30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:50
Fan va taʼlim 👁 3,823

TAʼLIM-TARBIYa SAMARADORLIGI OShMOQDA

TAʼLIM-TARBIYa SAMARADORLIGI OShMOQDA

Hozirgi kunda bizning 64-sonli umumtaʼlim maktabimizda 400 dan ziyod oʻquvchi taʼlim-tarbiya  olishmoqda. Oʻquvchilarga puxta taʼlim va tarbiya berishda 4 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli, 33 nafar  oliy maʼlumotli pedagoglar fidokorona mehnat qilmoqdalar.

Maktabimiz barcha koʻrsatkichlar boʻyicha soʻnggi 7-yil davomida tuman maktablari reytingida birinchi oʻntalikda kelmoqda.

Maktabimiz pedagoglar jamoasining yil sayin yangi yutuqlarga erishuvida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik innovatsiyalardan unumli foydalanish asosiy omil boʻlmoqda. Jumladan, "Oʻrgan-oʻrgat”, "Ustoz - shogird”, "Dars muqaddas”, "Sogʻlom muhit – sogʻlom jamoa”, "Yaxshi muallim – sifatli taʼlim” kabi bir qancha tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi sababli muallimlar ish faoliyatida katta ijobiy oʻzgarishlar sodir boʻlayapti.

"Oʻrgan - oʻrgat” tadbiri doirasida har bir pedagog haftasiga bir marta, oyiga toʻrt marta namunaviy darslar oʻtkazmoqda.

XTMFMTTE boʻlimi rahbarining shu yil 25-fevral kungi maxsus buyrugʻi asosida "Oʻrgan - oʻrgat” tadbiri boʻyicha ish rejasi ishlab chiqildi va reja asosida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Masalan, 5-sonli maktab rahbari va oʻqituvchilari maktabimizga kelib, har xil metodlardan foydalangan holda darslar tashkil etishmoqda. Biz ham 5-sonli maktabga borib, xuddi shu usulda dars oʻtayapmiz va bu jamoaning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganayapmiz.

Bizning oʻz faoliyatimizda yangicha  ish uslublaridan foydalanishimiz oʻquvchilarga berilayotgan taʼlim-tarbiya sifatining oshishiga samarali taʼsir koʻrsatmoqda. Maktabda oʻtkazilgan "Fanlar olimpiadasi”da ishtirok etgan oʻquvchilardan 7 nafari ona tili, tarix, huquq, rus tili, frantsuz tili, qoraqalpoq tili va iqtisod fanlaridan tuman bosqichiga chiqishdi. Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida maktabimiz oʻquvchisi Dinora Rahimboyeva tarix fanidan 71 ball toʻplab, 3-oʻrinni, Shahodat Oʻrozboyeva huquq fanidan 88 ball toʻplab, 1-oʻrinni egalladi va Respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Islomjon Xudoyberganov rus tili fanidan 72 ball toʻplab, 1-oʻrinni, Umida Marksova 64 ball toʻplab, 2-oʻrinni egalladilar.

Maktabda "Bilimlar bellashuvi”ga tayyorgarlik koʻrish reja asosida amalga oshirildi. Bu bellashuvda jami 29 nafar bola qatnashib, ulardan 16 nafari tuman bosqichiga chiqdi. "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida ishtirok etgan oʻquvchilarimizdan 3 nafari quvonarli natijalarni qoʻlga kiritdilar. Rus tili fanidan Ogʻabek Egamberganov, tarix fanidan Bekzod Odilov va matematika fanidan Renat Chorshamovlar bellashuvning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Maktabimizda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 7 turdagi fan toʻgaraklari tashkil etilib, ularda 131 nafar bola faol ishtirok qilmoqda. 6 ta sport toʻgaragida 72 nafar oʻquvchi sportning oʻzlari qiziqqan turi boʻyicha shugʻullanishadi. Bizning yosh sportchilarimiz tuman miqyosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. 2015-2016 oʻquv yilida tuman miqyosida oʻtkazilgan "Umid nihollari” musobaqasida maktabimiz sportchilari badiiy gimnastika, stol tennisi turlari boʻyicha oldingi oʻrinlarni egalladilar.

Shuningdek, maktabimizda "Orasta qizlar”, "Zulfiyaxonim qizlari”, "Yil sardori” va "Kamalak bilimdonlari”, "Yashil chiroq” kabi koʻrik-tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish ishlariga ham alohida eʼtibor beriladi. Albatta, bunday saʼy-harakatlar natijasi maktabimizda taʼlim-tarbiya samaradorligining oshishida namoyon boʻlmoqda.

Shuhrat  QURBONOV, 

64-sonli maktab direktori.   

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026