15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 00:49
Jamiyat 👁 4,324

DIYDOR ShIRIN

DIYDOR ShIRIN

"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi sifatida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatida tez-tez boʻlib turaman. Har safar tumanimiz ijod ahlining homiysi boʻlgan qutlugʻ dargohga kelganimda bu yerda ijod qilayotgan insonlar bilan diydorlashishdan koʻnglimda ajib shodlik, mehr uygʻonadi. Ijodiy xodimlar bilan uchrashish, diydorlashish, ijod haqida beminnat maslahatlarini olishga har doim oshiqib turishimning boisi ham shunda.

Ijodkorlarning bilim saviyasini oshirish, fikr doirasini kengaytirish maqsadida bu yerda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. NNT raisi, ustozimiz Ahmad aka Nafasov boshchiligida tumanimizdagi taʼlim maskanlarida adabiy-badiiy tadbirlar, ijodkor yoshlar bilan tez-tez uchrashuvlar, mushoiralar oʻtkazilmoqda, koʻrik-tanlovlar uyushtirilib, ularning badiiy ijod, tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi ijod mahsullari tumanimiz gazetasi sahifalarida muntazam yoritilmoqda. Tashkilot huzuridagi kutubxona esa bugungi kunda tumanimiz yoshlarining haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylangan.

NNT kutubxonasi jamgʻarmasidagi 2 mingdan ortiq kitoblar orasida yoshlar hayotiga oid eng sara asarlar, ayniqsa, tarixiy mavzudagi adabiyotlar oʻrin olgan. Kutubxonada kitoblar javonidan oʻrin olgan bolalar adabiyoti durdonalarini koʻrib, koʻzingiz quvnaydi.

- Kutubxonamiz aʼzolari asosan yoshlar, - deydi NNT raisi Ahmad aka Nafasov. – Lekin yoshi ulugʻ kitobxonlarimiz ham anchagina. – Yoshlar bilan bab-baravar kitob oʻqiyotgan kitobxonlarimizdan Ismoil Yusupov, Ibrohim Ismoilov, Tursunboy Abdullayev, Norimbat Tojiboyev, faxriy jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozovlar kutubxonamizning eng faol aʼzolari.

Tumanimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotida oʻz oʻrniga ega bu ustozlarning biri umrining 35-40-yilini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan boʻlsalar, ustoz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov butun umr oʻz ijodiy faoliyati davomida yosh ijodkorlarga gʻamxoʻrlik qilib kelmoqda.

- "Jayxun ilhomlari”  NNT ning tashkil etilishi nafaqat yoshlar, balki biz keksalar uchun ham ayni muddao boʻldi, - deydi Ismoil aka Yusupov – kitobxonlik bahonasida tez-tez bir-birimiz bilan diydorlashib turibmiz.

- Toʻgʻri aytasiz, - suhbatimizga qoʻshildi Norimbat aka Tojiboyev, - diydor shirin. Bir-birimiz bilan boʻladigan samimiy  suhbatlar undan-da shirin.

- Ana shu suhbatlar asnosida kutubxonaga tashrif buyurayotgan yosh kitobxonlar, ijodkor yoshlar bilan tanishib, ularning ijod mahsullaridan ham bahramand boʻlmoqdamiz, - quvonchini yashira olmaydi ustozimiz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov.

Haqiqatan ham qisqa vaqt ichida "Jayxun ilhomlari” NNT tumanimiz axlining, ayniqsa, yosh ijodkorlarning sevimli dargohiga aylandi. NNT ofisiga haftaning qaysi kunida kelmang, hamisha qandaydir tadbirning guvohi va ishtirokchisiga aylanasiz. "Kitob sayillari”, "Kitobxonlik – maʼnaviyat kaliti” tadbirlari, davra suhbatlaridan tashqari, oʻquv maskanlari, ovul va mahallalalarda oʻtkazilayotgan "Maʼnaviyat kunlari”, "Sanʼat gʻunchalari” kontsert dasturlarida yuzlab yoshlar ishtirok etishmoqda. Bunday samimiyat, oʻzaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik ufurib turgan uchrashuv kechalarida bir-birlari bilan diydorlashayotgan ijodkor yoshlar qalbida milliy maʼnaviyatimizga daxldorlik, ona Vatanga, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻulari joʻsh urmoqda. Bu joʻshqinlik ularni yanada sermahsul ijod sari undashi tabiiy. Chunki bunda ijod ahliga va demakki, ularning koʻngil mulkiga eʼtibor va ragʻbat bor. Koʻngil esa hamisha eʼtiborga, iliq mehrga tashna. Bu tashnalik davosi samimiyat va diydordir. "Jayxun ilhomlari” NNT oʻz tadbirlari bilan qalblarga ana shunday iliq mehr va samimiy diydor quvonchini ato etadi.

Gulnora YuSUPOVA,
NNT aʼzosi, "Oʻrta qalʼa” ovuli.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019