15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:48
Jamiyat 👁 232

Qurilish obʼektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik-tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Qurilish obʼektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik-tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 2-may kuni Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning Qoramon mahallasi hududida yangidan qad koʻtarayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida boʻlib, qurilish obʼektida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik tushuntirish ishlarini olib bordi.

Pudratchi tashkilot – “Mangʻit Invest maksimum” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilari bilan oʻtkazilgan profilaktik-tushuntirish ishlari davomida qurilish obʼekti binolari oraligʻida yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishi uchun sharoitlar yaratish, yongʻinga qarshi suv xavzalarini meʼyor talablar asosida qurish, obʼekt hududida evakuatsiya yoʻllarining sozligiga, sunʼiy toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilmaganligiga eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Ushbu profilaktik tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad qurilish maydonida va kelgusida obʼekt foydalanishga topshirilganidan keyin maktabgacha taʼlim tashkilotida ham favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashdir.

Aytish joizki, qurilish maydonlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishchilarning hayoti va sogʻligini himoya qilishning muhim shartlaridan biridir. Buning uchun qurilish kompaniyalari va ish beruvchilar oʻz xodimlarini tegishli xavfsizlik standartlari va amaliyotlari bilan tanishtirishi, shuningdek, ularga zarur xavfsizlik asbob-uskunalarini taqdim etishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va shaharsozlik normalarida qurilish maydonlarida xavfsizlik choralarini koʻrish boʻyicha aniq koʻrsatmalar belgilab qoʻyilgan. Masalan, yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida qurilish maydonlarida yongʻinga qarshi kurashish vositalari mavjud boʻlishi, shuningdek, ishchilar yongʻin xavfsizligi boʻyicha tegishli nazariy va amaliy mashgʻulotlardan oʻtgan boʻlishlari kerak.

Bundan tashqari, qurilish maydonlarida muntazam ravishda xavfsizlik tekshiruvlari oʻtkazilib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi kuzatib borilishi zarur. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda tezkor choralar koʻrish uchun maxsus rejalar ishlab chiqilishi va barcha ishchilar mazkur rejalar bilan tanishtirilishi lozim.

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari taʼkidlaganlaridek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda respublikamiz hududida joylashgan baʼzi yirik qurilish obʼektlarda yongʻinlar sodir boʻlayotgani, ushbu yongʻinlar natijasida fuqarolar, yuridik shaxslar hamda davlat va jamoatchilikning mol-mulkiga zarar yetib,  ayrim holatlarda inson oʻlimi kabi noxush holatlar sodir boʻlayotgani koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Shu sababli ham tuman hududidagi davlat buyurtmasi asosida, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan yirik qurilish obʼektlarida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari ishtirokida bu kabi profilaktik tushuntirish ishlari belgilangan jadval asosida muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan “Mangʻit invest maksimum” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilariga texnika xavfsizligiga rioya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Ayniqsa, ishchilar elektr tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish, obʼekt hududida suyultirilgan gaz balonidan foydalanmaslik boʻyicha ogohlantirildi. Jamiyat rahbariyatiga esa yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha ogʻzaka takliflar berildi.

B.Allabergenov, tuman FVB katta inspektori, kapitan

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019