30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:45
Jamiyat 👁 2,196

Umringizni bekorga oʻtkazmang, tengdoshlar!

Umringizni bekorga oʻtkazmang, tengdoshlar!

Oilani Vatan ichra kichik Vatan deb ataymiz. Shu moʻʼjaz maskan farzandlar tarbiya olib ulgʻayadigan, komil inson boʻlib voyaga yetadigan dargohdir.

Koʻchadami, maktabdami yo jamoat joylarida yoshlarning oʻzini tutishi, muomalasi, yon atrofidagilarga munosabati oilasida qanday tarbiya olayotganini koʻrsatib turuvchi koʻzgudir. Ularning baʼzilari oʻqishda, oʻz qobiliyatini namoyon etishda, jamoat ishlarida faolligi bilan havasingizni keltirsa, baʼzilarning qoʻpol muomalasidan, yo nooʻrin qiligʻidan ranjiysan, odam. Har oilaning tarbiyasi har xil ekanligi shundan ayon boʻlib turibdi.

Mening nazarimda keyingi yillarda negadir ota-onalar, koʻproq yosh ota-onalar farzandlarining taqdiriga befarq boʻlib borishayotganday. Chunki koʻcha-koʻyda gala-gala boʻlib uzundan uzoq suhbatlashib oʻtiradigan yigitlarga, hatto, qizlarga ham duch kelamiz. Ularning suhbati mavzusi telefon, internet, moda, kimning qanday yangi kiyim olgani-yu, kim bilan nimalar gaplashgani xususida boʻladi. Ularga qarab, shunchalar keraksiz gaplarga umrining aziz lahzalarini boy berayotganini oʻylab achinib ketasan, odam. Ajablanarli tomoni oʻsha yigit-qizlarning ota-onasi qayerda eding, kim bilan eding, shuncha vaqtingni nimalarga sarflading, deya qiziqmaydi. Bekor yurgandan koʻra, maʼnaviy oziq beradigan gazeta, jurnallar, kitoblar oʻqishga jalb qilishsa, oʻzlariga xos kasb-hunar oʻrganishga undasa, yaxshi boʻlmasmidi? Axir bugun vaqtini bemaʼniliklar bilan oʻtkazayotgan farzandlar ota-onaning ertasi kuni egalariku.

Ota-onalar bolalarim uchun yugurib-yelayapman, deb hisoblashadi oʻzlarini. Biroq, bolam bugungi kunini qanday oʻtkazdi, degan savol ularni qiziqtirmaydi.

Baʼzan falonchining oʻgʻlining yo qizining tarbiyasi buzilib ketibdi, degan soʻzlar qulogʻimizga chalinadi. Menimcha, tarbiyasi buzilibdi, deyishdan oldin bormidi oʻsha tarbiyaning oʻzi, deya oʻylab koʻrish kerak. Chunki bolaligidan qalbiga sof milliy tarbiya singdirilgan bolani yoʻldan urish oson boʻlmaydi.

Ehtimol, mening bu mulohazalarim ayrimlarga erish tuyular, ayrimlar ota-onalarni muhokama qilishga hali yoshlik qilasan, deyishar ham. Biroq mening fikrlarim oʻrinsiz emas. Oddiygina bir misol: kollej oʻquvchilari boʻlgan mening tengdoshlarim orasida iqtidorli, intiluvchan, har bir darsni qunt bilan tinglab, mashgʻulotni toʻla oʻzlashtirishga intiladiganlari boʻlgani holda, shunchaki majburiyat yuzasidan darsga kelib, oxirgi partada qoʻl telefonini oʻynab oʻtirib vaqt oʻtkazadigan, uyidan darsga ketdim, deb chiqib, koʻchada bemaqsad sangʻib yuradiganlari ham bor. Ular birgina daftarni bir necha darslarga olib kirishadi va afsuski kuniga necha xil fan mashgʻulotlariga kirsa-da, bir betiniyam toʻlgʻazmaydi. Endi bir oʻylab koʻring: agar ota-ona farzandini keragicha nazorat qilib, bugun qanday mashgʻulot oʻtgani, nimalar oʻrganganini surishtirsa, har fanga doir daftarlarini tekshirib bor-sa, albatta oʻgʻli yoki qizi yuqoridagiday holga tushmagan boʻlar edi. Shunday emasmi?

Oltinoy OʻRINBOYeVA,

Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026