30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:47
Jamiyat 👁 322

Toʻlqin ovulida marhum sportchi Furqat Rajapov xotirasiga bagʻishlab boks boʻyicha ochiq birinchilik oʻtkazildi

Toʻlqin ovulida marhum sportchi Furqat Rajapov xotirasiga bagʻishlab boks boʻyicha ochiq birinchilik oʻtkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda keng nishonlanib, sana munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan qahramonlar xotirasi yodga olinadi, oramizda yurgan faxriylar va nuroniylarga yanada chuqur eʼzoz-ehtirom koʻrsatiladi. Nafaqat urushda, balki yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilib, bu yorugʻ dunyoni barvaqt tark etgan vatandoshlarimiz xotirasi ham ushbu sana sababli yana bir marta yod etiladi.

Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida shu ovulning bir guruh faollari – boks murabbiylari Azimjon Muxtorov, Nizomaddin Qipchaqbayevlar hamda mahalla faoli Abay Sagʻinbayev tashabbusi bilan ham ana shunday xayrli tadbir tashkil qilindi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 9, 10 va 11-may kunlari oʻtkazilgan, bir qancha Xalqaro musobaqalar, uch karra Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempioni boʻlgan marhum Rajapov Furqat Gulmirzayevich xotirasiga bagʻishlangan boks musobaqalari yuzlab yoshlarni qamrab oldi. Musobaqaga marhum Furqat Rajapovning ota-onasi va yaqin qarindoshlari hamda ushbu hududda yashovchi sportsevar yoshlar, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Amudaryo tumani sport maktabi direktori Chorsham Tajimuratov va boshqalar soʻzga chiqib, Furqat Rajapovning yorqin xotirasini yodga oldilar va uning erishgan muvaffaqiyatlari, tayyorlagan shogirdlari va tumanimizda sport, xususan boks rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻzladilar.

Musobaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Taxiyatosh, Chimboy tumanlari hamda Nukus shahridan, Xorazm viloyatining Gurlan va Xiva tumanlaridan jami 150 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etib, 20ta vazn toifasida oʻzaro kuch sinashdilar.

Aytish joizki, yoshlarni sportga jalb qilish ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash, shuningdek sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va bu boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda. Bu dasturlar asosida tashkil qilinayotgan tadbirlar yoshlarni sport bilan faol ravishda shugʻullanishga ragʻbatlantiradi. Shuningdek, mazkur dasturlar ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish, sport inshootlarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash va imkoniyati cheklangan yoshlar uchun sport infratuzilmasini yaratish kabi muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, mahallalarda jamoatchilik faollari tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan turli sport tadbirlari ham yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni sportga oshno qilish, turli yot gʻoya va illatlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etib, kelajagimiz egalarining barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlariga puxta zamin hozirlamoqda.

Doʻstlik uchrashuvi deya eʼtirof etilgan ushbu musobaqlar yakuniga koʻra amudaryolik, xususan Toʻlqin ovullik bokschilar umumiy hisobda 1-oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bu kabi sport tadbirlari, musobaqalar nafaqat yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda jismoniy salomatliklarini mustahkamlashda, balki ijtimoiy faolligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaaversa, bu mahallalarda sportni ommalashtirish va yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026