01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:09
Jamiyat 👁 3,952

BIZ YoShLAR – AQIDAPARAST OQIMLARGA QARShIMIZ

BIZ  YoShLAR  – AQIDAPARAST  OQIMLARGA QARShIMIZ

Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot boʻlgan diniy ekstremizm, aqidaparastlik  va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga  kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, yoshlarimizning kelajagiga katta xavf tugʻdirishini  odamlar ongiga chuqur singdirib borish – har bir ongli va qalbi uygʻoq insonning zimmasidagi yuksak masʼuliyatdir.

Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Jumladan, ota-bobolarimiz muqaddas bilib eʼtiqod qoʻygan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy islomiy maʼnaviyati va merosi, oʻzligini omon saqlab keldi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, odamlarning eʼtiqodi va diniy hissiyotlaridan foydalanib, ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrogʻi ostida sodir etilayotgan jinoyatlar ularning asl qiyofasini namoyon etmoqda, deyish mumkin. Ayni paytda, bunday jarayonlar kishilarni doimiy ogoh boʻlishga, haqiqiy diniy qadriyatlarni ularning soxta va gʻarazli  talqinlaridan farqlashga  yordam beradigan  bilimlarni egallashga undaydi.

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qoʻllaniladi. Terrorchi uyushmalar  ommaviy boʻla olmagani uchun ham koʻp hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri bunday harakat tarafdorlarining "zoʻrlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashturuvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlarida yaqqol koʻrinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishida koʻrinadi.

Mintaqamizda diniy ekstremizm va terrorizmning namoyon boʻlishining oʻziga xos xususiyatlari, yoshlar va xotin-qizlarning bunday kuchlarning asosiy nishoniga aylanishi  sabablari, gʻaraz maqsadlarda buzib talqin qilinayotgan "halifalik”, "shahidlik” kabi islomiy tushunchalarning asl mazmunini anglash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish bugungi davr talabidir.                        

 Demak, biz yoshlar doimo ogoh boʻlishimiz va bunday yot gʻoyalarga aldanib qolmasligimiz kerak. Buning uchun yaxshi oʻqishimiz va har kimga ishonmasligimiz, ota-onamizning yuzini yorugʻ qiladigan komil inson boʻlishimiz lozim.

Paygʻambarimizning hadislaridan birida: "ikki neʼmat borki, koʻpchilik odamlar ularning qadriga yetmaydilar. Ular sihat-salomatlik  va tinchlikdir” deyilgan.

Shunday tinch yurtda yashayotganimizdan, shu yurtda oʻsib, ulgʻayayotganimizdan,  shu yurtning farzandi boʻlganimizdan xursand boʻlishimiz kerak. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin qanchadan qancha inshootlar, koʻplab kasb-hunar kollejlari, maktab va boshqa oʻquv oʻrinlari qurib bitkazildi. Ayniqsa, Yurtboshimizning biz yoshlar uchun jon kuydirib qilayotgan fidoyiliklariga javoban vatanparvar va xalqparvar, mard insonlar boʻlib voyaga yetishimiz zarur. Bu – biz yoshlarning xalq va Vatan oldidagi eng sharafli farzandlik burchimizdir.

Olimjon MURODOV, 

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomli oʻrta maxsus islom bilim yurti  2-kurs talabasi. 

(Foto - http://slayd.arxiv.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026