30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:35
Jamiyat 👁 243

"Jonajon yurtim farovonligiga hissa qoʻshaman” shiori ostida barcha ovul va mahallalarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlandi

"Jonajon yurtim farovonligiga hissa qoʻshaman” shiori ostida barcha ovul va mahallalarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlandi

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan “Jonajon yurtim farovonligiga hissa qoʻshaman” shiori ostida Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin boshlab yuborildi.

Jumladan, 25-fevral kuni tumanning Olmazor mahallasida boʻlib oʻtgan hashar ham yosh avlod qalbida milliy anʼanalarimizni qadrlashga, muqaddas qadriyatlarimizni mustahkamlashga xizmat qildi.

Darhaqiqat, hashar — necha ming yillar mobaynida odamlarning boshini qovushtirib, ularni insonparvarlik, saxovatpeshalik, saranjom-sarishtalik kabi ezgu amallarga chorlaydi. Ushbu qadriyatning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, u insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-koʻyga, ona-Vatanga muhabbat, daxldorlik tuygʻularini mustahkamlaydi.

Olmazor mahallasida boʻlib oʻtgan hasharda yoshlar, oʻrta yoshli aka-opalar, hamda buvi va buvijonlar faol ishtirok etishdi.

Ular erta tongdan koʻchalarini, hovlilari atrofini, guzar va hiyobonlarni, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirishdi. Shu bilan birga daraxtlarni oqlab, ularga shakl berdilar. Hasharda ariq boʻylariga, avtomobil yoʻllari yoqalariga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Ekilgan har bir niholni yaxshi parvarish qilish, uning kelajakda mevali daraxt boʻlib boʻy choʻzishi uchun ularning har biriga bir nafar yosh biriktirildi.

Hashardan soʻng ishtirokchilarga issiq ovqat tortildi. Mahalladagi yoshi ulugʻ onaxonlar, yosh kelinchaklar doshqozonda sumalak qaynatishdi. Ular sumalak atrofida yurtimizga tinchlik, omonlik, totuvlik, qut-baraka tilashdi.

Bu kabi hasharlar tumanning barcha hududida boʻlib oʻtdi.

Farovon mahallasida boʻlib oʻtgan hashardan soʻng, mahallaning “Yakkatut” va “Kimyogarlar” kuchasida bahorning ilk taomi – sumalak qaynatildi. Doshqazon atrofida yigʻilgan barcha yoshi ulugʻ onaxonlar, qiz, kelinchaklar dilidagi bor ezgu niyatlarini aytib sumalak uchun kerakli boʻlgan masalliqlarni solishdi.

Shu oʻrinda aytish lozimki, sumalak qaynatish momomlarimizdan meʼros boʻlib qolgan azaliy qadriyatimiz. Uning tayyorlanish tarixi haqida qoʻplab rivoyatlar tarqalgan.

Shulardan biri: dehqon olib qoʻygan oxirgi donini tezroq ekish uchun yaxshi niyatlar bilan oldinroq ivitib qoʻyadi. Lekin birdan ob-havo buziladi. Bugʻdoy idishda nish urib oʻsa boshlaydi, ob-havo yaxshilanavermaydi. Dehqon oila aʼzolari och turgan paytda bugʻdoyni butunlay nobud qilmaslik choralarini izlay boshlaydi. U tavakkal qilib nish urgan va ancha boʻy koʻtargan donni qiymalaydi va xotiniga bundan taom pishirishni buyuradi. Uy bekasi uni uzoq vaqt qaynatadi. Qarangki, oqkoʻngil dehqonning niyati xolis chiqadi. Undan hidi yoqimli, oʻzi toʻyimli, mazasi esa tanovul qilgan kishining uzoq vakt esida qoladigan darajadagi shirin taom hosil boʻladi. Bu taom borgan sari xalq oʻrtasida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi.

Bu kabi tadbirlar jumladan, hashar hamda sumalak qaynatish marosimi tumanning Doʻstlik mahallasida ham boʻlib oʻtdi.

Hashar davomida erta tongdan turib koʻchalarni supurib-sidirib, tevarak- atrofga suv sepib, har xil gullar ekish har bir xonadonga chiroy bagʻishlashi aytib oʻtildi. Bu borada yoshlarga ugit va nasihatlar berildi.

Milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan milliy taomning tayyorlanishi har yildagidanda koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Sumalak qaynatish jarayonida uning foydali xususiyatlari aytib oʻtildi. Shuningdek, doshqazon atrofida onaxonlar, qiz-juvonlar, jajji bolajonlar raqsga tushib, goʻzal qoʻshiqlar hirgoyi qilishdi.

Darhaqiqat, sumalak lazzatli taom boʻlish bilan birga darmondori hamdir. Uning tarkibida inson organizimi uchun zarur boʻlgan barcha oqsil va uglevodlar jamlangan.

Erta tongdan doshqozonda qaynayotgan ivitilgan bugʻdoyni shu holga keltirguncha ancha mehnat talab qilindi. Bu galgi sumalakni ham Doʻstlik mahallasidagi buvijonlar hamjihatlik va ogʻizbirchilikda tayyorlashdi.

Sumalak atrofida yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishi, yurtimiz kundan-kunga rivojlanishi kabi ezgu tilaklar aytilib, bolalarning shoʻx-shadon kulgulari yangradi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026