DOʻSTLIK – BEBAHO
Doʻstlik – boylik bilan oʻlchanmaydigan bebaho rishtadir. Doʻstlik odamning yoshlik paytlaridan boshlanadi. Yoshlikda orttirgan qadrdon doʻstlarimizning qadr-qimmatini keyin tushunib yetamiz. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz "Kiyimning yangisi yaxshi, doʻstning eskisi yaxshi” deyishgan. Negaki oradan qancha kun, yillar oʻtsa-da, odam bolalik yillaridagi samimiy doʻstlarini eslaydi, ularni unutmaydi, qoʻmsab, sogʻinadi.
Doʻstga sodiqlik ham odamlarni baxtga yetaklaydi. Odamzotning qiyin kunlar boshiga tushganda ham uni yengib chiqishida doʻstning koʻmagi, daldasi katta kuch boʻlarkan. Yuzaki doʻstlar shunday kunlarda bilinadi. Shuning uchun azizlar, doʻstni tanlay bilish kerak. Doʻstlik bebaho ekanligini oʻz vaqtida anglab, qadriga yetib, unga sodiq boʻlish lozim.
Ota-bobolarimiz ham qadimdanoq koʻp millatli yurtda totuvlikda, doʻstlikda, ahil-inoqlikda yashashgan. Shuning uchun ham xalqimizni mehmon-doʻst xalq, deyishlari bejiz emas. Bunga misol qilib Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari doʻstlikda, totuvlikda yashayotganini aytish mumkin. Xalqimizning doʻsting koʻzdan uzoqda boʻlsa ham koʻngildan uzoqda boʻlmasin, deganlari haq gap. Shunday ekan, doʻstlikni avaylaylik, doʻstlar!
Mahliyo RAHIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶