15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 02:42
Jamiyat 👁 304

“Nazarxon” paxta qabul qilish maskanida amaliy-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

“Nazarxon” paxta qabul qilish maskanida amaliy-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

Yongʻin xavfsizligi mashqlari va mashgʻulotlari, ayniqsa paxta qabul qilish kabi muhim infrastruktura obʼektlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha shaxsiy tarkibning malakasini oshirish va ularning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash uchun juda muhimdir. Bu kabi mashqlar yongʻin sodir boʻlganda tezkor va samarali harakat qilish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Shu sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ish-rejaga muvofiq “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qarashli “Nazarxon” paxta qabul qilish maskanida amaliy-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda boʻlimning 4-kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi tomonidan tashkil qilingan ushbu amaliy-taktik oʻquv mashqidan koʻzlangan asosiy maqsad – paxta qabul qilish maskanlaridagi buntlarda yongʻin sodir boʻlganda shaxsiy tarkibning jangovor yoyilishlari va harakatlarini koʻzdan kechirish, mavjud kuch va vositalardan toʻgʻri foydalanishlarini yana bir marta sinovdan oʻtkazishdir.

Aytish joizki, mamlakatimizda paxta qabul qilish maskanlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, aholi va ishchilarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, shuningdek, muhim iqtisodiy resurslarni saqlash borasida zarur tavsiyalar ishlab chiqilib, masʼullarga tegishli majburiyatlar yuklangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-sonli qarorida yongʻin xavfsizligi qoidalari va talablari belgilab qoʻyilgan. Ushbu qarorda bu kabi maskanlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun yongʻinga qarshi asbob-uskunalarning mavjudligi, xodimlarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha tayyorgarligi va tegishli yongʻin-texnik komissiyalarning faoliyat yuritishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, yongʻin xavfsizligi standartlariga rioya qilinishi, oʻt oʻchirish vositalarining muntazam ravishda tekshirilishi va yangilanishi xavfsiz ish muhitini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Paxta qabul qilish maskanlari nafaqat mavsumga tayyorlanish jarayonida, balki yil davomida paxtani saqlash jarayonida ham yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari alohida eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan obʼektlar sirasiga kiradi. Shu sababli maskanlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinadi va bu borada davlat tomonidan belgilangan standartlarga amal qilish talab etiladi.

Ushbu  amaliy-taktik oʻquv mashqi yongʻin oʻchirish ekipajlarining jangovar tayyorgarligini sinovdan oʻtkazish uchun ham ajoyib imkoniyat boʻldi. Bu jarayonda yongʻin oʻchirish ekipajlari oʻz vaqtida yetib kelish va yongʻinni bartaraf etish boʻyicha oʻzlarining mahoratini namoyish etdilar.

Mashq davomida maskan xodimlari tomonidan shartli yongʻinning butun maskan boʻylab tarqalishining oldini olish uchun ichki yongʻin oʻchirish moslamalaridan foydalanildi, bu esa yongʻin oʻchirish ekipajlarining kelishiga qadar vaziyatni nazorat qilishga yordam berdi.

Shuningdek, mashqlar davomida yongʻin oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv zaxirasini taʼminlash maqsadida Nazarxon paxta qabul qilish maskanida mavjud boʻlgan ikkita yongʻinga qarshi suv saqlash xovuzlari ham koʻzdan kechirildi.

Amaliy-taktik oʻquv mashqida tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman gaz taʼminoti korxonasi, “Tez tibbiy yordam” va Ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorlikda faol ishtirok etdi.

Amaliy oʻquv mashqi yakunida oʻquv mashqi rahbari Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, kapitan Sherzod Tursinboyev tomonidan ishtirokchilarga, jumladan maskan xodimlariga mashq davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatilib, kelgusi mashqlarda ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi. Bu kabi mashqlar, yongʻin xavfsizligi boʻyicha shaxsiy tarkibning malakasini oshirish hamda ularning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim vosita boʻldi.

Rashid Kazakov, Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019