30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:57
Jamiyat 👁 353

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga uy-joy berildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga uy-joy berildi

Joriy yilning 15-iyun sanasida Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy-rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyevlar, boʻlim masʼul xodimlari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning har tomonlama oʻsib-rivojlanishi uchun berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritdilar hamda yoshlarga uy-joylar kalitlarini topshirdilar.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan tizimli ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjat yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni turar joylar bilan taʼminlash, oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida imzolangan boʻlib, unda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Qaror bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joy bilan taʼminlanish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan. Shuningdek, oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda esa 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida Amudaryo tumanida yashovchi 3 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yashashi uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan, yaʼni taʼmirlangan va jihozlangan, oshxona anjomlari, gaz plita, karavot, televizor, muzlatgich, stol-stul kabi sharoitlar bilan taʼminlangan uy-joylar berildi.

Tadbirda qayd etilganidek, nizom talablariga koʻra yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish huquqisiz ajratiladi. Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va nizomda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

Aytish joizki, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar kelajak egalari boʻlgan yosh avlod vakillarinining hayotda va jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga, kamol topib rivojlanishiga, Vatanga foydasi tegadigan inson boʻlib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026