01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:57
Jamiyat 👁 2,974

HALOL MEHNATDAN ZIYNATLANGAN XONADON

HALOL MEHNATDAN ZIYNATLANGAN XONADON

Mamlakatimizda inson omiliga, uning baxtiyor va farovon yashashiga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar har bir oilada, har bir inson hayotida oʻz ifodasini topmoqda. Yurtimizning qaysi bir xonadoniga bormang, obod va shinam hovli-joy, koʻkalamzor bogʻlarni koʻrib koʻzing quvnaydi odam.

- Istiqlol bizga oʻz oʻtirish-turishimiz, oilamiz, farzandlarimiz haqida qaygʻurish, turmush tarzimizni oqilona tashkil etish imkonini berdi. Hozir deyarli har hafta  xonadonlarimizga tibbiyot xodimlari, MFY xodimlari, oʻqituvchilar kelib, obodonligi, ozodaligi va hatto maktab yoshidagi nevaralarimizning nima mashgʻulotlar bilan bandligini ham soʻrab-surishtirib, maslahatlar berib ketishadi. Ilgari esa mehnat kishisidan faqat ish... ish unumi talab etilar, odamlarning qanday  yashashiga hech kim qiziqmasdi. Bugungi dorilomon kunlarga shukur qilib, bardavom boʻlmogʻi uchun kurashishimiz kerak, - deydi Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvchi 75 yoshli otaxon Kenjaboy Qurboniyozov.

Otaxonning bolalik davri Ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillariga, elning qahatchilik kunlariga toʻgʻri keldi. Ota-onasi shunday boʻlsa-da uning oʻqib, ilm olishiga sharoit yaratdi. Maktabni tugatgach, oliygohda oʻqib, oliy maʼlumotli agronom boʻldi. 1965-67-yillarda Armiya safida xizmat qildi. 1968-yildan 2001-yilgacha qishloq xoʻjaligi sohasida turli lavozimlarda mehnat qildi. Turmush oʻrtogʻi – bir umr gʻisht zavodida ishlab, ayni kunda nafaqadagi mehnat faxriysi Rahima Yendirboyeva bilan 7 nafar farzandni odob-ikromli, maʼnaviyatli, el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazishdi. Hozir ular turli sohalarda mehnat qilishmoqda.

Oʻgʻil-qizni oʻqitib, uyli-joyli qilib, koʻngillari xotirjam boʻlgan otaxon va onaxon endilikda nevaralar tarbiyasi bilan mashgʻul, atrofi doim kichkintoylari, mahalladoshlari va qoʻni-qoʻshnilari bilan gavjum boʻladi. Halol mehnatdan obod, bir-biriga mehr-oqibatdan oʻzgacha bir tarovat va fayz kasb etgan bu xonadondagi baxtiyorlikka, osoyishtalikka koʻpchilik havas bilan qaraydi. Yuzlaridan nur yogʻilib turgan Kenjaboy ota, ayoli – oddiy gapga ham hazil-mutoyibadan toʻn kiydirib, kulguli qilib aytib, dilingizdagi gʻuborni aritib yuboradigan Rahima momolarning xonadoni shu boisdan ham doim gavjum boʻladi.

Otaxon ham, onaxon ham hech kimdan maslahatini, yoʻl-yoʻrigʻini ayamaydi. Sahar turib hovlisi atrofidagi, polizidagi mevali, manzarali daraxtlarni parvarishlab, ekinlariga qarab, barchaga shaxsiy oʻrnak boʻlishadi.

 Ularning hayotiga teranroq razm solgan kishi oiladagi tinchlik, osoyishtalik va ahillikning kishi hayotini naqadar totli qila olishini anglashi qiyin emas.

Butun hayotini el-yurt maʼmurligi  yoʻlidagi mehnatga bagʻishlagan Kenjaboy ota Qurboniyozov va Rahima ona Yendirboyevalarga mehnatlaringiz rohatini koʻrib, uzoq yashang, deya tilak bildiramiz.


Oygul RAJABOVA,

Mahmudjon ShOMURODOV,

gazetaning maxsus muxbirlari.

Suratda: Kenjaboy Qurboniyozov, uning turmush oʻrtogʻi Rahima Yendirboyevalar kelini va
nevaralari bilan.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026