DOLZARB MAVZUDA SUHBATLAR
2015-2016 oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan ayni kunlarda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan har qanday jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yozgi dam olish taʼtillarini mazmunli oʻtkazish va bolalar xavfsizligini taʼminlash hamda 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq jalb qilish, oʻquvchilar oʻrtasida chet davlatlarga chiqib ketish va erta turmush qurishning oldini olish maqsadida tumanimizdagi barcha maktablarda tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼullari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishlarda tuman XTMFMTTEB, tuman hokimligi huzuridagi VEIB komissiya, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi, tuman IIB VEOʻNHOOGning masʼul xodimlari oʻquvchilarning ustozlari, ota-onalari bilan yoshlar, voyaga yetmaganlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondoshish, oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli va maqsadli oʻtkazishlariga erishish borasida suhbatlashmoqdalar.
(Oʻz muxbirimizdan).
(Foto - http://aomngt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶