Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlandi
Shu yilning 9-10-yanvar kunlari 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlanib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida alohida, 2 ta chegara postlari harbiylari, "Vatanparvar” oʻquv sport texnik klubi tuman Kengashi va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari oʻrtasida alohida harbiy vatanparvarlik yoʻnalishida sportning 8 ta turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda 1-oʻrinni 3-sonli akademik litsey jamoasi, 2-oʻrinni Mangʻit iqtisodiyot kolleji jamoasi, 3-oʻrinni Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji jamoasi egalladi. Ikkita chegara postlari harbiylari, "Vatanparvar” OʻSTK tuman Kengashi hamda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda esa birinchi oʻrinni Mangʻit chegara posti, ikkinchi oʻrinni Ayoqchi chegara posti va uchinchi oʻrinni "Vatanparvar” OʻSTK tuman Kengashi xodimlari egalladilar.
Ushbu musobaqalar gʻoliblari tuman hokimining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶