01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:33
Jamiyat 👁 2,953

DINIY BAFRIKENGLIK – TINChLIK OMILI

DINIY  BAFRIKENGLIK  – TINChLIK  OMILI

Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha yoʻnalishlaridagi kabi millatlararo munosabatlar va dinlararo totuvlik sohalarida ham tub oʻzgarishlar yasadi. Mamlakatimiz hududida juda qadim zamonlardan turli millatlarga mansub xalqlar qoʻni-qoʻshnichilik, quda-andachilik, doʻst-u birodarlik asosida tinch-totuv va oʻzaro hamkorlikda yashab kelganlar. Moziyga nazar solsak, Oʻzbekiston hududida milliylik va millatchilik negizida hech qachon mojarolar boʻlmagan. Bu xalqimizning oʻziga xos xususiyati va bagʻrikengligining yorqin ifodasidir.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida boshlangan izchil islohotlar hamon davom etmoqda va oʻz samarasini bermoqda. Buning samarasi oʻlaroq jonajon yurtimizda 136 millat va elat oʻzaro totuv yashayotganligi, millat va elatlarning koʻpligi kabi dinlarning soni koʻp esada, ularning orasida oʻzaro bagʻrikenglik mavjudligini misol qilib keltirib oʻtishimiz mumkin.

Mamlakatimiz moziydan mehmondoʻst va bagʻrikeng davlat boʻlib tarixdan oʻrin olgan. Zero, Oʻzbekistonning hozirgi hududida 1897-yilda 70 ta millat va elat vakillari yashagan boʻlsa, hozirgi kunda esa 136 ta millat va elat vakillari tinch va osoyishta, teng huquqli istiqomat qilishmoqda. Albatta, bu jarayon oʻz-oʻzidan, tasodifan yuzaga kelmaydi, balki, u demokratik jamiyat qurish yoʻlidan borayotgan davlatning adolatli, milliy va diniy siyosati hosilasidir.

Davlatimizda mavjud diniy bagʻrikenglik borasida fikr yuritadigan boʻlsak, mustaqillik yillaridan ilgari ham mamlakatimizda turli din vakillari faoliyat olib borganlar. Xususan, Sohibqiron bobomiz Amir Temur boshqa din vakillariga nisbatan hushmuomala va hamfikr boʻlganlar. Maʼlumotlarga koʻra, bir kuni Sohibqiron bobomiz din vakillarini oʻz saroyiga jam qilib, ularga ziyofat uyushtirgani va ular bilan oʻzaro yaxshi muomalada boʻlgani hamda bir dasturxon atrofida oʻtirganligi maʼlum. Zero, Alloh taolo ham bu borada oʻzining Kalomi Sharifida: "Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, Ahli Kitoblarning taomi sizlar uchun halol va taomingiz ular uchun haloldir”, - deya marhamat qilib, oʻzaro inoqlikda toʻsiq yoʻqligiga ishora berilgan boʻlsa ne ajab.

Xalqimizga xos bagʻrikenglik tamoyili har bir millat yoki davlatning oʻz urf-odati, marosimi boʻlishini tan olishni, boshqa anʼanalarga toqatli boʻlishni taqozo etadi. Koʻpchilik oʻzbeklar vafot etgan odam  qabri ustida aroq ichish yoki jasadni kuydirish kabi odatlarni tushuna olmaydi. Ayni paytda millatimizda oʻzgalar odatini oʻzgartirish niyati ham yoʻq. Asosiy masala, birovlarga malol kelmasdan yashash bilan birga, boshqalarning ham biz muqaddas sanagan qadriyatlarga tajovuz qilishiga yoʻl qoʻymaslikdir.

Keyingi vaqtlarda missionerlik va prozelitizm (bir dindan boshqa dinga ogʻdirish) zimdan kuchaytirilmoqda, anʼanaviy tarzda islom diniga eʼtiqod qilib kelgan oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq millatiga mansub kishilarni xristian, bahoiy, krishnaizm kabi  dinlarga daʼvat qilish hollari kuchaymoqda. Maʼnaviyatga eʼtiborsiz ayrim kimsalar bu xavf-xatarning asl mohiyatini va tahdidini anglab yetmayaptilar. Millatni boʻlib tashlash, unga hukmronligini oʻtkazish, uning dinini, imonini boʻlib tashlashdan boshlanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov ogohlantirganidek, "millatni boʻlib tashlashga xizmat qiladigan har qanday gʻoya – buzgʻunchi gʻoyadir”. Bagʻrikenglikning mezoni bitta – bu milliy manfaat.

Biz hamisha mamlakatimiz osmoni musaffo, tinch, farovon, xalqimiz osoyishta va ahil boʻlishini, shundayin odilona siyosat olib borayotgan Yurtboshimizning boshlari omon boʻlishini Allohdan takror va takror soʻrab qolamiz!

 

Shukrulloh ABDURAHMONOV,

Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy

nomidagi oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi.

(Foto - http://huquqburch.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026