29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 23:33
Jamiyat 👁 309

SOBIQ SINFDOShLAR 50-YILDAN SOʻNG UChRAShDILAR

SOBIQ SINFDOShLAR 50-YILDAN SOʻNG UChRAShDILAR

Inson hayotida shunday bir oniy lahzalar borki, bu lahzalar oʻzining goʻzalligi, oʻchmas, shirin taassurotlarga boyligi bilan barcha uchun birday qadrli. Bu – begʻubor va betakror bolalik! Joʻshqin, oʻyinqaroq, shumliklari ham oʻziga yarashgan takrorlanmas damlarni inson shuning uchun ham umr boʻyi qoʻmsab, sogʻinib yashaydi. Garchi u olis yillarni ortga qaytarib boʻlmasa-da, bolalikdagi qadrdon doʻstlar davrasida oʻzini bolalarday his etib, shodlanadi, hayot tashvishlarini bir zum boʻlsa-da unutib, begʻubor, samimiy suhbatlar qurishdan zavqlanadi.

Amudaryo tumanidagi 8-sonli umumtaʼlim maktabini 1974-yilda bitirgan sobiq sinfdoshlarning 50-yildan keyingi diydorlashuv kechasida boʻlganimizda inson oʻz umrida hech narsaga alishmaydigan bolalik xotiralarining oradan shuncha yillar oʻtsa-da, naqadar aziz va qadrliligini his etdik. Yoshlari 70ni qoralab qolgan, har biri bir etak nevara-chevaraning bobo va buvijonlari boʻlgan, yuzlarida nuroniylik aks etib turgan otaxon va onaxonlar oʻrtasidagi samimiyat choʻgʻidan koʻngillarimiz nurlandi.

Sobiq sinfdosh doʻstlar diydorlashuv marosimi avvalida oʻzlari taʼlim-tarbiya olgan muqaddas dargoh – 8-sonli maktabga tashrif buyurdilar. Sinfxonalardagi jimjitlik ogʻushida sobiq sinfdoshlar bu maskanda bundan 50-yil avval oʻquvchi-yoshlarga ilm sirlarini oʻrgatgan, farzandlariday aziz boʻlib qolgan shogirdlarini mustaqil hayotga yoʻllab, ularga baland parvozlar tilab qolgan ustozlari, Alloh rahmat qilsin, Pariza Doʻsimbetova, Abdulla Oʻrozmetov, Bozorboy Jumamurodov, Erimmat Matchonov, Shukurjon Xudoyberganova, Davlat Jumamurodovlar bilan bogʻliq aziz xotiralarini yodga oldilar.

Xidir Bobojonov, Davlat Rajabov, Rahim Qosimov, Qurbonboy Jumamurodov, Nurulla Abdullayev, Yangiboy Japaqov, Oʻrozboy Qurbonboyev kabi ustozlarni ehtirom bilan esladilar. Qurol Toʻrayev, Yoʻldosh Xoʻjanov, Sulton Yusupov, Abdulla va Ibrohim Eshniyozovlar, Ortiqboy Bobojonov, Bekmat Otajonov, Maydagul Mambetjonova, Odil Rajabov, Jumaboy Qurbonboyev singari ustozlarining jonkuyarliklari tufayli hayotda oʻz oʻrinlarini topganlarini alohida eʼtirof etishib, marhum ustozlari ruhlariga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.

Shundan soʻng, oʻzlari taʼlim olgan sinfxonalardagi partalarga oʻtirishib, turli sabablarga koʻra hayotdan erta ketgan sobiq sinfdoshlari xotirasi oldida bir daqiqa sukut saqlashib, ular bilan bogʻliq bolalik va oʻsmirlik xotiralarini yodga olishdi. Bir-birlarini gʻoyibona sogʻingan doʻstlar orasidagi kamchilikni toʻldirgulik soʻz topilmadi.

Boʻsh partalar orasida nigohlar giryon,

Oʻrozmatni, Rahimboyni izlab toldilar,

Matkarim-u Oʻrinboy va Ozodlar bir yon,

Qayda, deb Bozorgul, Jumagul-u Qubalar?

Doʻstlarning qatori buzilmasin endi, deb, sinfdoshlar jam boʻlib qildi duolar.

Shundan soʻng, sinfdosh doʻstlar marhum doʻstlari qabrlarini ziyorat qilishib, dunyodan bevaqt oʻtib ketgan doʻstlari ruhlarini shod qilish maqsadida “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev ishtirokida xotira marosimi tashkil etdilar va xayr-ehson tadbirlarini amalga oshirib, haqlariga duoi-fotiha qildilar.

Sobiq sinfdosh doʻstlarning 50-yildan keyingi diydorlashuv marosimi Mangʻit shahrining eng soʻlim va bahavo goʻshasi – istirohat bogʻidagi “Oltin saroy” tantanalar va marosimlar majmuasida davom etdi.

Fayzli dasturxon atrofidagi samimiy va dilkash gurunglar musiqiy lahzalarga ulanib, biri-biridan yoqimli kuy va qoʻshiqlar koʻngillarga orom bagʻishladi. Oradan shuncha yillar oʻtib ham ohori toʻkilmagan samimiyat, qadrdonlik tuygʻulari hokim boʻlgan sobiq sinfdoshlar davrasida shu kuni mehr gulladi, maktab boʻsagʻasidan poloponlarday uchib, hayotning turfa xil chamanlaridan baxt-iqbollarini izlagan, ne-ne jumboqlar oldida ming bora hayratlangan, sinovlarda qiynalgan lahzalarda biri-birini suyab, mushkullarini oson qilishga intilib yashagan va nihoyat nuroniy yoshga yetganlarida ham hamon biri-biridan koʻngil uzmagan qadrdon doʻstlarga, toʻgʻrisi, qalbimizda havas va hurmat uygʻondi.

Ana shu havas va ehtirom tuygʻusini nazmiy tilaklarga jo etdik:

Doʻstlikning qadrini boshida tutib,

Hayot tashvishlarin bir chetga qoʻyib.

Bolalikka qaytib, yoshlikka qaytib,

Koʻngillar yayradi, yayradi toʻyib.

 

Bor boʻlsin dillarda mehr-u oqibat,

Baxtiyor dillarni quchgan muhabbat!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026