Yigitlik sözing qani? (Hikoya)
Raʼnoxonning gözalligi uning taqdirini özgartirib yubordi. Yoşi 16-17 ga yetganidanoq unga köngil qöyganlar köpayib ketdi. Muhabbat izhor qilgan sinfdoş yigitlarga rad javobini berdi: "Qadrli sinfdoş, xafa bölmaysan, oliy maʼlumotli bölmagunimça heç kimga qiya boqmayman. Yoşlikdagi sevgi- muhabbatga işonib xato qilganlar ozmunçami? Özgalar xatosidan xulosa çiqariş kerak” – deya noumid qaytardi.
Raʼnoning ilk orzusi amalga oşdi. Öz kuçi bilan oliygohga öqişga kirdi. Ammo bu yerda ham xaridorlar köpayib ketdi. Kursdoş yigitlarning ançasi unga oşiq bölib qolişdi. Nihoyat kursdoşi Alişer uning qalb eşigini oçişga muyassar böldi.
- Alişer, gapning oçiğini aytganimda xafa bölmang, töydan keyingi hayotimizni köz oldimga keltirayapman. Töydan keyin avvalgi vaʼdalarini, ahd-u paymonlarini unutib yuborganlar hayotda köp. Siz ham ularning biri bölib qolsangiz, oxir-oqibatda umid-işonçlar sönib, oradan mehr-oqibat kötarilmaydimi?
- Nima deyapsiz, Raʼnoxon? Men unaqa yigitlardan emasman. Vaʼdamning ustidan çiqmasam, yigitlik sözimga amal qilolmasam, bu dunyoda boş kötarib yurib nima qilaman? Men Sizni heç kimga xafa qildirib qöy-mayman. Yigitlik sözim şu! – dedi Alişer.
Oradan yillar ötdi. Avval kelişib olişganlaridek, oliygohni bitirgandan söng Alişer bilan Raʼnoning töylari bölib ötdi. Alişer farğonalik, Raʼno esa manğitlik edi.
Raʼnoning başoratomuz gaplari töğri çiqdi. Alişerning singlisi akasiga dugonasini qayliq qilişni niyat qilib yurgan ekan. Töy kunidan bir hafta ötgaç, köngilsizlik bölib ötdi.
- Kelinoyi, balo ekansiz. Alişer akamning boşini ay-lantirib, unga turmuşga çiqib oldingiz, - deya uzib oldi qaynsinglisi Barno.
– Yöğ-yey, yangilişyapsiz, qaytanga akangiz mening boşimni aylantirdi. Neça bor rad javobimni aytsam ham, aslo izimdan qolmadi, singiljon, - dedi kulib Raʼno.
- Hali şunaqami, rad javobini ham berganmisiz? Qişloğimizdayam sizdaqa qizlar tö-lib yotuvdi, - dedi alamzadalik bilan Barno.
- Bölsa bordir. Biroq akangiz meni tanladi. Mana, körib turibsiz, kelinoyingizman, Manğitçasiga aytadigan bölsam, çeçangiz bölaman, Barnoxon, - dedi hazilnamo Raʼno.
Şu payt oşxonaga Alişer kirib keldi-yu, ularning suhbati, aniqroği tortişuvi nihoyasiga yetdi. "Kelgani yaxşi böldi. Aks holda qaynsinglim bilan janjallaşib ham qolardik”- deya öziça öylab qöydi.
Kelinoyisining oşxonadagi gaplari Barnoga aslo tinçlik bermadi. "Tortişuvimiz tugamasidanoq akamning kelib qolgani yomon böldi, kelinoyimning po-pugini pasaytirib qöyadigan gaplarim aytilmasdan içimda qoldi”, - deya öylab qöydi u.
Nihoyat Barno qaynona-kelin orasiga sovuqçilik soldi. Keyinçalik esa akasi bilan kelinoyisi orasiga. Onasi bilan singlisining töqib-biçib aytgan ğiybatnamo gaplari ham asta sekin mevasini bera boşladi. Buning ustiga yarim tunda Raʼnoga qilingan qönğiroqlar ham yaxşi bölmadi. Raʼno hayron edi. Heç bir yigitga uy telefoni raqamini bermovdi. U esa tundagi telefon qönğiroqlarini ham yölini topib Barno uyuştirayotganini aslo bilmasdi. Oxir-oqibat Alişer bilan oralariga sovuqçilik tuşib ulgurdi. Uyda kinoya va piçing gaplar köpayib ketdi. Bunga bir oyça çidadi u. Ammo asablari bundan köpiga doş berolmadi. Bir kuni qaynonasining piçing gapiga eʼtiroz bildirdi. Raʼnoning eʼtirozi – aniqroği, özini-özi himoya qilişi qaynonaga va qaynsingilga yoqmadi.
- Eşityapsanmi, Alişer? Xotiningning tili çiqib qoldi. Özimizning Farğonada bunaqa tannozlar yöqmidi? Kelib-kelib topganingni qara. Xotiningga tartib berolmasang, uning yurtiga – Manğitga ketaver. Sendaqa öğildan ham, betgaçopar kelindan ham töyib ketdim. Yuragim va boşim oğriydigan bölib qoldi, – dedi yiğlamsirab.
Oyisining yiğlamsiraganini körgan Alişer birdaniga qizişib ketdi va özini tutolmay Raʼnoning qölidan tortqilab, öz xonalariga olib ketdi. U yerda Raʼnoni tepkiladi, muştladi, oğziga kelgan haqoratomuz gaplar bilan sökinib baqirdi. Qöpol muomalalarga, döposlaşlarga çidolmagan hamda oğiroyoqligi tufayli salomatligi pasayibroq yurgan Raʼno özidan ketib yiqildi. Alişer esa buni Raʼnoning hiylasi deb tuşundi.
"Eh-yey, ne qilib qöydim? Oyim bilan singlimning gaplariga kirib sevimli rafiqamga qöl kötardimmi? Endi bu yoği ne bölarkan? Ammo Raʼnoyam özidan körsin, çiroyiga keri-lib Farğonadan xuştorlar topayotganiga ölaymi? Yarim keçada qönğiroq qilaveradigan qaysi nomard ekan? Haqiqatan ham Raʼno buzuq ayolmikan? Balki şundaydir? Oyim bilan singlim nimanidir biladiganga öxşaydi. Şamol bölmasa, terakning uçi qimirlamaydi” – deya özini oqladi Alişer.
- Mening javobimni bering, dedi Raʼno ertalab tongda.
- Söramasang ham seni Manğitingga qaytarmoqqa qaror qildim. Seni deb oyim va singlimdan voz keçolmayman, - dedi Alişer.
- Sizga ulardan voz keçing, demayapman, demayman ham. Biroq töydan oldingi yigitlik sözingiz qani? "Odamzotni söz buzar, toğ-u toşni sel buzar”, degan maqolni bilasiz-ku. Asosiysi yöq tuxmat gaplarga işonib yuribsiz...
- Menga tana-piçing qilaverma. Ne qilişni özim bilaman. Töygaça hamma yigitlar vaʼda berişadi. Nahotki buni bilmasang, - deya Alişer Raʼnoning gapini çört kesdi.
Raʼno esa kiyimlarini yiğiştirib, yölga otlandi. Qaynona va qaynsinglisining vaqtlari çoğ edi. Ular ğoliblik naʼşidasini surişar, ammo, nomaqbul qiliqlari bilan yoş oila poydevorini buzişayotganini tan olgisi kelişmasdi.
Raʼno uyiga kelib, ota-onasiga bor gapni röy-rost aytdi. Ular qiziga tasalli berişdi, könglini kötarişdi.
Xöş, Alişer ne qilarkan? Uning yigitlik sözi qayerda qoldi? Buni esa vaqt körsatadi. "Vaqt – oliy hakam” deb behuda aytişmagan. Raʼno esa hamon Alişerni hamda tuğilajak farzandini kutib yaşayapti
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶