mualliflik nazorati.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qurilishi tugallangan obʼektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq toʻliq tayyor boʻlganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi xulosalar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
B.Allaberganov, kapitan, tuman FVB katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶