14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:36
Siyosat 👁 223

Mushtarak maqsadlar: yagona tarixdan umumiy kelajak sari

Mushtarak maqsadlar: yagona tarixdan umumiy kelajak sari

Mustaqil Oʻzbekiston uchun 2024-yilning avgust oyi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar hamda iqtisodiy sohalarda keskin evrilish­lar bilan boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida boʻlib oʻtgan oltinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi kelishuvlar millatlararo totuvlik, doʻstlik va tinchlik gʻoyalarini yanada mustahkamladi va yagona tarix, til-u din birligi, hamkorlikdagi yagona kelajak haqidagi xalqlarimiz orzu-niyatlarining roʻyobi uchun qoʻyilgan yana bir zalvorli qadam boʻldi.

Agar yaqin tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, bundan yetti yillar avval mintaqadagi beshta qoʻshni davlat bilan chegaralarimiz mutlaqo yopiq edi. Bir-birlari bilan misoli et va tirnoq kabi chatishib ketgan oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman va tojik xalqlari yillar davomida yaqinlari diydoriga zor yashaganlariga, chegara hududlaridagi mojarolar, hatto minalashtirilgan maydonlar, logistika tizimidagi blokadalar, savdo-iqtisodiy sohalardagi oʻtib boʻlmas toʻsiqlardan aziyat chekkan xalqlarimiz azoblariga guvohmiz.

Nazarimda, 2016-yilda Oʻzbekiston davlati rahbarligiga saylangan amaldagi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev Prezidentligining ilk kunlaridanoq oʻsha yili Parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida aynan ana shu toʻsiqlarni bartaraf etish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Eng avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlarni oʻrniga qoʻydi. Yaqin qoʻshnilar bilan "ochiq, doʻstona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq"ligini amalda namoyon etdi.

Prezidentimiz 2017-yilning sentyabr oyida mustaqil Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi “tinch, osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo ekanini, davlatimizning barcha saʼy-harakatlari oʻzaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashga qaratilishini” BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi Oliy minbaridan turib baralla taʼkidladilar.

Ushbu saʼy-harakatlarning debochasi sifatida oʻsha yilning noyabr oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini bir stol atrofida jamlagan Oltinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi kelishuvlar esa mintaqa davlatlari oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, davlatlararo siyosiy muloqotlarni rivojlantirish, inves­titsiya, logistika, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohalarida qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada faollashtirish, zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda chora koʻrish masalalarini hal etishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha nutq soʻzlagan davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoning integratsiyalashuvidagi oʻta muhim omillar haqida batafsil toʻxtalib, mintaqada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish hamda uzoq muddatli sheriklik tartibini amaliy saʼy-harakatlar orqali boyitish yuzasidan istiqbolli tashabbus va takliflarni ilgari surdi.

Xususan, geosiyosiy joylashuvi jihatidan tashqi taʼsirlar tufayli global ishonch va kes­kinlashuvning barcha salbiy oqibatlarini boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo uchun birinchi navbatda “Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash kontseptsiyasini ishlab chiqish” taklifini bildirdi. “Bunday iqtisodiy sheriklik Markaziy Osiyoni rivojlantirib, integratsiya va milliy iqtisodiyot bir-birini toʻldirishini” taʼkidladi.

Shuningdek, Prezidentimiz gumanitar sohadagi hamkorlikda madaniy-tarixiy meros umumiyligini hisobga olgan holda “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona oʻtmish va umumiy kelajak” Xalqaro media platformasini ishga tushirish tashabbusini ilgari surib, “bu media platforma xalqlarning Markaziy Osiyo kelajagi uchun birday daxldorligi, birdamligi bilan bogʻliq umumiy masʼuliyatni anglashda drayver vazifasini oʻtashini” ishonch bilan qayd etarkan, “Markaziy Osiyo yoshlari – 2030” tashabbusining Maslahat uchrashuvi ishtirokchilari tomonidan qizgʻin olqishlanganini alohida eʼtirof etdi. Ushbu tashabbusning ilgari surilishi mintaqada innovatsion gʻoya va loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz “Markaziy Osiyo taʼlim forumi”ni oʻtkazish taklifini bildirdi va mazkur forum 2024-yil oktyabr oyida doʻstlik va tinchlik ramzi — Toshkent shahrida oʻtkaziladigan boʻldi.
Prezidentimizning Markaziy Osiyo xalqlari tinchligi, oʻzaro bordi-keldilarni soddalashtirish borasidagi qimmatli takliflaridan yana biri mintaqaviy sheriklikning yangi drayveri sifatida turizm sohasining belgilanishi uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Unga koʻra, turizm almashinuvini kengaytirish maqsadida ID kartalarini oʻzaro tan olish masalasini oʻrganish va “bitta tur — butun mintaqa” tamoyili asosida ommaviy turizm mahsulotlarini ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻldi.
Davlatimiz rahbari oʻzining sermazmun, munozarali, ijobiy tashabbus va takliflarga boy nutqini yakunlar ekan, mintaqaviy hamkorlikni rivoj­lantirishning 2040-yilgacha moʻljallangan kontseptsiyasini qabul qilishni qoʻllab-quvvatladi va “Markaziy Osiyoda strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida”gi koʻp tomonlama bitimni tayyorlash zarurligini taklif etdi.

Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston rahbari oʻzining qimmatli taklif va tashabbuslari bilan tarixiy adolat tamo­yillari asosidagi tarixiy birlik — Turon zaminni qayta gullab-yashnatish sari yalovbardor sifatida dadil qadamlar tashladi. Bu qadamlar Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining umriboqiy qadriyatlari manguligi, bu xalqlarning bobomeros qadriyatlariga, bir­­ga­likdagi orzu-niyatlariga hech qachon toʻsiq va chegara qoʻyib boʻl­mas­ligining isbotidir.

Zero, Mustaqillik bayrami arafasida Oʻzbekiston davlati olam uzra baland koʻtargan “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shio­rining mazmun-mohiyati ham millatlararo totuvlik, doʻstlik va tinchlik gʻoyalarini yanada ulugʻlashga qaratilgan.

MARKAZIY OSIYo — VATANIM MANIM!

Kunday charaqladi zamin, samolar,
Hurlik shavqin olib esdi sabolar.
Qaytib kelgan kabi jadid bobolar,
Turonni chulgʻadi soʻlim havolar.
Chunonam bezandi qarang, maʼvolar!

Yagona xalq boʻlib, bir Vatan boʻlib,
Mehr-u oqibatda jon-u tan boʻlib.
Til-u dil yagona – bir oʻron boʻlib,
Qaytdi oʻzaniga hur Turon boʻlib –
Koʻngillarni quchdi boqiy navolar!

Markaziy Osiyo qoq markazida
Oʻtovlar tikildi doʻstlik bazmiga.
Tabarruk zaminni bosib koʻksiga,
Tinchlik qasrin qurib oʻgʻil-qiziga –
Kelajakka qadam qoʻydi daholar!

Toshkentdan boshlandi birlikka qadam,
Birga jarang sochdi madhiyalar ham.
Tinchlik neʼmatidan dillarda bayram,
Qozoq doʻstlar tuzgan gulgun davradan
Olamga taraldi ajib sadolar!
Pomirdan to Orol tomon yoʻllarda,
Orzular gul ochdi sohir dillarda.
Hatto jaziragan sahro – choʻllarda,
Buyuk evrilish bor oʻng-u soʻllarda –
Totuvlik Vatanga berdi orolar!

Har bitta oʻzbekning bor bir qozogʻi,
Hamda qirgʻizi bor, qoraqalpogʻi.
Juft qushlar kabi qoʻngan butogʻi,
Yo tojik chamani, yo turkman bogʻi –
Bordi-keldilarda tengsiz maʼnolar!
Olisdan izlamam, oʻzimdan qiyos –
Qirgʻiz doʻstlarim bor, Guljuzum, Gʻiyos.
Turkmanim – Oyboʻlak, Oʻgʻilnur, Parvoz,
Tojikda Sadbarga hamda Mirgʻiyos.
Oʻrtada oqibat boʻlmas adolar!

Yengilmas birlik bu – hurlik mevasi,
Bitta yaylovdadir chorva, tevasi.
Qadlarin bukolmas gʻanim hiylasi,
Tillardan tushmagay mehr shevasi –
Har yondan yogʻildi hamd-u sanolar!

Istiqlol shukuhin bayram qilgali,
Qirdan oshib keldi qirgʻizim. Balli!
Turkman aydimlari biram jilvali,
Qozoq, tojik doʻstlar joʻshib kuyladi –
Samolarni quchdi boqiy navolar!

Markaziy Osiyo – Vatanim manim,
Besh buyuk qoʻrgʻonim – chamanim manim.
Kuch-qudratda tengsiz. Tengsiz samanim,
Ildizlari teran buyuk Turonim –
Sen uchun Robiya boʻlgay fidolar!

Robiya Yoʻldosheva, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019