MAʼNAVIY HORDIQ NIMA?
Inson charchaganda dam olgisi keladi. Dam olish deganda faqatgina koʻzni yumib uxlash emas, balki biron-bir oʻzimizga qiziqarli boʻlgan yumush bilan, masalan, radio eshitish, televizor tomosha qilish, toʻqish yoki bichish-tikish bilan shugʻullanish mumkin. Axir, charchab turib qanday mashgʻulot bilan shugʻullanishimiz mumkin, dersiz?
Inson tushkunlikka tushganda yoki charchab, biron-bir yumushimizni qilishimizdan koʻnglimiz sovub boshlaganida oʻzimizga manzur foydali ish bilan mashgʻul boʻlsak, vujudimizda boshqacha bir shijoat va gʻayrat uygʻonganini sezamiz. Masalan, bichish-tikishni olaylik. Agar birorta koʻylak tikib, uning fasonini ham oʻzimiz yaratib, yangi dizayn kashf qilsak, oʻzimizni hamma narsaga qodir insonlarday his eta boshlaymiz, oʻzimizga ishonchimiz orta boshlaydi.
Sevimli mashgʻuloti bilan shugʻullangan inson, albatta maʼnaviy hordiq oladi. Buni men oʻzimda ham koʻp sinab koʻrganman. Siz ham bir bor urinib koʻring-chi!
Mutaxassislarning fikricha, qancha tikish tiksak, asab tolalarimiz shuncha koʻp tiklanar ekan. Chunki bunda barmoqlarimiz harakatga keladi, deydi doim onam. Yoshlar boʻsh vaqtini koʻpincha kompyuter oʻyinlari yoki internetdagi har xil saytlarga kirish bilan oʻtkazishi shart emas. Qizlar bichish-tikish va toʻqish, yigitlar duradgorlik yoki bogʻ ishlari bilan shugʻullanishsa, asablari mustahkam boʻladi. Biz oilada ota-onamizning bundaymaslahatlariga hamisha amalqilamiz. Kompyuter texnologiyalaridan oqilona foydalanishga harakatqilamiz.
Ota-onamizning bunday qattiqqoʻlligi esabizning boʻsh vaqtimizdan unumli foydalanishimiz, aqliy mehnat bilanjismoniy mehnatni qoʻshibolib borishimizda muhim ahamiyatkasb etmoqda. Bundan hammuhimi, biz oʻz vaqtidamaʼnaviy, madaniy hamda jismoniyhordiq chiqarishni oʻrganayotirmiz.
Oyzoda MUXANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶