YoSh QUTQARUVChILAR BELLAShDILAR
Qutqaruvchi boʻlishda insondan kuch, gʻayrat, tezlik va mardlik talab etiladi. Bizning 44-sonli oʻrta maktabimizda qutqaruv guruhi mavjud. Yaqinda ular ishtirokida "Yosh qutqaruvchilar” nomli bellashuv oʻtkazildi. Bellashuvda 9a- va 9b-sinflar oʻquvchilari qatnashishdi va ular zilzila yoki yongʻin sodir boʻlganda jabrlanganlarga qanday tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruvchi qanday boʻlishi lozimligini shartlar davomida namoyish qildilar.
Bellashuv 9b-sinf oʻquvchilarining gʻolib chiqishi bilan oʻz nihoyasiga yetdi va maktabimiz tarix fani oʻqituvchisi Zamira opa Rajabova soʻzga chiqib, bu tadbirni oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilarning kuchlarini sinash, odamlarga yordam qoʻlini choʻzib, qutqaruvchi qanday boʻlishi lozimligini barcha oʻquvchilarga yana bir bor uqtirish, bu boradagi bilimlarining qay darajada ekanligini bilib olish edi, deya taʼkidladi.
Oʻquvchilar endi yongʻin sodir boʻlgan paytda birinchi tibbiy yordam koʻrsatishni va qutqaruvchi boʻlish uchun avvalo sport bilan shugʻullanish kerakligini ham bilib olishdi.
Maftuna KENJABOYeVA,
44-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶