30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 18:59
Siyosat 👁 351

OʻzLiDePdan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi uchrashuvi oʻtkazildi

OʻzLiDePdan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi uchrashuvi oʻtkazildi

Maʼlumki, joriy yil 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovlar boʻlib oʻtadi. Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 20-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida qabul qilingan Qaror bilan Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti 2024-yil 22-sentyabrdan boshlanishi belgilandi. Ayni kunlarda joylarda, ovul va mahallalarda, mehnat jamoalarida deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

25-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va mazkur partiyadan koʻrsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga mazkur partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar, partiyaning tuman Kengashi masʼullari, partiya faollari va saylovchilar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida taʼkidlanganidek, partiya joriy yilgi saylovlarga “Vaʼda emas, natija, ertaga emas, bugun”, degan shior bilan kirib kelmoqda. OʻzLiDeP bu yilgi saylovoldi dasturida tadbirkorlar, ishbilarmonlar, fermerlar, fan-taʼlim, tibbiyot va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilishga jiddiy eʼtibor qaratgan.

Uchrashuvda OʻzLiDePning keyingi 5 yillik uchun belgilangan maqsad va vazifalari, xalqchil gʻoyalari haqida soʻz yuritildi. Xususan, aholining farovon hayot kechirishi, farzandlarimiz sifatli taʼlim va tibbiyotdan bahramand boʻlishi, ayollarimiz va nuroniylarimiz, jamiki yurtdoshlarimiz baxtli yashashi, xalqimiz dasturxoni toʻkin boʻlishi hamda ertangi kunimiz yorugʻ boʻlishi uchun partiya oʻz oldiga aniq maqsadlarni qoʻygan.

Tadbirda taʼlim sohasi xodimlari ham ishtirok etayotgani inobatga olinib, uchrashuvda partiyaning ushbu yoʻnalishda rejalashtirayotgan loyihalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uchun toʻlanadigan mablagʻ miqdorini koʻpaytirish taklif qilinayotgani taʼkidlandi.

Partiyadan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga koʻrsatilgan nomzod – tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov soʻnggi 5-yil davomida OʻzLiDeP tashabbusi bilan fermerlikni rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, oʻtgan yillarda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bilan yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni oʻzlashtirish hamda klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish belgilandi. Shunga muvofiq, 200 ming gektar paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish evaziga aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish ishlari boshlandi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan partiya faollari va deputatlikka nomzodlar turli yoʻnalishlarda partiya ilgari surayotgan takliflar boʻyicha maʼlumotlar berib, saylovchilarni partiyaga va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirdi.

Yaxshimurod Ahmedov, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026