14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:27
Fan va taʼlim 👁 3,618

IBRAT SABOQLARIGA AYLANGAN “XOTIRA DARSLARI”

IBRAT SABOQLARIGA AYLANGAN “XOTIRA DARSLARI”

"Inson – aziz, xotirasi - muqaddas”, - derdilar doim Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti, barchamiz uchun qadrli, xalqparvar, vatanparvar inson Islom Abdugʻaniyevich Karimov.

Butun hayotini el-yurt obodligi, xalq farovonligi va osoyishtaligi, millatlararo totuvlik va tinchlikni taʼminlash ishiga bagʻishlagan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan ham aziz xalqini, har bir Oʻzbekiston fuqarosini qadrlab, ulugʻ ajdodlar xotirasiga dilidagi cheksiz hurmat va ehtiromini amaliy ishlari bilan ifoda etib yashadilar.

Mamlakatimizning barcha oʻquv muassasalarida 4-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti xotirasiga bagʻishlangan "Xotira darslari”da Islom Abdugʻaniyevich Karimovning Oʻzbekiston xalqiga nechogʻlik buyuk ehtiromlar koʻrsatgani, pirovardida oʻzbek xalqini kelajagi porloq, eng ulugʻ va eng aziz yoʻlga olib chiqqani, bu yoʻlda qilgan sabr-matonati, mamlakat rahbari sifatidagi buyuk jasorati haqida hikoya qilindi.

Ulugʻ Yurtboshimizning ona Vatan ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida tashkil etilgan "Xotira darslari” tumanimizdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va barcha umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilar I.Karimovning tarjimai holi bilan tanishtirilgach, Islom Karimovning Oʻzbekistonni mustaqil davlat  sifatida ravnaq toptirish, jahondagi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish yoʻlidagi fidoyiliklari, Oʻzbekiston mustaqilligining asoschisi, shu barobarida mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan, milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqli davlat  arbobi, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, mislsiz oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatidagi xizmatlari haqidagi lavhalar namoyish etildi.

Ayniqsa, oʻquvchilarga "Xotira darslari”da xalqimizning oʻziga xos xususiyatlari hamda jahon tajribalarini oʻzida mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning  yangi modeli – iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning oʻzi bosh islohotchi ekanligi, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va nihoyat kuchli ijtimoiy himoya kabi besh mashhur tamoyilni oʻz ichiga olgan jahonga mashhur taraqqiyotning "Oʻzbek modeli” xususida keng va mazmunli hikoya qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligini taʼminlashga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va Ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish, maʼnaviy qadriyatlarga nisbatan yuksak eʼtibor va ehtirom bilan munosabatda boʻlish, xalqaro  maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, odamlarning ong va tafakkurini oʻzgartirish, ular ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish, millatlararo totuvlik, dinlararo va konfessiyalararo bagʻrikenglikni qaror toptirishdek oʻta ulkan va masʼuliyatli vazifani jasorat bilan uddalagani "Xotira darslari”ning mazmun-mohiyatiga singdirildi. Xususan, mazmun-mohiyatiga koʻra mutlaqo yangi taʼlim-tarbiya tizimi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi va uni amalga oshirishda Prezidentning oʻzi bosh-qosh boʻlgani haqida batafsil soʻz yuritildi.

- "Xotira darslari”da oʻquvchilar Oʻzbekistonning Birinchi Prezidentiga qalblarida katta hurmat va ehtirom bilan ishtirok etdilar, - deydi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xoʻjamurodova. – Ayniqsa, Prezidentimizning yoshlarga qarata: "Aziz farzandlarim, marrani baland olinglar, oʻqib-oʻrganish, kasb egallash, izlanishdan bir muddat ham toʻxtamang”, – degan murojaatini takrorlashib, kelajakda hayotda va oʻqishda Islom Karimov orzu qilganiday salohiyatli insonlar boʻlib yetishishga harakat qilishlarini izhor etdilar.

"Xotira darslari” tumanimizning barcha oʻquv maskanlarida beqiyos hurmat va ehtirom ila oʻtkazildi va yurtga fidoyilik, vatanparvarlik, matonat va jasorat, odamiylik timsoli sifatida yuksak maʼnaviyat hamda ibrat saboqlariga aylanib ketdi.

Robiya YOʻLDOShEVA,

jurnalist.

Suratda: 36-sonli umumtaʼlim maktabida "Xotira darsi”.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019