02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 5,572

Mahalla – maʼnaviyat beshigi

Mahalla – maʼnaviyat beshigi
Nukusda "Qadriyatlar beshigisan – aziz mahallam” shiori ostida oʻtkazilayotgan "Mahalla mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, "Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 16 jamoa ishtirok etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida keyingi yillarda 153 bolalar sporti obʼekti, 16 bolalar musiqa va sanʼat maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularning 75 foizi qishloq joylarda barpo etildi. Hudud aholisining 60 foizi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlardan iborat boʻlib, ularning 700 mingdan ziyodi, jumladan, 300 ming qizlar sportning 12 turi boʻyicha muntazam shugʻullanmoqda.

Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtini toʻgʻri va mazmunli tashkil etish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikning oldini olishga oid ishlar koʻlamini kengaytirishda 401 fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish idoralari faollari samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Mahallalarda tashkil etilgan "Ota-onalar universiteti”, "Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” mexanizmlarining hamkorligi yoshlar tarbiyasidagi ishlarning samaradorligini oshirmoqda. Mazkur koʻrik-tanlov ham ushbu hamkorlikni yanada takomillashtirish, yoshlarni vatanparvar va yuksak maʼnaviyatli insonlar etib tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tanlovning mahallalararo bosqichida 1 ming 588 nafar yigit-qiz oʻz bilim va isteʼdodini namoyish etdi. Shahar va tuman bosqichlarida 104 jamoa tarkibida 416 oʻgʻil-qiz mahallasi tarixi, yoshlarning jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk ulgʻayishida mahallaning oʻrni, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar boʻyicha bilimini sinovdan oʻtkazdi.

– Ishtirokchi yoshlar oʻz mahallasi tarixi, u yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yaxshi bilishi, bu haqda gʻurur bilan soʻzlashi har qanday kishini toʻlqinlantirib yuboradi, – deydi "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Xoʻjaboy Yelmuratov. – Eng muhimi, ular kim edigu bugun kim boʻldik, kelgusida qanday yangi marralarga erishamiz, degan ezgu gʻoyalar mazmun-mohiyati va ahamiyatini teran anglaydi.

Amudaryo tumanidagi "Qilichboy” ovul fuqarolar yigʻinining "Nurafshon” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Nukus tumanidagi "Qirantov” ovul fuqarolar yigʻinining "Jayhun” jamoasiga, uchinchi oʻrin Qanlikoʻl tumanidagi "Arzimbetqum” ovul fuqarolar yigʻinining "Boymaqli” jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026