MUSTAQILLIGIMIZNING 25-YILLIGIGA QOʻShGAN HISSAMIZ
"Goʻzal va betakrorimsan, mustaqil Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida mustaqilligimizning 25-yilligini kutib olish uchun tayyorgarlik koʻrgan 55-sonli maktabimiz jamoasi maktab hududi va sinfxonalarni ham bayramona bezatib, yangi oʻqish yiliga taxt qilib qoʻydilar. Har bir sinfxona, sinf derazalarigacha gullar bilan bezatildi. Maktabimizdagi devoriy gazetalar allaqachon 25-yillik bayramimiz va mustaqillikni madh etuvchi sheʼrlar bilan bezatildi. Maktabimizda uzluksiz navbatchilik yoʻlga qoʻyildi. Daraxtlarga ishlov berilib, ohaklandi. Bunday ishlarni olib borishda maktab direktori D.Artikov, xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Yu.Agaboyev, maktabimiz maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari N.Oʻrozboyev hamda maktab ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Oʻrozboyevalar barchaga shaxsiy namuna boʻldilar.
Zuhra AHMEDOVA.
(Foto-http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶