30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:50
Jamiyat 👁 349

IShChI GURUH AʼZOLARI HUDUDLARDA BOʻLIB, FAOL VA IShBILARMON XOTIN-QIZLAR BILAN UChRAShDI

IShChI GURUH AʼZOLARI HUDUDLARDA BOʻLIB, FAOL VA IShBILARMON XOTIN-QIZLAR BILAN UChRAShDI

Maʼlumki, mamlakatimizda xotin-qizlarning bandligi va tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu oʻzgarishlar xotin-qizlarga ham oʻz bizneslarini boshlash va rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib berdi.

Masalan, xotin-qizlar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtib, uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish, chorva mollarini boqish, asalarichilik, milliy non va patirlarni, salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish, atlas va adras toʻqish, mayda munchoq tikish, doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash, quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish va boshqa koʻplab faoliyatlar bilan shugʻullanishlari mumkin.

Amudaryo tumanida ham oʻzini oʻzi band qilgan holda oilasiga daromad keltirayotgan xotin-qizlar safi kun sayin ortib bormoqda. Shunday oilalar bilan yaqindan tanishish va ularning ish tajribalarini ommalashtirish, muammolarini oʻrganib, hal qilish maqsadida 22-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova boshchiligidagi ishchi guruh Amudaryo tumanida boʻlib, oʻrganishlar oʻtkazdi. Oʻrganishlar davomida masʼullar oʻzini oʻzi band qilgan, tomorqasidan samarali foydalanayotgan, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan oilalar bilan yaqindan tanishib, ularning muammo va takliflarini tinglashdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash maqsadida qator davlat dasturlari ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgina “Hunarmand” uyushmasi orqali hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlarga koʻmaklashish, ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga yordam berish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni ham soddalashtirilgan va avtomatlashtirilgan, bu esa ularga davlat xizmatlaridan oson va tez foydalanish imkonini bermoqda.

Bu kabi islohotlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi oshishiga va oilalarning daromad manbalari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Maʼlumki, tuman boʻyicha 4-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 398 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʻlib,  shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 1 941 nafarni, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ehtiyojmand xotin-qizlar 685 nafarni tashkil qiladi.

Xotin-qizlarning bandlik darajasi ortib, iqtisodiy ahvoli yaxshilanishi esa ularning “Ayollar daftari” va boshqa ijtimoiy himoya dasturlari orqali emas, oʻz mehnati bilan daromad topib, roʻzgʻor tebratishlariga zamin yaratadi.

Jamiyatda ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy rolini yanada oshirishga qaratilgan bu kabi tizimli ishlar ularga teng imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qilishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Shu bilan birga, bu islohotlar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Chunki xotin-qizlarning ishbilarmonligi va tadbirkorligi iqtisodiyotning turli sohalarida yangi ish oʻrinlari yaratishga va mahsulotlar hamda xizmatlarning koʻpayishiga olib keladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026