29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:21
Jamiyat 👁 448

Is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Azamat Davletov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda masʼullari, shuningdek 49 ta ovul, mahallalar “yettiligi” masʼullari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Azamat Davletov soʻzga chiqib, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tayyorgarlik ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi, is gazidan zaharlanishning ayanchli oqibatlari va uning oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirish, uyma-uy yurib, aholi xonadonlarida isitish qozonlarining va dudburonlarning mavsumga tayyorgarlik holatini oʻrganish va nazoratni kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish zarurligi xususida soʻz yuritdilar.

Qayd etish joizki, is gazidan zaharlanish – inson organizmiga is gazi kirishi oqibatida rivojlanadigan oʻtkir patologik holat boʻlib, hayot va salomatlik uchun xavflidir va malakali tibbiy yordamsiz oʻlimga olib kelishi mumkin.

Havo haroratining keskin oʻzgarishi, kunlarning sovishi issiqlik taʼminoti va isitish jihozlariga boʻlgan ehtiyojimizni oshiradi. Isitish manbalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida is gazi bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalar, eng achinarlisi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelib, insonlar qurbon boʻlishi mumkin.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, ob-havo keskin sovigan kunlarda sodir boʻlayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holati bilan bogʻliq. Ushbu zaharli gaz xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, oʻtin va boshqa shu kabi yoqilgʻi manbalarining toʻliq yonmasligi natijasida paydo boʻladi.

Is gazi rangsiz va hidsiz gaz boʻlib, nafas yoʻllari orqali qonga soʻrilganda organizmni, xususan, markaziy asab tizimini jiddiy zararlashi bilan xavflidir. Inson is gazi bilan zaharlangan havodan nafas olib tursa ham, hech narsani sezmaydi, shu bois, is gazidan zaharlanib, vafot etish ehtimoli yuqori. Bu holat koʻpincha dudburonlarning tiqilib yoxud ishlamay qolishi, gaz yonishi uchun havo yetarli boʻlmaganda kuzatiladi. Profilaktik maqsadlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish kerak. Uyda zaharlanishga yoʻl qoʻymaslik uchun nosoz gaz va isitish moslamalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan aholi uy-joylaridagi va koʻp xonadonli uylardagi isitish qozonlari va pechlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish holatlarini tizimli oʻrganish hamda aniqlangan muammo va nosozliklarni bartaraf etilish va dudburonlarni tozalash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida mahallalar kesimida uyma-uy yurib xonadon egalariga yongʻinga qarshi tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu maqsadda, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun tezkor shtab va ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida, jami 12 ming 563ta aholi yashash hovli uylari oʻrganib chiqildi, 10 ming 687 ta xonadonlar isitish qozonlarining dudburonlari tozalandi.

Kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda xavf yuqori boʻlgan obʼektlarda, ijtimoiy soha obʼektlari, oʻrmonlarda, uy-joylarda hamda taʼlim obʼektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va mol mulkining daxlsizligini saqlash maqsadida amaliy ishlar qilmoqdalar.

Yigʻilishda bu borada oldinda turgan vazifalar xususida soʻz yuritilib, tegishli masʼullarga zarur topshiriqlar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026