30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:35
Jamiyat 👁 306

Mustaqillik bayrami arafasida shahrimiz koʻchalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Mustaqillik bayrami arafasida shahrimiz koʻchalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Ayni kunlarda Amudaryo tumanida eng ulugʻ, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni munosib nishonlash maqsadida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros boʻlib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizning har bir ovul va mahallalarida obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etish hisoblanadi. Shu maʼnoda Mangʻit shahri va shahar atrofidagi mahallalarda, koʻchalarda atrof-muhitni obodonlashtirish, ozodaligini taʼminlash maqsadida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu xayrli ishlarga keng aholi vakillari ham bosh qoʻshgani ish unumini yanada oshirmoqda.

Xususan, Durunki mahallasida tashkil etilgan tadbirlarda mahalla ahli oʻz xonadonlari atrofini tozalash, ariq va yoʻl chetidagi oʻt-chimlarni chopib, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesish kabi ishlarda faol ishtirok etmoqdalar. Aholining faol va samarali mehnatlari sababli xonadonlar oldidagi gulzorlar tozalanib, sarishta qilinmoqda, atrofi yanada fayzli goʻshaga aylantirilmoqda. Oʻzaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirlar natijasida mahalla koʻchalari ozoda, shinam va obod holga keltirilib, koʻrkam qiyofa kasb etmoqda. Atrof-muhitning yanada sarishta, fayzli boʻlganidan nafaqat mahalla ahlining, balki mehmonlarning ham bahri-dili ochilishi tabiiy.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Oybek Begimovga saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarga koʻra, Durunki mahallasining Ahmad Yassaviy koʻchasida tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotidagi kamchiliklar bartaraf etildi. Deputat Oybek Begimov tegishli soha xodimlarini jalb qilgan holda bayram arafasida mahalla hududida bir qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Ahmad Yassaviy koʻchasidagi aholini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi quvurlarga fuqarolar tomonidan nostandart ravishda ulanishlar oqibatida ayrim nosozliklar yuzaga kelgan. Xususan, tayanch ustunlari belgilangan oraliqlarga oʻrnatilmaganligi va yetarli darajada taʼminlanmaganligi sababli tabiiy gaz quvurlarida osilib qolish holati kuzatilgan. “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Bundan tashqari, aholi xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan elektr ustunlari, elektr uzatuvchi simlar holati tekshirildi. Albatta, xonadonlarga, ijtimoiy obʼektlarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazish, aholi xavfsizligini taʼminlash soha xodimlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Obodonlashtirish tadbirlari davomida Durunki mahallasidan oʻtuvchi asosiy yoʻllarda taʼmirlash ishlari ham olib borildi. Xususan, yoʻlning taʼmirtalab qismiga asfalt qoplamalari yotqizildi. Aholi turmush darajasini yaxshilash va xalqni rozi qilish maqsadida olib borilayotgan ezgu tashabbuslar natijasida mahalla va koʻchalar qiyofasi tobora yaxshilanib, fuqarolar va transport vositalari harakati uchun yanada qulaylik yaratildi.

Darhaqiqat, atrof-muhitni obod etish xalqimizning betakror qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Bu kabi tadbirlar chor-atrofni yanada obod, pokiza boʻlishida alohida ahamiyat kasb etishi bilan birga, odamlarda yakdillik, oʻzgalarga koʻmak qoʻlini uzatish, hamjihatlik, ahillik kabi fazilatlarning yanada kuchayishiga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026