MUROJAATLAR EʼTIBORSIZ QOLMAYDI
Fuqarolarimiz ong-tafakkurida yuz berayotgan oʻzgarishlar, kundalik hayotimizda roʻy berayotgan yangiliklar milliy qonunchiligimizni zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.
Oʻtgan yilning 4-dekabrida kuchga kirgan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham aynan bugungi zamon talabi mahsulidir.
Ayni kunda tuman ichki ishlar boʻlimida mazkur qonun ijrosini taʼminlash borasida koʻpgina ishlar qilinmoqda. Xususan, joriy yilimizning shu davrigacha boʻlimimizga aholidan 120 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi va deyarli barchasi oʻrganilib, qanoatlantirildi.
Bu murojaatlarning barchasi yozma ravishda bildirilgan. Biz fuqarolarimizga yuqorida taʼkidlangan yangi qabul qilingan qonunga koʻra elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati ham borligini eslatib oʻtamiz.
S.JARILKAGANOV,
tuman IIB tergov boʻlimi tergovchisi, leytenant.
(Foto - http://xushnudbek.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶