01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 17:07
Jamiyat 👁 3,246

OʻZIMIZDAN ChIQQAN “BALO”LAR

OʻZIMIZDAN ChIQQAN “BALO”LAR

Odatda keksalar yoshlar haqida suhbat ketsa, koʻpincha tanqidiy fikrlar bildirishga odatlanib qolishgan: biz ularday vaqtimizda unday qilganmiz, bunday boʻlganmiz...

Toʻgʻri, ulugʻ yoshli kishilar oʻsmir yoshlar tugul oʻrta yoshlilarga nisbatan ham ogʻir sharoitlarda yashashgan, mehnat qilishgan, oila tebratishgan. Biroq har bir davrning oʻziga xosligi boʻlganidan boshidan oʻtganlarini birovga minnat qilish, yo nega sen menday emassan, deya talab qoʻyish menga oʻrinsizday tuyulardi doim. Lekin odam ulgʻaygani sari orqasidan voyaga yetib kelayotgan avlodga teranroq razm solib, koʻngli toʻlmagan jihatlarga ogʻirinib yashashini oʻz boshimdan oʻtkaza boshlagach, anglay boshladim.

Hozir ayni yoz. Oʻquvchilar, talabalar ham taʼtilda, ota-onasi bagʻrida. Shahar koʻchalarinimi, istang, ovullarni kezsangiz, guras-guras  ota-onasining joniga oro  kirguday boʻlib qolgan oʻgʻil-qizlar yo telefon oʻynab oʻtirgan, yo nos otib, oʻtgan-ketganni muhokama qilib oʻtirganini koʻrasiz. Xizmatchilik, baʼzan bordi-keldilar chiqib kechqurunlari uyga qaytsam ham boʻy yetay deb qolgan yigitlarni, qizlarni koʻchada koʻrib hayron qolaman, ularning ota-onalarining koʻzi qayerda, nega farzandlarining nima qilib, kim bilan yurganiga eʼtibor berishmaydi, nega biron foydali mashgʻulotlarga jalb qilishmaydi, deb oʻylayman. Axir buningdek nazoratsizlik, bekorchilik yoshlarda koʻpgina nomaqbul odatlarning shakllanishiga, koʻngilsiz voqealarning kelib chiqishiga zamin yaratmaydimi?

- Har safar yozgi taʼtildan soʻng oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida  sogʻinib, qoʻmsab qarshi olamiz. Biroq  ularning koʻpchiligining tillari qoʻpol soʻzlarga oʻrganib qolganini, sinfdosh, maktabdoshlar bir-biriga bepisand qarayotganini koʻrib xafa boʻlamiz. Biroz toʻpolonchi, biroz beboshroq boʻlib qaytgan oʻquvchilar hafta, oʻn kun oʻtib, yana avvalgi holatiga qaytadi. Ayrimlarini yoʻlga solish  juda qiyin kechadi. Bu oilalarda ayrim ota-onalarning farzandlari bilan yetarlicha shugʻullanmaganliklari, oʻz holiga tashlab qoʻyishganini  koʻrsatadi.

Demak, taʼlim-tarbiyada uzviylik juda muhim ekan. Shuni inobatga olib, oʻquvchilarni yozgi taʼtilga kuzatish oldidan maktabda ota-onalar  yigʻilishlarini oʻtkazib, buni tushuntirishga harakat qilamiz. Biroq ishonsangiz, yigʻilishlarimizga oʻquvchilarimizning ota-onalarining yarmi ham kelmaydi. Odamlar oʻz jigargoʻshalarining taqdiriga shunchalik befarqmi? Nahot farzandining maktabdagi, sinfdagi xulq-atvori, oʻqib-oʻrganishga boʻlgan intilishi qay ahvoldaligi ularni qiziqtirmasa?

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlaydigan ayolning bu mulohazalari birgina maktabga taalluqli emasligi barchaga ayon.

Koʻrinishidan 16-17 yoshlar chamasidagi sochlarini yoyib, tirnoqlarini boʻyab, atir-upa surib, oʻziga erinmay oro berganligidan qoʻgʻirchoqqa oʻxshab qolgan ikki qiz bilan taksida hamroh boʻlib qoldim. Taksi haydaguncha, manzilimizga yetgunimizga yigirma daqiqaday vaqt oʻtgan boʻlsa, shuncha vaqt ikkala qiz telefonidagi rasmlarini bir-biriga koʻrsatishdan, baholashdan boʻshamadi.

– Voy, qaytadan koʻraylik, zoʻr tushibsan.

– Bunisi konkret boʻpti-ov.

Qizlar "konkret” deganda nimani nazarda tutdi, bilolmadim, biroq bir-biriga koʻrsatayotgan rasmlar (yoningdagi odamga  koʻrinib turadi-da) oʻzlariniki ekanligini aniq koʻrdim. Turli holatda, turli kiyimda, goh jilmayib, goh xayol surib turgan onlarini oʻzlari suratga olganligi tayin. Lekin birovning suratini, yanayam anigʻi, yoningdagi odamning suratini koʻrishning ne qizigʻi borligini hech tushunolmadim. Jonsiz telefon ekraniga qaragandan, yuzma-yuz koʻrishish, suhbatlashish koʻproq tasavvur bermaydimi, axir odamga.

Taksi haydovchi yoshgina  yigit ularga suqlanib-suqlanib qarab qoʻydi-da, telefoniga kelgan qoʻngʻiroqqa javob bera boshladi.

- Oʻgʻlim, yo telefoningni, yo mashinangni oʻchir, bizni eson-omon manzilimizga yetkaz, - deya eʼtiroz bildirdim men.

- Qoʻrqmang, ayapa, mashinada bir siz emassiz, beshta jonmiz-ov, - dedi haydovchi yigit zarracha xijolat chekmay.

- Besh odamning taqdiri qoʻlingda ekanini bilsang, nega ham telefonda gaplashayapsan, ham tezlikni oshirib haydayapsan.

Haydovchi mening gapimga javob berish oʻrniga hamsuhbatining bir gapini eshitmay qoldi shekilli, menga sekinroq, deganday labiga barmogʻini bosib imo qildi-da, qaytarib soʻradi:

- Ertaga deysanmi, soat nechchida yigʻilamiz.

Haydovchining suhbati tugaguncha uyimga yetdim.

Kun boʻyi ishlab charchamagan edim. Yoʻlda uyga yetgunimcha koʻrgan sarguzashtlarimdan boshim gʻovlab ketdi.

Nafaqat oʻsmir qizlar, balki yigitlar orasida ham oʻz-oʻzini suratga olish, oʻz-oʻziga mahliyo boʻlib tomosha qilish, tibbiyot tili bilan aytgan-da,  selfimaniyaning tobora xavfli tus olib, ommalashib ketayotgani jamiyatimizga jiddiy xavf tugʻdirayotgan bir vaqtda ota-onalarning voyaga yetmagan oʻgʻil-qizining qoʻliga  qimmatbaho telefon tutqazib, farzandi oʻsha matohdan nima maqsadda foydalanayotganini nazorat qilmay, bamaylixotir yurishgani kishini ajablantiradi. Qolaversa, odam qanday faoliyat turi bilan shugʻullansa-da, shunga doir davlatimizning amaldagi qonun-qoidalarini bilmogʻi, amal qilmogʻi ham lozim emasmi? Oʻsha taksi haydovchisining ota-onasi buni oʻgʻliga tushuntirib borsa, bir yoʻlovchining eʼtirozini inobatga olgan boʻlarmidi, buningdek ahvollar barham toparmidi?

... Oʻtgan yili kasb-hunar muassasalaridan birida 1-bosqichda oʻqib, yotoqxonada yashaydigan qiz oliygohda oʻqiydigan bir yigitni toʻyda koʻrib, yoqtirib qolgan. Qoʻngʻiroqlariga javob bermagach, qiz noiloj yigitning izidan u oʻqiydigan shaharga izlab borgan. Bundan jahli chiqqan yigitning soʻkib, haqoratlab boshqa qorangni koʻrmayin, deganiga chidolmagan qiz oʻz joniga  qasd qilishga uringan. Buni ham oʻz xonadonida, boshqalarga sezdirib, (axir jabrlanuvchiga qutqaruvchi kerak-da) amalga oshirgan. Bundan akasini xabardor qilgan yangasini nega mening  ishimga aralashasan, deb yumdalashgacha borgan.

Oilalarimizda farzandlarimizga sharqona odob-axloq, tarbiyani kichkinaligidan singdirib borish oʻrniga, ular oʻz holicha xorij filmlaridan, "ommaviy madaniyat”ning ayrim koʻrinishlaridan namuna olib ulgʻayishayapti. Oqibatda esa yuqorida taʼkidlaganimizday, xarakterida boʻlmagʻur odatlar shakllanayapti.

Afsuski, buningdek koʻngilsiz holatlar bitta yo ikkita emas, balki koʻp sodir boʻlayotgani kishini tashvishlantiradi. Bundan ham yomoni, oʻtgan yilning oʻzida tumanimizda voyaga yetmaganlar tomonidan 5 ta jinoyat (ha, ha, jinoyat!) sodir etilgan.

150 nafar voyaga yetmaganlar har xil huquqbuzarlik harakatlarini sodir etganliklari uchun voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish guruhi xizmatxonasi va militsiya tayanch punktlariga olib kelingan. Ularning 7 nafari hech qayerda oʻqimaydigan, ishlamaydiganlar boʻlsa, 34 nafari umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, 108 nafari kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridir.

Joriy yilning oʻtgan olti oyi mobaynida esa 120 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan turli xil huquqbuzarliklar sodir etildi.

 Xoʻsh, taʼlim maskanlarida, oilasida oʻqib, ilm oʻrganishlari, maʼnaviy va jismoniy jihatdan barkamol boʻlib ulgʻayishiga barcha sharoitlar muhayyo boʻlgani holda nega ayrim yoshlarimiz buningdek yoʻllarga kirib ketayapti?

Agar masalaga teranroq nazar soladigan boʻlsak, bu - maʼnaviy, maʼrifiy va axloqiy tarbiyadagi biz ota-onalarning, ustoz muallimlarning kamchiligimiz ekanligini sezishimiz qiyin emas. Hech qaysi noqobil oʻsmir osmondan tushmaydi, yerdan koʻkarib chiqmaydi. Bas, shunday ekan, najot kaliti ham oʻzimizdadir. Agar ularning tarbiyasi yana oʻz holiga  tashlab qoʻyilaversa, bundan ham koʻproq koʻngilsizliklar kelib chiqmasligiga kim kafolat beradi? Unda oʻzimizdan chiqqan "balo”larning dodini kimga aytamiz?

Oygul RAJABOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026