Til – millatning ruhi
Haqiqatdan ham, tilimiz yaşar ekan, tariximiz, madaniyatimiz, adabiy merosimiz, bugunimiz va ertamiz bardavomdir. 1989-yil 21-oktyabr kuni özbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu sana millatimiz tarixida ulkan voqea böldi. Aynan şu kundan boşlab özbek tilining çeksiz imkoniyatlarini örganiş, uning haqiqiy jozibasini oçib beriş yölidagi işlarga rasmiy asos yaratildi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida özbek tili davlat tili sifatida mustahkamlab qöyildi. 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 22-dekabr kuni esa “Davlat tili haqida”gi Qonun yangi tahrirda tasdiqlandi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari, reklama va ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi örni beqiyos. Aholiga yangiliklarni yetkazişda til va yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq peştaxtalar, reklama bannerlari va ommaviy axborot vositalarida özbek tili qöllanilişida jiddiy muammolar mavjud. Şevalarning ommaviy axborotga aralaşuvi, imloviy va grafik xatoliklar, xususan, “q” va “ğ” harflari örnida “k” va “g” harflarining qöllanilişi tilimizga nisbatan eʼtiborsizlikning yaqqol ifodasidir.
Bundan ham açinarlisi, yurtimizda dökonlar, savdo markazlari, hatto butun boşli şahar loyihalari xorijiy nomlar bilan atalmoqda. “Nest One”, “Toshkent City”, “Magic City” kabi nomlar mamlakatimizda xalqimiz uçun bunyod etilgan bölsa-da, nega ular ona tilimizda emas? Çet elça nomlar yanada “zamonaviy” yoki “mijozbop” deb hisoblanadimi? Axir, ona tilimiz – bizning özligimiz timsoli emasmi? Biz özimizni özga tillar taʼsiridan himoya qila olmasak, kelajak avlod bizni qanday tuşunadi?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Endi peşlavhalar davlat tilida va lotin alifbosida yozilişi kerak” degan xabar eʼtiborimni tortdi. Ammo bu xabar özi kirill alifbosida yozilgan edi. Biz tarğib qilayotgan işlarga özimiz amal qilmasak, boşqalar qanday amal qiladi? Şu bois til siyosatida ham, har qanday özgarişda ham avvalo özimizdan boşlaşimiz lozim. Sof özbek tilida gapiriş, xatosiz yoziş, tilimizni hurmat qiliş haqidagi tarğibotlar natija berişi uçun harakatimiz real misollarda aks etişi kerak.
Toşkent davlat milliy universiteti professor-öqituvçisi, filologiya fanlari doktori Abduroziq Rofiyev poytaxtimiz köçalaridagi eʼlonlarning aksariyati hanuz rus tilida ekanligini taʼkidlagan edi. Ularning fikriga köra, davlat tilida iş yuritiş tizimli ravişda yölga qöyilgan bölsa-da, amaliyotda bu masalada befarqlik va loqaydlik hukm surmoqda. Tilni notöğri işlatiş, tuşunarsiz iboralarning ommalaşib borişi, muomala madaniyatining buzilişi nafaqat til muammosi, balki umummilliy masala ekani ayon.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda tengdoşlarimiz orasida xorijiy sözlarni aralaştirib gapiriş, qisqartirilgan va buzilgan şakllardan foydalaniş odati kuçayib bormoqda. Çet tillarini örganiş, ularni biliş, albatta, foydali. Lekin ona tilimizni ikkinçi darajali deb biliş, uni xorijiy tillar soyasida qoldiriş – katta xato. Agar şunday davom etsa, bir neça avloddan söng tilimiz öz qadrini yöqotişi heç gap emas.
Bunga yöl qöymaslik uçun har birimiz tilimizga befarq bölmasligimiz, imloviy xatolarga nisbatan loqaydlik qilmasligimiz, kerak bölsa, qonuniy jihatdan ham tartibga solişimiz şart. Uluğ şoirimiz Erkin Vohidov aytganidek:
– Ona tili – umummillat mulki. Demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy bölib, bu yolğiz tilşunoslarning emas, butun millatning işi.
Şunday ekan, jamiyatimizning har bir aʼzosi tilimizni eʼzozlaş, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltiriş yölida öz hissasini qöşişi lozim. Kelajak avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaş har birimizning burçimizdir. Zero, buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek:
– Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurğon oyinai hayoti – tili va adabiyotidur. Milliy tilni yöqotmak – millatning ruhini yöqotmakdur.
Dilnura Yöldoşeva, QDU talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶