30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Jamiyat 👁 461

Tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan yoshlar uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar, musobaqalar tashkil qilindi

Tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan yoshlar uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar, musobaqalar tashkil qilindi

Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan baʼzi toifa yoshlar Prokuratura organlari xodimlariga otaliqqa biriktirilgan edi. Amudaryo tumani Prokuraturasi xodimlari ham oʻzlari masʼul qilib biriktirilgan yoshlar tarbiyasi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, bilim olib, kasb-hunar egallab, mamlakat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur amaliy yordamlarni koʻrsatib kelmoqda.

Amudaryo tumani prokurori Aziz Roʻzmetov tashabbusi bilan shu kunlarda tumanning 2-sektori hududida yashovchi, organ xodimlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar ishtirokida turli tadbirlar, musobaqalar, madaniy-maʼrifiy kechalar oʻtkazildi.

26-aprel kuni erta tongdan bir guruh yoshlar tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohatga joʻnatildi. Ushbu sayohat dam olish kunlarida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, qolaversa, yoshlar ongida tariximizga hurmat, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil qilindi. Tuman hokimligi binosi oldidan 60 nafarga yaqin yoshlar Xiva shahriga maxsus avtobuslarda joʻnatildi.

Soʻngra yana bir guruh yoshlar tumanning Qilichboy hududidagi harbiy qismga tashrif buyurib, harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Harbiy qismda yoshlar chegarachi harbiylar hayoti, ularning yashash sharoitlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar, chegara zonalaridagi ajratuvchi toʻsiqlar va simlarning joylashuvi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining xizmat davomida foydalanidagan texnikalar, aloqa uskunalari, xizmat itlari va otlar yoshlarda katta tassurotlar qoldirdi.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida joylashga Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism rahbariyati va bu yerda oʻz yigitlik burchini oʻtayotgan harbiylar bilan uchrashuv davomida yoshlar Milliy Armiya safida xizmat qilishning naqadar sharafli va masʼuliyatli burch ekanligini yana bir bora anglab yetdilar. Ularning aksariyati kelgusida harbiy xizmat aynan chegara qismlarida oʻtashga qaror qilgan boʻlishsa, ajab emas.

Qilichboy madaniyat markazida ham mazkur hududda yashovchi Prokuratura organlari xodimlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar va ularning tengdoshlari uchun musiqiy-koʻngilochar dastur tashkil qilindi. Yoshlarni madaniyat va sanʼatga oshno qilish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda ovulning iqtidorli yoshlari oʻz tengdoshlariga qobiliyatlarini namoyish qildilar.

Madaniyat markazi binosida shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan ovul yoshlari uchun boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar yarmarkasi tashkil qilindi. Tuman prokurori tashabbusi bilan oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 2-sektor hududida yashovchi band boʻlmagan, Prokuratura organlari xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etishdi.

Shu kuni tushlikdan keyin 2-sektor hududida yashovchi, Prokuratura organlari xodimlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar va ularning tengdoshlari uchun Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida ham tadbirlar tashkil qilindi.

Markaz binosiga kirish qismida Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazining kitoblar koʻrgazmasi hamda turli maktablar, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida tashkil qilingan toʻgaraklarda oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish qilindi.

Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish va maktabdan tashqari toʻgaraklar orqali tarbiyalash, ularning intellektual va maʼnaviy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Kitobxonlik yoshlarda mustaqil fikrlash, keng dunyoqarashni shakllantirish va maʼnaviy barkamollikka erishishda asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, maktabdan tashqari toʻgaraklar yoshlarning ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini, isteʼdodlarini namoyon qilish uchun zarur sharoitlarni yaratadi.

Soʻngra ishtirokchi yoshlar madaniyat markazining tomoshalar zaliga taklif qilinib, ular uchun vatanparvarlik ruhidagi kontsert dasturi namoyish qilindi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi madaniy tadbirlar, ayniqsa yoshlar uchun tashkil etiladigan kontsertlar, milliy gʻurur va vatanparvarlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, balki ularni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Yosh estrada yulduzlari va havaskorlar ishtirokida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik, tinchlik va totuvlik, yurtga sadoqat va muhabbat tuygʻulari tarannum etildi.

Inson kamolotida jismoniy tarbiya sportning ham oʻrni alohida. Ayniqsa, sport bilan shugʻullangan yoshlar nafaqat jismonan sogʻlom, balki irodali, oʻziga ishonchi baland boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, jamiyatning turli sohalarida ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga zamin yaratadi. Shu maqsadda turli musobaqalar, sport tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Prokuratura organlari xodimlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar va sektor hududidagi uyushmagan yoshlar ishtirokida tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilgan kurash musobaqasi murosasiz bellashuvlarga boy boʻldi.

Bu kabi sport musobaqalari va tadbirlar yoshlarni faollikka undab, ularni ijtimoiy faollikka chaqiradi. Tuman prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil qilingan kurash musobaqalarida bir necha vazn toifalari boʻyicha oʻgʻil va qiz bolalarning kuch va chaqqonliklari sinovdan oʻtkazildi.  

Bu kabi sport tadbirlari yoshlarni jinoyatchilikdan uzoqlashtirishda, ularning maʼnaviy kamolotida muhim rol oʻynaydi. Bunday tadbirlar yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin hozirlashga ham xizmat qiladi. Musobaqa soʻngida gʻoliblarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari, diplom va medallar topshirildi.

Prokuratura organlari xizmatchilariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar uchun Amudaryo tumani Prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirlar tumandagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham davom etdi.

Bu yerda ham tuman Axborot-kutubxona markazining kitoblar koʻrgazmasi hamda 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tashkil qilingan toʻgaraklarning faol aʼzolari tomonidan tayyorlangan qoʻl mehnati mahsulotlari koʻrgazmasi namoyish qilindi. Toʻquvchilik, tikuvchilik, rassomlik, duradgorlik toʻgaraklarining aʼzolari tomonidan tayyorlangan sanʼat asarlari, kashtalar, quroqlar, uy-roʻzgʻor buyumlari ishtirokchilarda qiziqish uygʻotdi va yoshlarni ham kasb-hunar egallashga chorladi.

Soʻngra maktabning tantanalar zalida kontsert dasturi tashkil qilindi. Aytish joizki, musiqa inson ruhiyatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi va bu taʼsir turli tadqiqotlarda koʻp marta isbotlangan. Musiqa terapiyasi, masalan, stressni kamaytirish, kayfiyatni yaxshilash va hatto jismoniy ogʻriqlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi.

Yoshlarning ruhiy va maʼnaviy rivojlanishida musiqa va sanʼatning oʻrni beqiyosdir. Musiqa, rassomlik, adabiyot va boshqa sanʼatning boshqa turlari yoshlarga oʻzlarini ifoda etish va ijodiy fikrlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Amudaryo tumani Prokuraturasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil qilingan ushbu tadbirlar unda ishtirok etgan yoshlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026