30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 03:13
Jamiyat 👁 307

Yaqin yillar ichida tumanda isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi keskin yaxshilanadi

Yaqin yillar ichida tumanda isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi keskin yaxshilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida mazkur bank kredit mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash koʻzda tutilgan.

Qarorga asosan Amudaryo tumanidagi quvvati sutkasiga 40 ming kubometr boʻlgan “Mangʻit” suv tozalash inshootini yangidan qurish rejalashtirilgan. Joriy yil 5-iyunda “Obi hayot injiniring” MChJ va “Uy-jay Qurilis” MChJ bilan 12,98 mln dollarlik shartnoma imzolandi. Bugungi kunda ushbu shartnomaga asosan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish tashkilot tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 25,6 mln dollar mablagʻ hisobidan “Amudaryo tumanining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida 68,5 km uzunlikdagi aholiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi magistral suv tarmoqlari va 289,2 km ichki ichimlik suvi tarmoqlari, shuningdek 3ta ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish belgilangan. Jumladan, “Mangʻit” suv tozalash inshootidan “RU-1” suv inshootiga 22,6 km, “RU-1” suv inshootidan “Kuyuk koʻpir” suv taqsimlash inshootigacha 11,4 km, “Kuyuk koʻpir” suv inshootidan “Yarimchi” suv taqsimlash inshootigacha 6,4 km, Qizil choli aholi punktidagi suv inshootigacha 5,4 km, “RU-1” inshootidan “Qilichboy” suv taqsimlash inshootigacha 17,3 km, “Kuyuk koʻpir” suv inshootidan “Jumur ovul” aholi punktigacha 5,36 km masofadagi aholiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi suv tarmoqlarini qurish ishlari ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, Mangʻit shahriga 107 km va Yuqori Tubulgʻa, Qoramon, Ozodlik, Birlashgan, Oʻrta qalʼa, Arnaboʻyi, Bujuk koʻl, Xoʻja ovul, Yangi qishloq, Nukus ovul, Seyt ovul, Xitoy, Mulkdor, Eshon ovul, Vaxum, Panasham, Yusuf xoʻja, Qilichboy qishloq aholi punktlariga 182,2 km masofadagi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish ishlarini ham amalga oshirish belgilangan.

Bundan tashqari, “RU-1” va “Qilichboy” suv taqsimlash inshootlarini rekonstruktsiya qilish, “Kuyuk koʻpir” suv taqsimlash inshootini yangidan qurish ishlari ham amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.      

Aholiga toza, sifatli ichimlik suvi yetkazib berish kvartsli qum yordamida filtrlanib, maxsus quvurlar orqali bir nechta murakkab jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Avvalo oddiy, tozalanmagan suv Amudaryodan kanal orqali yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan suv tindirgich, yaʼni suv havzalariga kelib tushadi va maxsus mexanizmlar yordamida quvurlar orqali suvni qabul qilish kamerasiga uzatiladi. Ushbu jarayondan soʻng, mexanik kameraga oʻtkazilib, zarur pigmentlar qoʻshiladi va suv tindirgich havzasida tindiriladi. Tindirilgan suvga xlor bilan ishlov berilib, filtrlash stantsiyasida          quvurlar orqali 3000 kubometrlik zahira omborlariga tushadi. Zahira omborlaridan esa nasoslar orqali soʻrilib, aholi punktlariga, koʻchalarga uzatiladi. Ana shunday murakkab jarayonlar, mashaqqatli mehnatlar evaziga aholi xonadonlariga beminnat yetkazib berilayotgan obi hayot manbai — suvning har bir qatrasidan avaylab-asrab foydalanish har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifamizdir.

Ayni paytda “Mangʻit” suv tozalash inshootini yangidan qurish jarayonlari amalga oshirilayotgan obʼektda 120 nafar malakali mutaxassislar va ishchilar mehnat qilishmoqda. 3ta avtokran, 4ta samosval, 2ta ekskavator, 2ta “MTZ” rusumli transport traktorlari, 2ta buldozer, payvandlash agregatlari va boshqa texnika hamda uskunalar toʻla quvvat bilan ishlatilmoqda.

Ishchi-xizmatchilar uchun maxsus transport vositasi — avtobus ajratilgani, yaratilgan namunali mehnat sharoiti ish unumining oshishini taʼminlamoqda. Umumiy qiymati salkam 12 mln dollarlik mablagʻ hisobiga bunyod etilayotgan mazkur suv tozalash inshootini 2025-yilning noyabr oyida qurib, bitkazish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan boʻlib, shu kungacha 1 mln. 900 ming dollar hajmidagi qurilish ishlari amalga oshirildi.          

Suv tozalash inshooti toʻla quvvat bilan ishga tushirilgach, aholi ehtiyojlari uchun sutkasiga 40 ming kubometr tozalangan ichimlik suvi yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026