30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 273

QUMYoP OVULIDAGI VATANPARVAR YoShLAR USTOZI

 QUMYoP OVULIDAGI VATANPARVAR YoShLAR USTOZI

Yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining samarali oʻqitilishi, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, harbiy yoʻnalishlardagi oʻquv yurtlariga kirib taʼlim olishlarida va Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmat qilishga hozirlik koʻrishlarida muhim zamin boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu taʼlim jarayoni harbiy kasbga qiziquvchi qobiliyatli yoshlarimizni saralash va ularga oʻz vaqtida kerakli taʼlim-tarbiya, shuningdek, toʻgʻri koʻrsatma va yoʻnalishlar berilishida katta imkon boʻlmoqda.

61-sonli umumtaʼlim maktabining chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Sadaddin Qalandarov ham koʻp yillardan beri shu maktabda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Maktabda mashgʻulotlar sifatli tashkil qilinishi uchun sinfxonalar zarur koʻrgazmali vositalar bilan jihozlanishiga alohida eʼtibor qaratib, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini taʼminlashda halok boʻlganlar toʻgʻrisida fotolavha va maʼlumotlar joylashtirilgan xotira burchaklarini tashkil etib, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalamoqda.

– Dars mashgʻulotlari jarayonida oʻquvchilar Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari hamda umumharbiy Nizom talablarini, harbiy xizmat va Vatanga qasamyodning ahamiyatini anglab yetishadi, – deydi ChQBT rahbari S.Qalandarov. – Mashgʻulotlar sifatini oshirish, jumladan, yoshlarda harbiylikka havasni kuchaytirish maqsadida tumandagi harbiy qismlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Maktabda ChQBT rahbari boshchiligida muntazam ravishda “Yosh qutqaruvchi”, “Temurbeklar” singari tanlovlar oʻtkazilib, oʻquvchilarning egallayotgan bilimlari sinovdan oʻtkazilib boriladi. Bundan tashqari, har yili oʻtkaziladigan harbiy-vatanparvarlik oyligida tumandagi harbiy qismlarga maktab oʻquvchilarining sayohatlari tashkil qilinadi. Harbiy xizmatchilar hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tadbirlarida ham ishtirokini taʼminlaydi. Buning natijasida ovul hududida harbiy yoʻnalishdagi kasblarga, oliy taʼlim dargohida tahsil olishga havas qiladigan yoshlar soni ortdi.

Sadaddin akaning shogirdlaridan koʻpchiligi harbiy xizmatda oʻz burchlarini oʻtab kelib, oliy taʼlim dargohlariga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalarga ega boʻlishgan. Ayrimlari oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishmoqda, baʼzilari esa turli sohalarda mehnat qilishmoqda. Maktabda 9-sinfga qadar taʼlim olib, keyinchalik Nukus shahridagi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi akademik litseyida oʻqigan shogirdi Ilmira Oʻrozmatova boʻlajak ichki ishlar xodimasi. U hozirgi kunda Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida 2-bosqichda taʼlim olmoqda. Shuningdek, oʻtgan oʻquv yilida yana bir shogirdi Gʻayratjon Boymurodov ham 9-sinfni tugatganidan soʻng, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi oʻquvchisi boʻlishga erishdi.

Asli qumyoplik boʻlgan S.Qalandarov 61-sonli maktabni 1986-yilda tugatib, 1988-1990-yillarda Germaniya davlatida harbiy xizmat burchini oʻtadi va serjant harbiy unvoniga ega boʻldi. Yurtiga qaytib kelganidan keyin QDUning tarix va jamiyatshunoslik fakultetini 1986-yilda tugatdi. Turli sohalarda faoliyat koʻrsatgan sobiq harbiy xizmatchi hozirgi paytda 61-sonli maktabda ChQBT rahbari vazifasida ishlamoqda.

Qumyoplik yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat hislarini mustahkamlayotgan ustoz ularni ona Yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarishga daʼvat etib kelmoqda. Yoshlarning vatanparvar, jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllanishiga oʻzining hissasini qoʻshmoqda.

O.Xudoyberganova.

 FVB ogohlantiradi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026