30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:08
Jamiyat 👁 3,358

EKOLOGIYa HUQUQI VA EKOLOGIK QONUNChILIK

EKOLOGIYa HUQUQI VA EKOLOGIK QONUNChILIK

Ekologik huquq va ekologiya qonunchiligining takomillashishi mamlakatimizda ekologik siyosatning yanada rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiiy resurslar davlat muhofazasida ekanligi kafolatlandi, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish majburiyati belgilab qoʻyildi. Bu esa ekologik qonunchilikning yanada rivojlanishi uchun asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Ekologik qonunchilik iqtisodiyot va ekologiyaning oʻzaro bogʻliqligini yuzaga chiqaradi. Aynan shu talabdan kelib chiqib Konstitutsiyada mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va tasarruf etishi mustahkamlab qoʻyilgan. Shu bilan birga mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxl qilmasligi shart.

Respublikamizda atrofmuhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni taʼminlashga doir 20 dan ortiq qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. "Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi, "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, "Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi, "Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi va boshqa Qonunlar, Kodekslar hamda qonunosti hujjatlar shular jumlasidandir. Ushbu Qonun hujjatlari ekologiya sohasini tartibga solishning oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi muhim tamoyillarni oʻz ichiga olgan.

Davlatimiz rahbarining Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ilgari surilgan taklifi asosida atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish maqsadida 2013 yil 28-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, ekologiya sohasida qabul qilingan qonunlar atrof-muhitni muhofaza etishda barcha boshqaruv tizimlarining toʻlaqonli faoliyati va keng jamoatchilik ishtirokini nazarda tutadi.

Shu bois, ushbu Qonun loyihasida atrof-muhit ifloslantirilishining oldini olish, fuqarolar hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatish, ularning oldini olish, ekologik nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini mukammallashtirish oʻz ifodasini topdi. Qolaversa, unda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish koʻlamini kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining atrof-muhit muhofazasiga oid davlat dasturlarini bajarishdagi ishtirokini taʼminlash kabi maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, ushbu hujjatda atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga doir qonunchilik talablarini buzganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va boshqa muassasalarning tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarishga ekologik toza, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalar joriy etilishini nazorat qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilandi.

Yer, suv, havo, oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlash, eʼzozlash nafaqat milliy, balki umumbashariy ahamiyatga molik masaladir. "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi mamalakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarning ekologik xavfsizlikni taʼminlashdagi ishtirokini kuchaytirish bilan birga ularning bu boradagi masʼuliyatini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning ekologik qonunchiligi atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash, har bir fuqaroga qulay tabiiy sharoitlarda yashash va ishlash imkoniyatini yaratish kabi ezgu maqsadlarga yoʻnaltirilgan.

Zulxumor Boltaboyeva, tuman

FHDYo boʻlimi inspektori.

 
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026