30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Jamiyat 👁 255

ShOGIRDLAR ARDOFIDAGI USTOZ

ShOGIRDLAR ARDOFIDAGI USTOZ

Mashhur yunon faylasuflaridan biri Perikl insonlarning hayoti haqida fikr yuritar ekan: “Orqangda qoladigan narsaning toshga oʻyilgani emas, odamlar hayotiga qorishib, ularning koriga yaragani hisob”, — deb uqdiradi. Haqiqatan ham har qanday kishi oʻz hayoti davomida qaysi sohada faoliyat yuritmasin uning jamiyatdagi oʻrni va obroʻsi elga qanday foyda keltirganiga yarasha boʻladi.

Qizilcholi qishlogʻida voyaga yetib, maorif sohasida uzoq yillar yoshlarga taʼlim berib, yurt   koriga yaraydigan koʻplab shogirdlarni tarbiyalab yetishtirgan Ismoil Yusupov ham ana shunday martabaga erishgan insonlardan biri hisoblanadi.

Ismoil Yusupov 1936-yil 25-mayda tumanimizning Qizilcholi qishlogʻida tugʻildi. Dastlabki taʼlimni qishloqdagi 9-maktabda oldi, 7-sinfni bitirgach, Xitoy qishlogʻidagi 2-maktabda oʻqishni davom ettirdi va 10-sinfni 1955-yilda bitirib chiqdi. Uning sinfdoshlaridan elimizning qator dongdor kishilari yetishib chiqdi. Adabiyotshunos olim Norboy Xudoyberganov, oʻqituvchi Mingturgʻan Qaziyev, qishloq xoʻjaligi rivojiga katta hissa qoʻshgan muhandis Abdulla Oʻrozimbetov, jamoa xoʻjaligi raisi Eshimbat Matsafoyev, hisobchi Davlatyor Jabborberganovlar shular jumlasidandir.

Oʻsha davrdagi oʻqituvchilar kamligi va oʻzining yaxshi bilimga ega ekanligi tufayli endi oʻrta maktabni tugatgan Ismoil Yusupov Zarif Nosirov rahbarlik qilayotgan 9-maktabga boshlangʻich sinf oʻqituvchisi qilib tayinlanadi.

1956-yilda esa harbiy xizmatga chaqiriladi. Jismonan baquvvatligi va faol harakatlari tufayli kichik komandirlar tayyorlash kursiga yuboriladi va uni bitirgach, serjant unvonini olib harbiy boʻlinma komandiri, keyinchalik vzvod komandiri oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. 1959-yilda harbiy xizmatdan qaytib keladi, 1960-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohining “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” fakultetiga qabul qilinadi va 1965-yilda oʻquv dargohini muvaffaqiyatli tamomlab, qishlogʻidagi 9-maktabga ishga qabul qilinadi. 1966-yildan esa shu maktabning ilmiy boʻlim mudiri lavozimiga tayinlanadi. “Boʻladigan bola boshidan maʼlum”, deganlaridek, yosh boʻlishiga qaramasdan ilgʻor oʻqituvchilar tajribalarini oʻrganish asosida maktabda taʼlim va tarbiya ishlarini yuqori saviyaga koʻtarishga erishadi. Bunga misol tariqasida keyinchalik maktabdagi kadr tanlash borasidagi sinchkovligining natijasi haqida gapirmoqchiman. 1969-yilda 9-maktab oʻrta umumtaʼlim maktabiga aylantirildi. Qoʻshni qishloqdagi maktab sakkiz yillik boʻlgani uchun bir guruh bitiruvchilari 9-maktabga yuboriladi, lekin paxta davri tamom boʻlganidan keyin bu oʻquvchilarning boshqa maktabga ketib qolgani maʼlum boʻladi, sababi aniqlanganda, bu oʻquvchilar matematika fani oʻqitilishidan qoniqmaganligini aytishadi. Bu maktab rahbarlariga, ayniqsa, oʻquv ishlariga javobgar Ismoil Yusupovga qattiq taʼsir qiladi va maktabda aniq fanlar oʻqitilishiga alohida eʼtibor beriladi, fan oʻqituvchilari malaka oshirish kurslariga yuboriladi, yosh pedagoglarni tayyorlashga diqqat yoʻnaltiriladi.

Shunda Ismoil Yusupov oʻzi oldindan eʼtiborga olib qoʻygan iqtidorli maktab bitiruvchilaridan Olim Abdurahmonovni matematika yoʻnalishida oʻqishga kirishga ragʻbatlantiradi, oliygohni bitirgach, maktabga ishga olishadi, shundan keyin maktabda matematika fanidan yanada yaxshi natijalarga erishiladi, olimpiada gʻoliblari paydo boʻla boshlaydi, shu fan boʻyicha oliygohlarga kiruvchi oʻquvchilar soni keskin koʻpayadi.

Keyinchalik bu tajribalardan foydalanib shogirdlari — maktab rahbarlari bunga alohida eʼtibor berishib, amalda qoʻllashib, yuqori natijalarga erishishadi.

Maktabga oʻz kasbining ustalari — musiqa fani oʻqituvchisi Karimboy Otajonov, fizkultura fani oʻqituvchisi Maqsud Nurimbetovlarning ishga qabul qilinishi darhol ijobiy natijalar bera boshlaydi. Dastlab tumandagi, keyinchalik poytaxtdagi koʻrik-tanlovlardan oʻquvchilarning diplom va mukofotlar bilan qaytishi, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallashlari odatiy tusga aylanadi. Ismoil Yusupovning ish faoliyatiga nazar soladigan boʻlsak, bunday misollarni koʻplab uchratishimiz mumkin.

Shu bilan birga ustozimiz el manfaatini oʻzinikidan ustun qoʻyadigan oqibatli farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan pir-u badavlat otaxon hamdir. 1960-yilda hamqishlogʻi Amina Ibodullayeva bilan oila qurishib, toʻrt oʻgʻil koʻrdilar. Katta oʻgʻil Zarifboy, unga ergashib ukalari Latif va Rashid geologiya sohasini tanlashdi, ikkinchi oʻgʻli Sharif esa ota kasbini tanlab, pedagogika oliygohini bitirib, ilgʻor fizika fani oʻqituvchisi boʻlib yetishdi, bir muddat direktorlik lavozimida ham ishladi.

Ismoil Yusupovni oʻqituvchilar sulolasining asoschisi desa ham boʻladi: nevaralari Nasiba, Mastura va Lobarlar maktablarda yosh avlodga taʼlim berib kelmoqdalar, Munira, Nodira va Yulduzlar esa oliygohlar talabalaridir.

Bir yunon faylasufi Pindar: “Mangulikning bolaligi — nuroniy va olijanob keksalikdir” deganida Ismoil Yusupovday oʻz sohasida fidokorona mehnat qilib, eldoshlari va shogirdlari qalbidan oʻchmas oʻrin olgan insonlarni nazarda tutgan boʻlishi kerak. 88 bahorni qarshilayotgan  boʻlishiga qaramasdan ustozimiz hali ham yosh oʻqituvchilarning beminnat maslahatgoʻyi sanaladi, uylari hamisha koʻngliday ochiq, kelinlarining mehr bilan xizmat qilishlari esa ota umrini yanada uzaytirishi kunday ravshan, hammaga ham shunday taqdir, shunday oila, shunday solih farzandlar nasib etsin.

Ustozga esa shoir soʻzlarini tilak va istak sifatida aytib qolaman:

“Hayotiy tajribang moʻldir — yoshlarga,

Maslahat ber, aqli kamini toʻldir.

Yoshingning qadriga yetgin — keksalik,

Uzoq umr koʻrmoqqa yagona yoʻldir!”

A.Nafasov.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026