14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:50
Jamiyat 👁 417

Farhod Kamolov: uni hamma taniydi

Farhod Kamolov: uni hamma taniydi

Mangʻitlik (Alloh rahmat qilsin) Ismoil ota Kamolov va Valentina Petrovna Kuznetsovalar oilasini nafaqat tumanda, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasida, mamlakatimizning turli hududlarida alohida hurmat-ehtirom bilan tilga oluvchilar koʻp. Chunki umr boʻyi avtogaraj mudiri boʻlib ishlagan Ismoil ota Kamolov hamda oʻzining butun ongli hayotini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan Valentina Pet­rovna Kuznetsovalar birgalikda yaratgan oila goʻshasidagi oʻziga xos milliy-maʼnaviy tarbiya muhiti, qolaversa, Ismoil ota bilan Valya opaning (uni amudaryoliklar oʻzlariga yaqin olib shunday atashadi) mahalla-koʻyda, oʻzlari ishlagan mehnat jamoalarida tutgan oʻrni va obroʻ-eʼtibori bu baynalmilal oilani xuddi qon-qarindoshlarday xalq mehr-muhabbatiga sazovor etgan, oilada voyaga yetgan farzandlar ham ana shu mehr taftini his etib ulgʻayishdi.

Xalqimiz oilani teran ildizli daraxtga oʻxshatishadi. Bu oʻxshatishda oʻziga xos ramziy maʼno bor. Chunki zamini unumdor boʻlgan hududda ungan daraxtning ildizi mus­tahkam, shoxlari teran va bar­avj boʻladi. Ismoil ota bilan Valya opa oilasi, agar taʼbir joiz boʻlsa, ana shunday ildizi mustahkam, shoxlari teran, sermeva daraxtday Amu eliga ildiz qoʻydilar, biri-biridan aqlli, bilimdon farzand­larni tarbiyalab, voyaga yetkazdilar. Farhod Kamolov ana shunday mehr-oqibat qulf urgan maʼnaviyatli oilada tugʻilib-oʻsdi.

Insonning shaxs sifatida shakl­lanishida ona mehri va tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaraganda, kasbi oʻqituvchi boʻlgan Valentina Petrovna har bir farzandining xulq-atvori va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga alohida mehr bilan tarbiya berdi. Maishiy va radiotexnika vositalari bilan shugʻullanish Farhod Kamolovning sevimli mashgʻuloti edi.

Shu bois, Farhod umumtaʼlim maktabini tugatib, 1976-yilda Fargʻona shahridagi maishiy xizmat koʻrsatish texnikumining radiotexnika boʻlimiga oʻqishga kirganida ota-ona­si, ayniqsa, Valentina Petrovna chin dildan quvonishdi. Ota-onasining duosini olib, orzulari yoʻlida taʼlim olishga kirishgan Farhod Kamolov 1979-yilda mazkur bilim dargohini muvaffaqiyatli tamomladi.

1979-1981-yillarda harbiy xizmat burchini ado etgach, ilk mehnat faoliyatini 1981-yilda Mangʻit shahrida yagona boʻlgan “Zangori ekran” ustaxonasida ishlashdan boshladi.

Hamma davrlarda ham malakali mutaxassislar qadrlangan. Farhod Kamolov ham oʻz sohasining mohir ustasi va bilimdoni edi. Shu bois, uni 1982-yilda Nukus Radio-televideniye uzatish markazining Mangʻit Radio-televizion stantsiyasi boʻlimiga elektromexanik vazifasiga ishga qabul qilishdi.

Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan radio va televideniye tarmogʻiga soha yangilik­larini joriy etish, Mangʻit radio-televizion stantsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiya­tini oshirish davr taqozosi edi. 1989-yilda Farhod Kamolovni Mangʻit Radio-televizion stantsiyasi rahbarligi lavozimiga tayinlashgach, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlish orzusi uni Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga yetakladi va 1991-1997-yillarda mazkur oliygohda aloqa muhandisi yoʻnalishida tahsil oldi.

Farhod Kamolov Mangʻit RTSga ilk rahbarlik qilgan paytda stantsiyaning oʻz binosi yoʻq, moddiy texnika vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi nihoyatda past edi. Mangʻit RTS 1989-yilda oʻsha vaqtdagi sobiq qishloq xoʻjalik kasb-hunar texnika bilim yurti (SSPTU–75) ning yotoqxona binosida joylashgandi. Shu bois, aholiga radio va televideniye dasturlarini sifatli ravishda uzatish imkoni kam, radio-televizion efirlar vaqtida baʼzan uzilishlar ham boʻlib turardi. Ana shunday paytlarda Farhod Kamolov vaqt bilan hisoblashmay ishlar, baʼzan tonggacha RTSda qolib ketardi.

– Qiyin vaziyatlar koʻp boʻlardi, – eslaydi u. – Efirlardagi qisqa uzilishlar, sifatsiz efir toʻlqinlari tufayli ayrim yurtdoshlarimiz RTSga qoʻngʻiroq qilishib, koʻngilga ogʻir botadigan gaplarni ham aytishardilar. Xafa boʻlish xayolimga ham kelmasdi, jimgina efirni toʻgʻrilashga urinardim.

Insonni hayotdagi, ishdagi muammolar charchatib, yuz-koʻzlariga keksalik muhrini bosadi. Agar oila muhiti sogʻlom, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻulari ustuvor boʻlsa, bunday muhit har qanday muammo va charchoqdan odamni forigʻ qiladi. Bu jihatdan Farhod Kamolovning omadi chopgan. Umr yoʻldoshi Maqsudaxon aya Polvonova umrining har lahzasida unga mehribon doʻst va hamdam. To pensiyaga chiqquniga qadar qaynonasi kabi oʻqituvchilik kasbini ardoqlab, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼullik hissi bilan yashab, mehnat qilgan, sharafli kasbi tufayli yuzlab yoshlarning sevimli ustozi darajasiga yetgan Maqsudaxon aya Polvonova mahalla-koʻyda ham, oilasida ham hurmat-ehtiromga munosib onaxon. Farhod Kamolov bilan ahil va elda ibratli oilasida 5 nafar farzandni oʻqimishli, kasb-korli qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdi. Farzandlarining biri ota kasbini egallab, harbiy aloqachi sifatida faoliyat yuritsa, yana biri buvijoni va onasi kabi oʻqituvchi, boshqalari tibbiyot xodimi, MTT tarbiyachisi.

1992-yilda 36-sonli maktab yaqinida Mangʻit RTS uchun yangi bino qurilganida Farhod Kamolov xuddi oʻz oilasi uchun imorat qurilganday quvondi. Oʻshanda RTSning yangi binoga koʻchirilishini butun oila aʼzolari, doʻstlari bilan nishonlashgan. Quvonmay boʻladimi? Yangi binodan soʻng, 1993-yilda balandligi 50 metrlik antenna ham oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Hayotidagi, ish faoliyatidagi har bir yangilik va oʻzgarishda Maqsudaxon ayaning, farzand­larining, jondan aziz onajoni Valentina Petrovnaning hissasi, mehrini chin dildan his etgan Farhod Kamolov oilasidan hamisha koʻngli toʻq, umr yoʻldoshi, farzandlariga ishonchi baland. Shundanmi, u xizmat safarlariga ham xotirjam borib, oʻz sohasi boʻyicha doimiy oʻqib-izlanishni aslo kanda qilmadi.

2006-yilga kelib butun Oʻzbekis­ton aholisini radio-teledas­turlar bilan 100 foiz sunʼiy yoʻldosh orqali qamrab olishga qaratilgan Xitoy davlati bilan hamkorlikdagi loyiha ishga tushirildi. Loyihaning ishga tushirilishi qanchalik muhim ahamiyatga ega boʻlmasin, uni amaliyotga izchil joriy etishda jiddiy muammolar ham yoʻq emasdi. Buning uchun malakali mutaxassislar tomonidan keng qamrovli taʼlimiy tavsiya berilishi, Xitoy uskunalarini oʻrnatish va amaliyotda qoʻllash ishlarini soha boʻyicha koʻrgazmali usulda mutaxassislarga namoyish qilish, bundan ham muhimi, keltirilgan asbob-us­kunalarni bexato oʻrnatish zarur edi. Shu maqsadda Farhod Kamolovni Xitoy davlatining Shanxay shahriga, malaka oshirishga yuborishdi. U malaka oshirib qaytgach, Qoraqalpogʻiston Respublikasining bir qancha tu­man­larida mazkur loyihani amalga oshirishda soha mutaxassislariga amaliy yordam koʻrsatdi.

Xonadonlarimizda bizni zeriktirmay, hayot quvonchlari va tashvishlaridan, dunyo yangilik­laridan xabardor etib, maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi suhbatlar orqali muhim tarbiya­viy taʼsir oʻtkazuvchi televideniye koʻrsatuvlarini bamaylixotir tomosha qilib, radio efir toʻlqinlaridan taralayotgan musiqiy ohanglarni zavqlanib tinglash har birimiz uchun odatiy holga aylangan. Televizorning pultini shunchaki qoʻlimizga olib, xohlagan tugmachasini bosib qoʻysak bas, telekanallar ham, radio eshittirishlar ham bir zumda koʻz oldimizda namoyon boʻladi. Lekin ana shu qulaylikni bizga taqdim etayotgan insonlarning tun-u kun betinim qilayotgan fidoyi mehnatlari haqida, toʻgʻrisi, oʻylab ham koʻrmaymiz. Farhod Kamolov Oʻzbekistondagi yuzlab ana shunday fidoyilardan biri.

— Agar oila aʼzolarim, Maqsudaxon opangiz, onam va farzand­larim meni qoʻllab-quvvatlab turmaganlarida butun hayotim va mehrimni sevimli kasbimga bagʻishlab ishlay olmasdim, barchasi uchun oilamdan minnatdorman, — deydi u mamnuniyat bilan.

Farhod Kamolov xorijiy safarlarga chiqqan paytlarida farzandlarining taʼlim-tarbiyasi yolgʻiz Maqsudaxon ayaga qolib ketar, buni umr yoʻldoshi ogʻrinmay ado etardi. Ayniqsa, bolalarining taʼminoti masalasida qanchalik qiynalmasin, barchasini aql-farosat, sabr-qanoat bilan yengib oʻtishga odatlangan Maqsudaxon aya umr yoʻldoshini xorijiy safarlarga kulib kuzatib, mamnuniyat bilan kutib olardi.

2016-yilda mamlakatimizdagi barcha RTSlarga raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari boshlandi. Bu safar RTSlarga Yaponiyada ishlab chiqarilgan uskunalar oʻrnatiladigan boʻldi. Endi soha mutaxassislari oldida yangi Yaponiya texnologiyalarini ishlab chiqarish va taʼmirlash jarayoni bilan tanishish hamda ularni amaliyotda qoʻllash boʻyi­cha koʻnikmaga ega boʻlish muammosi turardi. Yana Farhod Kamolov oila tashvishlarini ayoliga qoldirib, bir qancha vaqt Yaponiyaning Fukusima shahridagi oʻtkazgichlar ishlab chiqaradigan zavodda ishlab, malaka oshirib qaytdi va oʻzlashtirgan bilim hamda koʻnikmalarini sohaga muvaffaqiyatli tatbiq etdi.

U 32-yil davomida Mangʻit RTSga rahbarlik qildi. Tarixan qisqa, lekin mazmunan zalvorli bu yillar Farhod Kamolov zimmasiga xalqni sifatli axborot bilan taʼminlash, ular hayotiga tobora oʻzgarib, takomillashib borayotgan dunyo yangiliklarini shaffof holatda olib kirish, radio-teleefirlar sifatini yaxshilashdek masʼu­liyatli vazifani yukladi. Fidoyi va mashaqqatli mehnat, uyqusiz tunlar, oʻqish va izlanishlar, ketma-ket xorijiy safarlar zahmati ortidan bu vazifalar ham bekamu koʻst ado etildi.

Farhod Kamolov ayni paytda nafaqada, 13 nafar nabiraning sevimli bobosi. Maqsudaxon opa bilan onajoni, mangʻitliklarning ardoqli ustozi, koʻplab shogirdlarning moʻʼtabar Valya opasi — Valentina Petrovnaning duolarini olib, keksalik gashtini surmoqda. Ayni paytda umrining 65 bahorini qarshilagan Farhod Kamolovning xalqimizni sifatli axborot bilan taʼminlashdek xayrli ishga qoʻshgan mashaqqatli va kamtarin xizmatlarini biz — OAV sohasi xodimlari yuksak qadrlaymiz va bu fidoyi insonga yanada uzoq, sermazmun umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019