Qishloq xoʻjaligi
👁 3,216
AHDGA VAFO QILIB...
"Choykoʻl” ovulini paxtakor dehqonlar eli deyish mumkin. Ilhom Murodov ham shu ovullik ilgʻor paxtakorlardan. U butun kuch-quvvati, iqtidori va gʻayrat-shijoatini paxtachilikni rivojlantirishga sarflamoqda.
Ilhom Murodov rahbarlik qilayotgan "Murodov Abror” fermer xoʻjaligi paxtakorlari har yilgidek bu yil ham paxtadan moʻl hosil yetishtirib, "oq oltin” xirmonlarini sarbaland qildilar. Ular 58 gektar paxta maydonidan 120 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini yigʻib-terib olib, yillik shartnomaviy rejalarini oshirib bajardilar. Endilikda ular 150 tonnalik yuksak majburiyatlarini ham muvaffaqiyatli ado etishga ahd qilganlar. Ahdga vafo qilish esa chin paxtakorning ishi.
Suratda: "Murodov Abror” fermer xoʻjaligining ilgʻor terimchilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶