30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Jamiyat 👁 282

Yoshlar kuni munosabati bilan tumanimizda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta bayram tadbiri oʻtkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan tumanimizda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta bayram tadbiri oʻtkazildi

Yoshlik – tuganmas shijoat, aniq maqsadlar yoʻlida tinimsiz mehnat, mashaqqatlar va muvaffaqiyatlar fasli. Katta avlodning orzu-havaslari, ushalmagan niyatlari kuch-gʻayratga toʻla navqiron avlodning muvaffaqiyat yoʻlidagi dadil harakatlarida namoyon boʻladi goʻyo... Yoshlik hech qachon magʻlubiyatni tan olmaydi. Shuning uchun Yoshlik hamisha gʻoliblikka munosib.

Mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, Amudaryo tumanida ham 30-iyun – Yoshlar kuni zoʻr tantanalar bilan nishonlandi. Sana munosabati bilan Doʻstlik mahallasida joylashgan bolalar va oʻsmirlar markaziy oʻyingohida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bayram dasturi yoshlarga koʻtarinki kayfiyat va unutilmas quvonchli lahzalarni baxsh etdi.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, sohaga masʼul mutasaddilar va tumanimiz yoshlari ishtirok etishdi.

Tabdir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Navqiron avlod vakillari qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, yurt madhini joʻr boʻlib kuylashdi.

Shundan keyin tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, yoshlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi oʻzining tabrik nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi yaratilganligi, ijtimoiy faol, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik tuygʻulari bilan yashayotgan yosh avlodning safi yildan-yilga tobora kengayib borayotganini taʼkidlab, yurtimizda yoshlarga yaratilgan zarur sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan tumanimiz faxrli yoshlarining yutuqlarini alohida eʼtirof etib oʻtdi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun Oʻzbekiston yoshlar mamlakati sifatida eʼtirof etiladi. Bundan yetti yil muqaddam – 2017-yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi. Joriy yilning yurtimizda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” sifatida belgilanishi ham Oʻzbekiston yoshlari hayotida yangi sahifalarni ochdi.

Bugun hayotimizning qaysi soha va tarmogʻini olmaylik, yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik asosiy oʻringa koʻtarilib, ularga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Keyingi paytlarda hayotga tatbiq etilgan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturi” doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida koʻplab yoshlarning hayotidagi muammolari hal qilinishiga erishilmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mamlakat miqyosida oʻtkazilayotgan musobaqa va tanlovlarda tumanimiz yoshlarining erishgan yutuqlari bayram uchun munosib sovgʻa boʻldi. Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida futbol boʻyicha Toʻlqin ovuli yigitlari jamoasi, mini futbol boʻyicha esa Xolimbeg ovuli qizlari jamoasi gʻolib chiqib, mamlakat miqyosidagi bosqichga yoʻllanma olgani amudaryolik sport ixlosmandlariga katta tuhfa boʻldi. Bundan tashqari, bayram arafasida amudaryolik Abbos Yoʻldoshevga shaxsan Prezidentimiz tomonidan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti topshirilgani barchamizni xushnud etdi.

Kontsert dasturida tumanimizning taniqli estrada yulduzlari ijrosida yangragan shoʻx qoʻshiqlar yoshlarni zavqlantirib, raqsga chorladi. Sanʼantkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlarda yoshlik, ona Vatan, doʻstlik, muhabbat tuygʻulari tarannum etildi. Ayniqsa, istedodli yosh estrada yulduzi Boburbek Arabboyev ijro qilgan shoʻx qoʻshiqlar yoshlar davrasini yanada jonlantirdi.

Fursatdan foydalanib, biz ham tumanimizning barcha yoshlarini 30-iyun – Yoshlar kuni bilan yana bir bor muborakbod etamiz. Oʻzbekiston yoshlarini Vatan ravnaqi uchun munosib xizmat qilishlarida kuch-gʻayrat va shijoat hech qachon tark etmasin!

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026