JONAJON KOLLEJIM
Men Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldim. Uch yil mobaynida nimaiki oʻqib, oʻrgangan boʻlsam, barcha-barchasi ustozlarimning tinimsiz mehnati samarasidir.
Hozirgi kunda bu bagʻri keng dargohdan qanchadan-qancha qoʻli gul chevar qizlar yetishib chiqmoqda. Bu yerda tikish, toʻqish mashinalari boʻlib, kollej yoshlari ulardan muntazam foydalanishmoqda. Men shu kollejni tamomlagan boʻlsam-da, hamon qandaydir kuch meni u tomon tortaveradi. Baʼzi-baʼzida kollejga ustozlarimni koʻrgani borsam, ular meni quvonch, mehr ila qarshi olishadi. Kollej kutubxonasidan xilma-xil badiiy kitoblar oʻrin olgan. Yoshlar boʻsh vaqtlarini behuda oʻtkazmasdan, turli fan toʻgaraklariga muntazam qatnaydilar. Eng muhimi, kollejda oʻquvchi-yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo.
Chinoroy OʻRINBOYeVA,
Amudaryo xizmat koʻrsatish va
servis kasb-hunar kolleji sobiq oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶