YuKSAK PILLA XIRMONLARI
Qilichboylik usta pillakorlar shartnomaviy rejadagi 22 tonna 147 kg. oʻrniga 23 tonnadan ortiq oliy navli pilla hosilini davlat xirmoniga topshirib, yuksak majburiyatlarini sharaf bilan ado etdilar.
- Bugungi 23 tonnadan ziyod yuksak pilla xirmonimizning bunyod etilishida "Qilichboy” ovuli hududidagi 42 ta fermer xoʻjaliklariga birikkan 413 nafar mohir pillakorlarning munosib hissalari bor. Ular mavsum davomida 389 quti ipak qurtlarini ilgʻor tajribalar asosida agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilib, katta mehnat gʻalabasini qoʻlga kiritdilar, - deydi "Qilichboy” ovuli hududi boʻyicha pillachilik bosh mutaxassisi Nafisa Yusupova.
Suratda:
36-yildan buyon ipak qurti boqib kelayotgan mohir pillakor
Tamara Soatova kelini Muqaddas Bobojonova bilan.
Toʻlqinlik pillakorlarning ham bu yilgi pilla xirmonlari sarbaland
boʻldi. "Toʻlqin” ovuli hududidagi 16 ta fermer xoʻjaliklariga birikkan 154 nafar
mohir pillakorlar 223 quti ipak qurtlarini mehr bilan parvarish qilib, yillik
shartnomaviy rejadagi 12 tonna 229
kg. oʻrniga 12,5 tonnadan ziyod "Kumush tola” yetishtirishga
muvaffaq boʻldilar.

Suratda: Mohir pillakorlar Gulzira Abdullayeva (chapda) va Salima Murodovalar bu yilga hosil choʻgʻidan juda xursand.
Qobul ShOMURODOV. Muallif olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶