30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:39
Jamiyat 👁 272

Dehqonchilik va chorvachilikdan daromad topayotgan qoramonliklar

Dehqonchilik va chorvachilikdan daromad topayotgan qoramonliklar

Mamlakatimizda barcha sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida aholi turmush tarzi tobora yaxshilanib borayotgani insonlarning bugungi kunga shukronaligi, ertangi kunga ishonchi hamda ezgu orzu-maqsadlarining asosi boʻlmoqda.

Amudaryo tumanining olis chekka hududda joylashgan Qilichboy ovulining Qoramon mahallasida hayotini, yashash sharoitlarini oʻzgartirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan mehnatsevar insonlar talaygina.

Ana shunday harakatchan, mehnatdan qochmaydigan hamyurtlarimizdan biri Karomaddin Xudayberganovning aytishicha, kaftdekkina tomorqasi orqasidan kattagina daromadga erishib kelmoqda. Ayni paytda 5 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilib, pamidor, bodring, qalampir, kartoshka, sabzi, rediska ekib, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda mehnat qilib, parvarishlab kelishmoqda.

Hokim yordamchisi Adil Beshboyev oʻzi faoliyat olib borayotgan Qoramon mahallasi aholisini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularning dehqonchiliklarini yanada rivojlantirishlariga koʻmak bermoqda. Xudayberganovlar oilasi ham dehqonchilik mahsulotlarini ichki bozorga olib borishlari uchun kredit asosida mototsikl olishga yordam bergan hamda ogʻirini yengil qilgan hokim yordamchisidan minnatdor.

Karomaddining aytishicha, issiqxona tashkil qilgan yer maydonidan hosilni yigʻib olgandan keyin, oʻrniga kechki karam ekib, ikkinchi marta hosil olishadi. Shuningdek, hosil pishib yetilgandan keyin Xorazm viloyati Gurlan tumani, Amudaryo tumani Mangʻit shahri ichki bozorlariga olib borib sotishadi hamda tomorqasidagi oilaviy hamjihatlikdagi mehnat natijasida har yilgi hosildan 40-50 mln soʻmga yaqin daromad olishadi. Oilaning iqtisodiy ahvoli yildan yilga yaxshilanib, uylarini taʼmirlashgan, toʻy qilishgan, yangi “Spark” rusumli avtomobil sotib olishgan. Mehnat orqali orzular ushalishga, hayot tarzining yaxshilanishiga erishgan.

Ana shunday qoramonlik mehnatsevar, hamjihat Oʻrazmetovlar oilasi uzoq yillardan beri ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan chorvachilik, baliqchilik, dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanib kelishmoqda.

Tozaboy Oʻrazmetovning aytishicha, 5-6-yildan buyon issiqxonada sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlari yetishtirib, yaxshigina daromad olib kelishmoqda.

Hozirda tomorqasidagi issiqxona atrofidagi boʻsh turgan yer maydoniga ekish uchun pamidor, bodring, qovun, tarvuz nihollarini tayyorlashmoqda. Ayni paytda 4 nafar aka-ukalar turmush oʻrtoqlari hamda farzandlari hamjihatlikda oilaviy ushbu ishga jalb qilingan.

Shuningdek, tomorqada Turkiyadan olib kelingan 300 tup gilos bogʻi barpo qilingan. 3-yil oldin ekilgan gilos nihollari hozir kattagina gilos daraxtiga aylangan. Yaxshi parvarish qilingan gilos nihollaridan bu yil ilk marotaba hosil olinishi hamda oilaga yaxshi daromad kelishi kutilmoqda.

Qolaversa, Tozaboy Oʻrazmetov baliqchilikka qiziqishi tufayli 3 sotix yer maydonida baliq hovuzi tashkil qilgan. Hovuzga har biri 100 gramm keladigan qizil sazan baliqlaridan 50 kg chovoq yuborib, boqishni va parvarishlashni yoʻlga qoʻygan.

Qoramon mahallasidagi tinib-tinchimas, mehnatsevar hamyurtlarimizdan yana biri Alisher Yaxshimov 2022-yilda chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida bankdan 66 mln soʻm imtiyozli kredit olib, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib kelmoqda. Ushbu kredit mablagʻlari hisobiga mavjud 2 bosh qoramoli yoniga yana 10 bosh qoramol sotib olib qoʻshgan. Hozirda yaxshi parvarishlash natijasida chorvachilik sirlarini yaxshi bilgan hamyurtimizning chorva mollari soni salkam 20 boshga yetgan. Shuningdek, ilgari 5-6 bosh qoʻy boqqan boʻlsa, bugungi kunga kelib ular soni 30 boshga yetgan.

Alisher Yaxshimovning aytishicha, chorvachilik bilan shugʻullanish natijasida oilaning iqtisodi anchagina yaxshilangan. Turmush oʻrtogʻi hamda farzandlari oʻqishdan boʻsh vaqtlarida chorvadorga yordam berib, birgalikda mehnat qilib kelishadi. Qolaversa, hamyurtimiz qoʻshimcha daromad olish maqsadida asalarichilikni ham yoʻlga qoʻygan. Har yili asalarichilik orqasidan 3-3,5 tonna asal olinib, oilaga 15-20 mln soʻmga yaqin qoʻshimcha daromad keladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026