14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:02
Sport 👁 383

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun oʻtkazilgan oʻyinlar gʻoliblari munosib taqdirlandi

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun oʻtkazilgan oʻyinlar gʻoliblari munosib taqdirlandi

Aholi salomatligi, ayniqsa, yoshlarning kuch va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi oʻyinlarining Amudaryo tumani bosqichi yakunlandi. Joriy yilning 1-iyun kuni tuman Xotira maydonida mazkur musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, Davlat xavsizlik xizmati tuman boʻlimi masʼullari, hokim oʻrinbosarlari, soha masʼullari hamda sportchi yoshlar ishtirok etdi. Mehmonlar qizil yoʻlak boʻylab yurib kelar ekan, yoshlar bilan doʻstona salomlashib, koʻtarinki kayfiyat tilashdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

 Shundan keyin tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, sportchi yoshlarni gʻoliblik bilan tantanavor tabrikladi. Tabrik nutqida takidlanganidek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar chekka-chekka hududlardagi yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini amalga oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Oʻz navbatida, mazkur imkoniyatlar va eʼtibordan samarali foydalangan yoshlarimiz salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritayotgani alohida eʼtirof etildi.

Jumladan, 2023-yilda sportning mini futbol turi boʻyicha Xolimbeg ovulining qizlar jamoasi davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etgan edi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov va tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoliddin Yusupov musobaqaning keyingi bosqichlarida tumanimizning obrosini munosib himoya qilishlarini soʻrab, sportchi yoshlarga omad va zafarlar tilashdi.

Shundan keyin tur va yoʻnalishlar boʻyicha musobaqa gʻoliblari, faol ishtirokchilar hamda murabbiylar navbat bilan sahnaga taklif etildi.

Futbol – millionlar oʻyini. Bolaligida maydonlarda top tepib, “futbol yulduzlari”ga havas qilmagan bola kam boʻlsa kerak. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra futbol boʻyicha 1-oʻrinni egallagan Toʻlqin ovuli jamoasi, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Besh ovul mahallasi jamoasi hamda 3-oʻringa loyiq deb topilgan Kuyuk koʻpir ovuli jamoasining har bir aʼzosi medallar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Soʻngi yillarda tumanimizda tashkilotlar va tadbirkorlar tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilgan mini futbol maydonchalari yoshlarning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishiga imkoniyat yaratmoqda. Natijada tumanimizda bu sport turi ancha rivojlanmoqda. Bu yilgi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining har qachongidan ham murosasiz toʻqnashuvlarga boy boʻlgani fikrimizning isbotidir. Oʻyinlar yakuniga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha 1-oʻrinni Boʻston mahallasi jamoasi, 2-oʻrinni bilan Qizilcholi mahallasi jamoasi va 3-oʻrinni Beruniy mahallasi jamoasi egalladi. Jamoa aʼzolari tegishli ravishda oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlandi.

Tumanimizda sportning mini futbol turi bilan nafaqat yigitlar, balki qizlar ham faol shugʻullanishadi. Sportchi qizlarimizning yutuqlari respublika miqyosida eʼtirof etilgan. Qizlar oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha 1-oʻrin Xolimbeg ovuli jamoasiga, 2-oʻrin Oq oltin ovuli va 3-oʻrin Namuna mahallasining qizlariga nasib qildi.

1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Gʻolib jamoalarga Davlat xavfsizlik xizmati kubogi va medallar tantanovar ravishda topshirildi. Shuningdek, barcha sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbir sanʼatkorlar ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi. Navqiron yoshlik va yurt madhi tarannum etilgan shoʻx qoʻshiqlardan zavqlangan yoshlar gʻalabani koʻtarinki ruhda nishonladilar.

Fursatdan foydalanib, biz ham musobaqa gʻoliblariga keyingi bosqichlarda omad tilab, tumanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz!

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019