30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Fan va taʼlim 👁 2,712

TAʼLIM-TARBIYa JARAYoNIDAGI BOʻShLIQLAR: ULAR QANDAY BARTARAF ETILADI?

TAʼLIM-TARBIYa JARAYoNIDAGI BOʻShLIQLAR: ULAR QANDAY BARTARAF ETILADI?

Biz bilamizki, taʼlim-tarbiya jarayonidagi boʻshliq – bu taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillar natijasida oʻquvchilar bilimida paydo boʻlgan uzilishlar, oʻzlashtirilmay qolgan bilim, koʻnikma va malaka elementlaridir. Bu biz, taʼlim sohasi xodimlarini doimo oʻylantirib kelayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Xoʻsh, shunday ekan, boʻshliqlar qachon namoyon boʻladi?  

Bunday boʻshliqlar asosan fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishi, maktab maʼmuriyati tomonidan oʻtkazilgan ichki nazorat jarayonida, tuman, shahar XTMFMTTEB hamda hududiy boshqarmalar, xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tashqi monitoring va oʻquvchilarning turli xildagi koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki jarayonlarida yuzaga keladi. Demak, har bir pedagog yoki maktab rahbariyati tashqi monitoring jarayonini kutmasdan, ichki nazorat ishlaridan keyin xatolar ustida ishlashga alohida eʼtibor qaratishi zarur.

Taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qiladigan yuqoridagi kabi omillarni aniqlash usullari ham mavjud. Yaʼni, maktab rahbarlari va ularning oʻrinbosarlaridan, oʻquvchilardan, oʻqituvchilardan olingan anketa soʻrovnomalarini tahlil qilish, oʻquvchilar oʻrtasida test sinovlari yoki yozma ishlar hamda oʻqituvchilar oʻrtasida test  sinovlari oʻtkazish orqali salbiy taʼsir qiluvchi omillarni bartaraf etish mumkin.

Taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi eng asosiy omillarni esdan chiqarmasligimiz zarur.

Bular – oʻqituvchining kasbiy  tayyorgarlik darajasi va kasb mahoratining talab darajasida emasligi, AKT vositalaridan muntazam ravishda foydalanmasligi yoki ayrim fanlar boʻyicha mutaxassislarning yetishmasligidir. Bundan tashqari, maktablarda katta mablagʻlar hisobiga yaratilgan shart-sharoit va moddiy–texnika bazasidan samarali foydalamaslik, maktabda taʼlim-tarbiya jarayoni va fan uslub birlashmasi, uslubiyat kengashlari faoliyati yaxshi tashkil etilmaganligi, oʻquvchilarning taʼlim olishlari uchun oilada nazorat yetarli emasligi ham yuqoridagi kabi salbiy taʼsir etuvchi omillardandir. Taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi eng asosiy omillar oʻrganilib, tahlil qilinganda, oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalari aniqlanib, ommalashtirilmaganligi, dars jarayonida zamonaviy AKT dan foydalanishni toʻgʻri yoʻlga qoʻymaganligi, maktab rahbarlari tomonidan tashqi va ichki monitoring natijalari tahlil etilmay, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanmaslik holatlari  maʼlum boʻldi. Oʻqituvchilardan olingan soʻrovnomalar natijasiga koʻra, oʻqituvchilar oʻz fani boʻyicha ilgʻor ish tajribalari va yangiliklarni bilmasligi, zamonaviy AKTdan, boʻshliqlarni toʻldirish boʻyicha fanlar kesimida tavsiyalardan, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan, elektron darslik, virtual laboratoriyalardan foydalanmasligi aniqlandi.

Taʼlim muassasasida sogʻlom muhitni shakllantirishda eng avvalo, maktab rahbariyatining adolatli yondashuvi va samarali boshqaruvi oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarning shaxsiy qobiliyatlari, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratlari hurmat qilinishi, jamoatchilik bilan samarali hamkorlikning yoʻlga  qoʻyilganligi, oila-mahalla-taʼlim muassasalari hamkorligi doirasida oʻtkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar, davra suhbatlari samarali natijalar beradi.

Bu vazifalarni amalga oshirish bizni, shubhasiz, oʻz kelajagimizning haqiqiy bunyodkoriga aylantiradi. Bizning halqimiz hamisha ertangi kuniga katta umid bilan qaraydi. Shu maʼnoda oʻz farzandining baxtli, saodatli, bilimli, kasb-hunarli, yuksak maʼnaviyatga ega boʻlib yetishishini istaydi. Orzu-umidlar, ulugʻvor rejalar roʻyobi uchun esa faqat istakning oʻzi yetarli emas. Buning uchun har birimizning qalbimizda chinakam fidoyilik bilan el-u yurtga muhabbat tuygʻusi uygʻunlashib ketmogʻi kerak.

Fursatdan foydalanib barcha hamkasblarimni, ona Vatan kelajagi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni mustaqilligimizning shonli 25 yilligi va Bilimlar kuni bayramlari bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, farzandlarimiz barkamol, xonadonlarimiz hamisha obod boʻlsin!

Ravshan XALMURATOV,

tuman XTMFMTTEB huzuridagi Davlat taʼlim standartlariga rioya etish monitoringini uslubiy taʼminlash kichik guruhi rahbari, Xalq deputatlari tuman Kengashi  deputati.

(Foto - http://karsu.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026