KOLLEJIMIZ FAXRI
Bizning mustaqil davlatimizda yoshlarning yetuk insonlar boʻlib yetishishlari, ilm olib, oʻz isteʼdodlarini namoyish qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ayniqsa, ularning qobiliyatini namoyish qilishlarida taʼlim muassasalari hamda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan oʻtkazilayotgan turli xil tadbirlarning ham hissasi katta boʻlmoqda.
Izzat Yoʻldoshboyev kasb-hunar kollejimizning eng aʼlochi va jamoatchi yoshlaridan biri sanaladi. U hozirgi kunda kollejning "Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini sozlash texnigi” mutaxassisligi boʻyicha oxirgi bosqich talabasidir.
U yaqinda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Nukus shahrida oʻtkazilgan "Mening biznes gʻoyam” koʻrik-tanlovida faol qatnashib, faxrli oʻrinni egalladi. Bu tanlovda Respublikamiz boʻyicha turli xil kasb-hunar kollejlaridan 100 nafar talabalar oʻz biznes gʻoyalari bilan qatnashib, shulardan 10 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari esa Qarshi shahrida oʻtkaziladigan tanlovga yoʻllanmalar olishdi. Shularning ichida Izzat Yoʻldoshboyev ham borligi bizni juda quvontiradi.
- Men Qarshi shahrida oʻtkaziladigan tanlovda qatnashsam, albatta mamlakatimiz iqtisodiga hissa qoʻshadigan oʻz biznes gʻoyamni himoya qilishga va gʻolib boʻlishga harakat qilaman, – deydi Izzat. U hozirgi kunda tanlovda qatnashish uchun puxta hozirlik koʻrmoqda.
Izzatning kelgusida orzulari yanada koʻp. U kollejni tugatgach, Toshkent Axborot texnologiyalari oliygohida oʻqib, yetuk kompyuter texnologiyalari mutaxassisi boʻlib, Vatanimizga xizmat qilish niyatida. Biz Izzatjonning oʻz orzulariga erishishida oq yoʻl tilaymiz.
Barno OZODOVA, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejining katta oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶