ISTIQLOLIM – ISTIQBOLIM
Istiqlol! Sen tufayli bugun biz erkin nafas olmoqdamiz, sen tufayli bugun har bir kunimiz osuda, tunlarimiz tinch, koʻngillar xotirjam. Ona diyorim – Oʻzbekistonimning har bir goʻshasi oʻz fayzi, nafosati bilan bugun odamni oʻziga mahliyo qiladi. Har bir goʻshada bugun hamma soha jadal rivojlanib bormoqda. Senga ishonib bugun biz yoshlar porloq kelajak sari dadil qadam qoʻyib, ilm olib, mehnat qilib, oʻz maqsadlarimiz yoʻlida harakatdamiz. Garchi biz yoshlar mustabid tuzum, urush davriga, uning dahshatlariga guvoh boʻlmagan boʻlsak-da, biz bularni bobo-buvilarimizdan, ustozlarimizdan eshitib, katta saboq olganmiz, yaʼni bugungi farovon hayot qanchadan-qancha begunoh insonlarning shirin jonlari, minglab insonlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga kelganligini anglab etganmiz. Biz sening qanchalar qadrli ekanligingni bilamiz va biz ham seni qadrlaymiz.
Istiqlolim! Senga erishilganidan keyin Vatanimiz oʻz istiqboliga ham erishmoqda. Goʻyoki istiqbol sening farzanding. Bugun Ona Vatanim xalqaro maydonda oʻz oʻrniga ega boʻldi. Yuzlab, balki, minglab korxonalar xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilmoqda. Ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlar chet mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Bir-biridan tekis va ravon yoʻllar, eng soʻnggi rusumdagi transportlar, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bugun xalq xizmatida. Ularning bari zamon bilan hamnafas usulda yaratilgan. Bularning bari sen tufayli bunyod boʻlgan. Mana sanoqli kunlardan keyin eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kunini nishonlaymiz. 25 yoshing muborak, Istiqlolim!
Sevara IBROHIMOVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶